Ishlab chiqarish amaliyoti dasturi



Yüklə 138,5 Kb.
səhifə1/9
tarix13.02.2023
ölçüsü138,5 Kb.
#84165
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
3 КУРС АМАЛИЁТ ДАСТУРИ Корхоналарда 2022


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI



TOSHKENT DАVLАT IQTISODIYOT UNIVERSITETI






TASDIQLAYMAN”
Oʼquv ishlari boʼyicha prorektor ___________ M.Eshov


2021 yil “____”__________





ISHLAB CHIQARISH
AMALIYOTI DASTURI


5230600 – “MOLIYA” BAKALAVRIAT TA’LIM
YO‘NALISHI BO‘YICHA
(3-kurslar uchun, korxonalarda)


Toshkent-2021

Mazkur ishlab chiqarish amaliyoti dasturi bakalavriatning 5230600 – “Moliya” ta’lim yo‘nalishining malaka talablari va o‘quv rejasiga muvofiq ishlab chiqilgan hamda Toshkent dаvlаt iqtisodiyot universiteti Kengashining 2021 yil “___”___________dagi _____ - son bayonnomasi bilan tasdiqlangan.


Tuzuvchilar:



Komolov O.

  • “Moliya” kafedrasi dotsenti., i.f.n.

Shomansurova Z.

  • “Moliya” kafedrasi kata o’qituvchisi



Taqrizchilar:






J.X.Ataniyazov




A.X.Islamqulov



  • O‘zR Prezidenti xuzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, kafedra dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi (turdosh OTM);

TDIU “Moliya va buxgalteriya hisobi” fakulteti dekani:

2021 yil “_____”______________________ ____________ prof. A.Burxanov


(imzo)

“Moliya” kafedrasi mudiri:


2021 yil “_____”___________________ ____________ dots. X.Xudoyqulov


(imzo)


KIRISH

Raqamli iqtisodiyot sharoitida raqobatbardosh mutaxassis kadrlarni tayyorlash, Davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim va uning barcha tarkibiy tuzilmalarini takomillashtirib borish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Shu bois fanlar bo‘yicha bilimlar majmuasini o‘zlashtirish, nazariy va amaliy mashg’ulotlar uzviyligida malaka va ko‘nikmalarni mukammal shakllantirishda ishlab chiqarish amaliyoti muhim ahamiyatga ega.


Ushbu dastur 5230600 - “Moliya” ta’lim yo‘nalishi talabalarining ishlab chiqarish amaliyotini to‘g’ri tashkil qilish, bo‘lajak mutaxassislarni moliya tizimida samarali faoliyat yuritishlari uchun uslubiy ko‘rsatma bo‘lib hisoblanadi.
Mazkur dastur O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi
O‘RQ-637-sonli “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga, 2019-yil 8-oktabrdagi
PF-5847-son “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni, 2017-yil 27-iyuldagi
PQ-3151-sonli “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 25-avgustdagi 744-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti, 230000 - Iqtisod ta’lim sohasining davlat ta’lim standartlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 1998-yil 30-oktabrdagi 305-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi “Oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti to‘g‘risida”gi Nizom talablariga mos ravishda ishlab chiqilgan.
Dasturda ishlab chiqarish amaliyotining maqsadi, amaliyotni o‘tashga oid umumiy qoidalar, uni samarali tashkil etish masalalari, amaliyot rahbari va amaliyotchining vazifalari hamda majburiyatlari, amaliyot o‘tash natijalarini va hisobotni rasmiylashtirish tartibi ko‘rsatib o‘tilgan.

Yüklə 138,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin