Sana : «___»________2023 yil
11-Mavzu : Kuzov yuzasida burtigan xoldagi nuqsonlar Mexanizatsiyalashgan avtomobillarni yuvish turi maxsus jihozlar yordamida bajariladi va tuzilishiga qarab zarrachali, shetkali va zarracha-shetkali bo'ladi.
Joylashishiga qarab, qo'zg'almas (avtomobil harakatlanadi), qo'zg'aluvchan (avtomobil joyida turadi), boshqarish turiga qarab qo'l bilan boshqariluvchi va avtomat ravishda boshqariluvchi bo'ladi.
Zarrachali yuvish jihozida ishchi a'zo sifatida purkagich va forsunkalardan foydalaniladi, hamda ular yordamida suv yoki aralashma purkaladi.
Shetkali yuvish jihozlarida, silindrsimon ustiga shetka o'rnatilgan barabanlar aylanadi va suv sepadi. Ular yengil avtomobil va avtobuslar uchun qo'llaniladi.
Zarra-shyotkali - bunda purkagichlardan suv sepiladi va shyotka aylanadi (avtobus, yengil avtomobil va yuk avtomobillari uchun).
qo'zg'almas-yuvish jihozi fundamentga yuvish postida o'rnatilgan bo'ladi.
Harakatlanuvchan-yuvish jihozi avtomobil shossesiga o'rnatilgan bo'lib, avtomobillarni ATK dan tashqarida yuvish uchun ishlatiladi.
qo'l bilan boshqaruvchi-yuvish jihozini, qo'l yordamida harakatga keltiriladi.
Avtomat ravishda boshqariluvchi yuvish jihozi - avtomobil yuvish postiga kirgandan so'ng, fotoelement yoki ulagich yordamida harakatga keladi.
Sana : «___»________2023 yil
12-Mavzu : Nuqsonni tuzatishda qo’laniladiga asbob-uskunalarni mustaqil bajarish Ish o‘rnini tashkil etishdagi talablar: ish o‘rniga o‘rnatilgan dastgohning balandligi o‘quvchi uchun qulay va ish bajarishni ta’minlash kerak;