İshdan maqsad



Yüklə 126,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix21.10.2023
ölçüsü126,89 Kb.
#158610
  1   2   3
3-Amaliy



3-mavzu. Qishloq xujalik ekinlarida navdorlik belgilarini aniqlash (g’uza, bug’day,arpa, 
makkajuqori, soya, kungaboqar).
1.
 
İshdan maqsad.
O’simliklarni nav belgilarini o’rganib rayonlashtirilgan bug’doy, arpa, g’o’za, makkajo’xori 
navlari bilan tanishish va laboratoriyada aniqlash. 
2. Uslubiy ko’rsatmalar. 
Urug’ning navdorlik sifati deganda eng avvalo uning nav tozaligi yoki ifloslanish darajasi va 
tipikligiga aytiladi. Navdor hamda sof urug’largina navning barcha belgi va xususiyatlarini bo’g’indan-
bo’g’inga o’tkazadi, ya`ni hosil olishni ta`minlaydi.
Bug’doyning navdorlik belgilari. 
Bug’doyning asosiy navdorlik belgilari quyidagilardir: boshoqning shakli va zichligi, 
qiltiqlarining xususiyati, boshoqcha qiltig’ining shakli, qirrasining tishchasi, boshoqcha qiltig’ining 
elkasi, donning shakli. 
Boshoqning shakli – duksimon, prizmasimon (cilindrsimon), to’qmoqsimon bo’ladi. 
To’qmoqsimon – uchiga tomon yo’g’onlashib boradigan. 
Duksimon – uchiga tomon torayib boradigan. 
Prizmasimon – uchidan tubigacha bir xil o’lchamda bo’ladi. Boshoqlar ko’ndalangiga kesib 
qaralganda kvadrat va to’g’ri to’rtburchak shaklida bo’ladi.
Boshoqning zichligi – eng ustki boshoqchani hisobga olmaganda undagi rivojlangan va 
rivojlanmagan boshoqchalarni sanab chiqish va umumiy sonni boshoq o’zagining santimetr hisobidagi 
uzunligiga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi va quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi: 
D = ;
bunda: 
D – boshoqning zichligi; 
A – boshoqchalarning umumiy soni; 
V – boshoq o’zagining uzunligi (sm hisobida). 
Yumshoq bug’doy navlari uchun boshoq o’zagining 1 sm da 1,6 donagacha boshoqcha 
joylashgan bo’lsa boshoq siyrak, 1,7-2,2 bo’lsa o’rtacha zich, 2,3-2,8 bo’lsa zich va 2,8 dan ortiq bo’lsa 
juda zich deb hisoblanadi. 
Qattiq bug’doy navlari uchun boshoq o’zagining 1 sm da 2,4 donagacha boshoqcha joylashgan 
bo’lsa boshoq siyrak, 2,4-2,9 bo’lsa o’rtacha zich va 2,9 dan ortiq bo’lsa zich deb hisoblanadi.
Qiltiqlarning tavsifi. Bug’doy navlarining qiltiqlari dag’al, mayin va o’rtacha dag’al bo’ladi. 
Ushbu belgi ko’pincha paypaslash bilan aniqlanadi. 
a) dag’al qiltiqlar – tishi yaxshi rivojlangan
b) mayin qiltiqlar – tishlari kam rivojlangan; 
v) o’rtacha dag’al qiltiqlar – dag’al va mayin qiltiqlar oralig’idagi joyni egallaydi. 
Boshoqcha qobig’ining shakli asosan quyidagicha bo’ladi: 
a) lancetsimon shakli uzunchoq, uchidan tubigacha bir xilda torayib boradi, uzunligi enidan ikki 
baravar ortiq bo’ladi.
b) ovalsimon shakli biroz kalta, o’rta qismi enliroq
v) tuxumsimon shakli pastki qismida biroz keng, yuqoridagi qismi juda toraygan. 
Qirrasining tishchasi. Kalta (2 mm) gacha, o’rtacha uzunlikda (3-5 mm), uzun (6-10 mm) va 
qiltiqsimon (10 mm dan ortiq) bo’ladi. Qirra tishchasining shakli uch xil bo’ladi: to’mtoq, o’tkir va 
tumshuqsimon.
Boshoqcha qobig’ining elkasi enli (2 mm dan ortiq), o’rtacha (1-2 mm) va ensiz (1 mm gacha) bo’lishi 
mumkin. Undan tashqari elka tishchaning ostidan boshoqcha qobig’ining sirtqi qirrasiga qarab yo’nalishi 
bo’yicha ham farqlanadi. U to’g’ri, qiya va bir oz ko’tarilgan bo’lishi mumkin. To’g’ri elka qirrasining tishchasi 
bilan to’g’ri burchak hosil qiladi; qiya elka qirrasining tishchasi bilan 90

dan katta burchak hosil qiladi; biroz 
ko’tarilgan elka - qirrasining tishchasi bilan 90
0
dan kichik burchak hosil qiladi. 
Donning shakli asosan ikki xil bo’ladi: tuxumsimon va ovalsimon. Ba`zi navlarda goho cho’ziq 
yoki aksincha kaltaroq don uchraydi. 
a) tuxumsimon shaklining pastki qismida biroz keng yuqori qismida juda toraygan; 
(А-1) 
В 



b) ovalsimon shaklida uchidan tubigacha toraygan. 

Yüklə 126,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin