Yorug‘lik kuchi (J) – yorug‘lik oqimining yorug‘lik tarqaladigan burchakga nisbati orqali ifodalanadi:
J = dF / d Yorug‘lik kuchining o‘lchov birligi qilib kandela (Kd) qabul qilingan.
Yorug‘lik oqimi (F) – yorug‘lik quvvati orqali xarakterlanadi va lyumenda (lm) o‘lchanadi.
Yoritilganlik (E) – yorug‘lik oqimining sirt bo‘ylab zichligi bo‘lib, lyuks (lk) da o‘lchanadi.
Yoritilganlikni qaytarish, yutish, o‘tkazish koeffitsientlari. Yoritilganlik sifati yoritilganlik miqdori va yoritiluvchi yuzaning xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Yoritiluvchi yuzaning yorug‘lik oqimini qaytarish, yutish va o‘tkazish xususiyatlari yorug‘likni qaytarish s, yutish s va o‘tkazish s koeffitsientlari orqali baholanadi. Ushbu koeffitsientlar quyidagicha aniqlanadi:
s = F/F; s = F/F; s = F/F, (4.26)
bu erda F – yoritiladigan yuzaga tushadigan yorug‘lik oqimi; F, F, F – mos holda, yoritiladigan yuzadan qaytgan, yutilgan va o‘tkazilgan yorug‘lik oqimi, lm.
Ravshanlilik, kontrast va fon. Yoritiladigan yuzaning asosiy xarakteristikalaridan biri yorug‘likni qaytarish xususiyati hisoblanadi va bu yuzaning ravshanligi («yarkost») ga bog‘liq bo‘ladi. Ravshanlilikning o‘lchov birligi qilib Nit (Nt) qabul qilingan. Buyum sirti (yuzasi) dagi ravshanlilik bilan umumiy atrof foni (rangi) orasidagi keskin farq kontrast deb ataladi. Fon deb farqlanadigan ob’ektga taaluqli yuzaning, ya’ni ushbu ob’ekt (buyum) joylashgan yuzaning rangiga aytiladi. Fon yorug‘lik oqimini qaytarish xususiyati bilan xarakterlanadi va s0,4 bo‘lganda yorug‘, s=0,2…0,4 bo‘lganda o‘rta, s0,2 bo‘lganda qora hisoblanadi.
Fonga bog‘liq holda kontrast K00,5 bo‘lsa yuqori, K0=0,2…0,5 bo‘lsa o‘rtacha, K00,2 bo‘lsa kichik hisoblanadi.