C++ tilida navbatni statik, ya’ni bir o‘lchamli massiv ko‘rinishda amalga oshirishga misol:
Navbat uchun 10 ta joy ajratilgan bo‘lsin, navbatni butun sonlardan iborat massiv shaklida ifodalaymiz. Bunda navbat dastlab bo‘shligi sababli, navbat oxiri ko‘rsatkichi R=0 bo‘ladi. Navbatga yangi element qo‘shish va navbatdan elementni chiqarib olish algoritmi, navbat bo‘shligini va to‘laligini tekshirish algoritmlari quyidagi dasturda keltirilgan.
Masala. Butun sonlardan iborat navbatning juft elementlarini o‘chirish dasturini keltiramiz.
Algoritm
Agar navbat to‘lmagan bo‘lsa unga element kiritamiz, kiritib bo‘lgach keyingi 2-qadamga o‘tish, aks holda navbat to‘lganligini xabar berib, keyingi 2-qadamga o‘tish.
Agar navbat bo‘sh bo‘lmasa 3-qadamga o‘tamiz, aks holda 4-qadamga o‘tamiz.
Navbatning chiqishiga kelib turgan elementni olib, juftlikka tekshiramiz. Agar element toq bo‘lsa, uni navbatga kiritamiz. 2-qadamga o‘tish.
Navbat bo‘sh bo‘lsa, bu haqda xabar berib keyingi 5-qadamga o‘tamiz.
Navbat tarkibini ekranga chiqaramiz.
Dastur kodi
#include
using namespace std;
struct NAVBAT
{
int D[255];
int NB,NO;
NAVBAT(){ NB=NO=0;}
void ADD(int SON) {
D[NO]=SON; NO++;
}
void DEL() {
if (NB
}
int TOP() { return D[NB];
}
void PRINT(){
for (int i=NB; i
cout<
cout<
}
int SIZE() { return NO-NB;}
};
int main()
{
srand(time(0));
NAVBAT A,B,C;
int n;
cin>>n;
for(int i=0; i
A.ADD(rand()%100+1);
cout<
cout << "Berilgan navbat\t";
A.PRINT();
for( ; A.SIZE()>0; A.DEL())
{
int a = A.TOP();
if (a%2==0) B.ADD(a);
else C.ADD(a);
}
cout<
cout << "Juft elementlar navbati:\t"; B.PRINT();
cout<
cout << "Toq elementlar navbati:\t"; C.PRINT();
return 0;
}
2.3. Steklar
Stek bu LIFO (Last In - First Out - "oxirgi kelgan – birinchi ketadi"), shunday o‘zgaruvchan uzunlikdagi ketma-ketlik, ro‘yhatki, unda tuzilmaga elementlarni kiritish va chiqarish amallari bir tomondan, ya’ni stek uchidan amalga oshiriladi. Stek ustida bajariladigan asosiy amallar:
yangi elementni qo‘shish;
elementni o‘chirish;
stek elementlar sonini aniqlash;
stekni tozalash.
Stekni statik xotirada vektor ko‘rinishida ifodalashda stek uzunligini ko‘rsatuvchi ko‘rsatkich ishlatiladi. Bu ko‘rsatkich stekdagi 1-bo‘sh joyni ko‘rsatadi. Dastlab hali stek bo‘shligida bu ko‘rsatkich R=0 bo‘ladi. Quyidagi rasmda stekda 6 ta element mavjudligi uchun R=7 bo‘ladi (2.2-rasm).
2.2-rasm. Stek tuzilmasi
Stekka yangi element kiritilayotganda stek ko‘rsatkichi (R) ko‘rsatayotgan adresga yoziladi va shundan keyin bu ko‘rsatkich bittaga oshiriladi. Stekdan elementni o‘chirishda ko‘rsatkichning qiymati bittaga kamaytiriladi va shu adresdagi element o‘chiriladi. Stekni tozalash amalini bajarish uchun stek ko‘rsatkichi R ga stek uchun ajratilgan xotira sohasining boshlang‘ich adresi qiymati beriladi. R stekdagi elementlar sonini bildiradi.
Dostları ilə paylaş: |