Ishga joylashtirish va uning yuridik asoslari


Konun xujjatlariga kura kuyidagilar ishsiz deb xisoblanmaydi



Yüklə 31,21 Kb.
səhifə3/4
tarix20.11.2023
ölçüsü31,21 Kb.
#166363
1   2   3   4
Ishga joylashtirish va uning yuridik asoslari

Konun xujjatlariga kura kuyidagilar ishsiz deb xisoblanmaydi.

  1. Mexnat organlarida ruyxatga olingan kundan boshlab un kun ichida taklif etilgan makbul keladigan ishni ikki marta rad etgan shaxslar.

  2. Ruyxatga olingan kundan boshlab 10 kun ichida makbul keladigan ishni kidirish maksadida uzrsiz sabablariga kura mexnat organlariga kelmagan shaxslar.

Fukarolarni ishsiz sifatida ruyxatga olish tartibi konun xujjatlari bilan belgilanadi.


Xar bir fukaro, jumladan barcha talaba yoshlar makbul keladigan ish tushunchasini xam puxta bilib olishlari lozim.
Birinchi marta ish kidirayotgan, kasbi (mutaxassisligi) bulmagan shaxslar uchun dastlabki kasb tayyorgarligini talab kilmaydigan ish, bunday ishni topib berish imkoniyati bulmagan takdirda esa ularning yoshi va boshka xususiyatlarini xisobga olgan xolda xak tulanadigan boshka ish jumladan vaktinchalik ish makbul keladigan ish deb xisoblanadi.
Ishdan va ish xakidan (mexnat daromadidan) maxrum bulgan shaxslar uchun ularning kasb tayyorgarligiga mos bulgan, yoshini, sogligi xolatini, mexnat stajini va avvalgi mutaxassisligi buyicha tajribasini yangi ish joyining transportda katnash jixatidan kulayligini inobatga oluvchi ish makbul keladigan ish deb xisoblanadi.
Ishsizlikning dastlabki davri tugagandan sung kasbiga mos ish topib berish mumkin bulmagan takdirda, uning kobiliyatini, kuchini oldingi tajribasini va unga kulay bulgan ukitish vositalarini inobatga olgan xolda kasbini uzlashtirishni talab kiladigan ish makbul keladigan ish deb xisoblanishi mumkin.


Kuyidagi xolatlar esa makbul kelmaydigan ish deb sanaladi:

  1. ish yashash joyini uzgartirish bilan boglik bulsa.

  2. ish doimiy yashash joyidan ancha uzok bulsa va katnash nokulay bulsa.

  3. Taklif etilgan ishda ish xaki shu mutaxassislik va malaka uchun belgilangan tartibda aniklanadigan eng kam mikdordan oz bulsa.

  4. Ishni rad etish uzrli sabablar bilan asoslangan bulsa.

Bular Mexnat kodeksining 63 moddasida kursatiladi.

Mexnat konunchiligida belgilanishicha ishdan maxrum bulgan, birinchi marta ish kidirayotgan, uzok (bir yildan ortik) tanaffusdan keyin mexnat faoliyatini kayta boshlashni istagan va ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslarga kuyidagi tartibda moddiy madad berish kafolatlangandir.



  1. Ishsizlik nafakasini tulash.

  2. Karamogidagilarni xisobga olgan xolda moddiy yordam berish.

  3. Kasb urganish, malaka oshirish, yoki kayta tayyorlash davrida stipendiya tulanishi xamda shu davrni mexnat stajiga kushish.

  4. Xak tulanadigan jamoat ishlarida katnashish imkoniyati ta’minlanadi.

Mexnat shartnomasi aloxida asoslar buyicha bekor kilingan takdirda xodimlarga moddiy madad berish uchun kushimcha kafolatlar beriladi.
Ishsizlik nafakasi ishsiz deb e’tirof etilgan shaxsga u ish kidirayotgan shaxs sifatida ruyxatdan utgan kundan boshlab tayinlanadi. Ishsiz shaxsning nafaka olish xukuki u ish kidirayotgan shaxs sifatida ruyxatdan utgan paytdan boshlab kechi bilan un birinchi kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ishsizlik nafakasining mikdori va muddatlarini xam bilib olish talab etiladi. Ishsizlik nafakasi kupi bilan:

  1. Ishdan va ish xakidan maxrum yoki uzok tanaffusdan keyin mexnat faoliyatini kayta boshlashga xarakat kilayotgan shaxsga 12 oylik davr mobaynida 26 kalendar xafta.

  2. Ilgari ishlamagan va birinchi marta ish kidirayotga shaxsga esa 13 kalendar xafta mobaynida tulanadi.

Ishsiz shaxs nafaka olish davrida ish kidirishi va xar 2 xaftada kamida 1 marta mexnat organida yuklamadan utishi lozim. Ishsizlik nafakasining mikdori konun xujjatlari bilan belgilanadi.



Yüklə 31,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin