Boshoq uzunligi bug’doyda asosan 3 xil bo’ladi: kalta, o’rtacha, yirik. Uning o’lchami
bug’doyning turiga qarab farqlanadi. Yumshoq bug’doyda kalta 8 sm, o’rtacha 8-10 sm, yirik 10 sm
dan uzun; qattiq bug’doyda esa kalta 6 sm gacha, o’rtacha 7-8 sm, uzunroq 8-9 sm, yirik 10 sm bo’ladi.
Arpaning navdorlik belgilari
Arpaning navdorlik belgilari quyidagilardir: boshoqning shakli, qiltiqlarning dag’alligi, donning
shakli, gul qobiqlarining qiltiqqa o’tish xususiyati, don asosidagi egatchani dag’al tuk bilan tuklanishi,
gul qobiqlari tomirlarini rangi, boshoqcha qipiqlarini tuklanishi.
Boshoqning shakli: to’g’rito’rtburchak, kvadrat, romb va oltiqirrali shaklda bo’lishi mumkin. U
urug’ning ko’ndalang kesimidan aniqlanadi. Boshoqni sindirmasdan uni uch tarafidan qarasa ham
bo’ladi.
Boshoqni oltiqirrali shakli ko’pincha zich va juda zich boshoqlarda bo’ladi. Boshog’ining qolgan
shakllari siyrak boshoq tur xillarga mansub.
Donning shakli: uzunchoq, ellipssimon va rombsimon shaklda bo’ladi. Uzunchoq shakllarda eng
enli qismi don o’rtasining teparog’ida joylashgan. Donni uchiga qarab torayishi asosiga qarab
torayishiga qaraganda keskin ravishda bo’ladi. Donlarda endospermning asosiy massasi donning o’rta
qismidan yuqorida joylashgan bo’ladi. Ellipssimon shakldagi donlarda endosperm massasi butun donda
bir xilda tarqalgan bo’ladi. Donni uchki va pastki qismiga qarab asta sekin qisqargan bo’ladi.
Rombsimon shakldagi donlarda endospermning asosiy massasi donning o’rta qismida joylashgan
bo’ladi. Donning uchki va pastki qismiga qarab keskin qisqargan bo’ladi.
Gul qobiqlarining qiltiqqa o’tish joyi: asta sekin, bir tekis, keskin ravishda, keng holatda bo’lishi
mumkin.
Don asosidagi egatchani dag’al tuk bilan tuklanishi: dag’al (tuklanmagan yoki tuklari salgina
seziladi, biroz kalta) va tukli (tuklanish yaxshi ifodalangan).
Boshoqcha qipiqlari – tuksiz bo’lishlari mumkin (kuzgi navlarda) yoki tuklangan (qipiqlarini
chetlari yaxshi sezilib turadi).
Qiltiqlarning dag’alligi: dag’al, o’rtacha dag’al va mayin bo’lishi mumkin. Dag’al qiltiqlar keng,
sinuvchan va yirikroq tishli bo’ladi. Qiltiqlari tishsiz bo’lganlari ham uchraydi shuning uchun
qiltiqlarning tishli va tishsiz bo’lishi qiltiqlarning xususiyatini belgilaydi. O’rtacha dag’al qiltiqlar
ko’pchilik rayonlashtirilgan navlarda uchraydi.
Gul qobiqlaridagi chiziqli antocian rangi: ayrim arpa navlarining gul qobiqlarida sariq chiziqli
rang, rangi bilan bir xil, ayrimlarida qizil siyohrang chiziqli antocian ranglar bo’ladi. Don pishgan sayin
bu ranglar kuchsizlashib boradi va donni saqlash davrida yo’qoladi.
Makkajo’xorining navdorlik belgilari.
Turli navlar nafaqat konsistenciyasi, donining va so’ta o’qining rangi, balki, navdorlik belgilar
bo’yicha ham ajratiladi. Quyidagi navdorlik belgilari katta ahamiyatga ega: o’simlik balandligi (0,5-
6m) xo’jalik jihatidan yaroqli so’tani o’sib chiqish balandligi (past 30 sm dan kam, juda baland 440 sm
dan ko’p) sershoxligi (bo’lmaydi yoki kuchli bo’lishi mumkin), so’talarning soni (1 tadan bir
qanchagacha), so’taning shakli (cilindrsimon, konussimon, kamkonussimon, soqqasimon).
So’taning uzunligi – kalta (10 sm gacha), uzun (25 sm dan ko’p); so’tani don qatorlar soni 4-8
dan 22-32 gacha, normal rivojlangan so’tadan donning chiqishi 60% bo’lsa, yuqori 80% gacha; so’ta
bandining uzunligi kalta (5 sm dan kam), juda uzun (40 sm dan ortiq); 1000 dona donning og’irligi past
(120 gr gacha), yuqori (400 gr dan ortiq).
Navdorlik belgilar qatoriga hosildorlik, kasallik va zararkunandalarga chidamliligi hamda
vegetacion davrining davom etishliligi kiradi.
G’o’zaning navdorlik belgilari.
Bir turga mansub bo’lgan g’o’zaning turli navlari bir qancha morfologik, qimmatli-xo’jalik
belgilar bo’yicha bir-biridan farq qiladi. G’o’zalarning navdorligini, aralashmalar tarkibini va ko’saksiz
(mevasiz) o’simliklarni aniqlashda quyidagi asosiy morfologik belgilarga asoslanish kerak:
g’o’za bargining katta kichikligi, shakli, rangi, yuzasining tekisliligi yoki to’lqinsimonligi;
bosh poyaning balandligi, rangi, tukliligi;
hosil shoxining tipi va o’simlik tupining shakli;
3
ko’saklarning katta-kichikligi, shakli, yuzasining silliqligi, tumshuqchasining shakli.
İngichka tolali g’o’za navlarida, yuqorida ko’rsatib o’tilgan belgilardan tashqari, gultoji bargining
rangi va undagi antocian dog’larining bo’lishi ham hisobga olinadi.