4.XIZMAT KO‘RSATUVChI BO‘LINMALAR IShLAB ChIQARISh USTAMA XARAJATLARINI ASOSIY IShLAB ChIQARISh BO‘LIMLARI O‘RTASIDA TAQSIMLASh METODLARI Xizmat ko‘rsatuvchi bo‘linmalarning(masalan, ta’mirlash, ta’minot va boshqalarning) ishlab chiqarish ustama xarajatlari mahsulot tannarxiga ushbu xarajatlarni asosiy ishlab chiqarish bo‘linmalari o‘rtasida taqsimlash va qayta taqsimlash yo‘li bilan kiritiladi. Bunday taqsimlash va qayta taqsimlash quyidagi metodlar asosida amalga oshiriladi:
1.To‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) taqsimlash metodi.
2. Qadamba-qadam taqsimlash metodi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) taqsimlash metodi.Ushbu metodga ko‘ra xizmat ko‘rsatuvchi bo‘linmalarning o‘zaro bir-biriga ko‘rsatadigan xizmatlari e’tiborga olinmaydi, ushbu xizmat ko‘rsatuvchi bo‘linmalar xarajatlarining barchasi asosiy ishlab chiqarish bo‘linmalari xarajatlariga ularning jami ustama ishlab chiqarish xarajatlaridagi ulushiga mos ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib boriladi.
Misol. Aytaylik, korxonaning asosiy ishlab chiqarish sexlari va xizmat ko‘rsatuvchi Texnik xizmatlar hamda Moddiy-texnika ta’minoti bo‘limlari ishlab chiqarish ustama xarajatlari , ushbu xarajatlarni taqsimlash bazalari quyidagicha:
Ishlab chiqarish ustama xarajatlari smeta bo‘yicha summasi
40 000 000
20 000 000
60 000 000
11 600 000
131 600 000
Ko‘rsatilgan xizmatlarni taqsimlash bazalari:
Texnik xizmatlar (TX)
Rejadagi mehnat sarfi (kishi/soat)
24000
40000
-
16000
80000
Ulushi, %
30
50
20
100
Moddiy-texnika ta’minoti (MTT) Rejadagi mehnat vaqti sarfi (kishi/soat)
16000
2000
2000
-
100%
20000
Ulushi, %
80
10
10
100
Yuqoridagi ma’lumotlarga ko‘ra xizmat ko‘rsatish bo‘linmalarining ishlab chiqarish ustama xarajatlari asosiy ishlab chiqarish sexlari o‘rtasida bevosita metodga ko‘ra kuyidagicha taqsimlanadi: