Laboratoriya ishi №1.
Chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi algoritmlar.
Ishdan maqsad:
Talabalarda algoritmlarni asimptotik tahlil qilish haqida ko’nikmalar hosil
qilish, masalalarni yechishda saralash, qidirish algoritmlarini qo’llash va ularni tahlil qilish
orqali qulayini tanlash.
Nazariy qism:
Algoritm
– berilgan natijaga erishish uchun qilinishi kerak boʻlgan aniq koʻrsatmalar ketma-
ketligi.
Algoritm
keng maʼnoda faqat kompyuterga oid atama boʻlmay,
balki unda berilgan
koʻrsatmalarni bajara oluvchi har qanday narsaga oiddir.
Algoritm
, algorifm – maʼlum bir turga oid masalalarni yechishda ishlatiladigan amallarning
muayyan tartibda bajarilishi haqidagi aniq qoida (dastur). Kibernetika va mat.ning
asosiy
tushunchalaridan biri. O‘rta asrlarda sanoqning o‘nli tizimi bo‘yicha to‘rt arifmetik amal
bajariladigan qoidani A. deb atashgan. "Bu qoidalarni mat.ga 9-asrda al-Xorazmiy kiritgan. Yevro-
pada bunday qoidalar uning tugilgan yurtiga nisbatan lotinchalashtirilgan (Algoritmus yoki
Algorithmus shaklida "algorizm" deyilgan), keyinchalik "algoritm"ga aylangan" (akad. A. N. Kol-
mogorov). Fanda "Yevklid algoritmi", "G‘iyosiddin Koshiy algoritmi", "Laure algoritmi",
"Markov algoritmi" deb ataluvchi A.lar maʼlum. A. tushunchasi
tobora kengayib borib,
kibernetikaning nazariy va mantiqiy asosi hisoblangan A.lar nazariyasi paydo bo‘ldi. Oʻzbekiston
Respublikasi da bir necha ilmiy tadqiqot muassasalari va hisoblash mar-kazlarida A.dan
foydalanish sohasida samarali ishlar olib borilmoqda. Mas, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi
"Kibernetika" ilmiy
ishlab chiqarish birlashmasida, O‘zbekistondagi bar-cha universitetlarda,
Toshkent
davlat texnika untida, Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqgisod va statistika vazirligi
qoshidagi Hisoblash markazi va boshqa muassasalarda olib borilayotgan ishlar bunga misol bo‘la
oladi.