Ishlab chiqarish chiqindilaridan samarali foydalanish yoʻllari reja: Kirish Asosiy qism



Yüklə 42,17 Kb.
səhifə2/8
tarix15.06.2023
ölçüsü42,17 Kb.
#130663
1   2   3   4   5   6   7   8
ishlab chiqarish chiqindilaridan samarali foydalanish yollari

Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda dunyo miqyosida chiqindilar muammosi eng dolzarb ekologik masalalardan biriga aylanib bormoqda. Tahlillar shuni koʻrsatadiki, soʻngi yillarda maishiy va sanoat chiqindilari yildan-yilga koʻpayib boryapti. Ayniqsa, XXI asrda maishiy chiqindilar hajmining oʻsishi ekologik barqarorlikka juda katta salbiy taʼsir koʻrsata boshladi.
Mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, aholi salomatligini taʼminlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, sanitariya va ekologik holatni yaxshilash borasida izchil ishlar olib borilmoqda. Ishlab chiqarish sohalarini zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash va qayta jihozlash natijasida atmosferaga chiqarilayotgan zararli moddalarning miqdori 2,1-martaga, oqava suvlarning tashlanishi 2-martaga kamaydi. Shu bilan birga, bu borada oʻtkazilgan tahlil natijalari atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat funksiyalarini amalga oshirishda kompleks yondashuv va strategik rejalashtirishning mavjud emasligi, shuningdek, qoʻyilgan vazifalarni samarali bajarish uchun tabiatni muhofaza qilish organining vakolatlari yetarli emasligidan dalolat beradi.
Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini belgilash, tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari buzilishlari profilaktikasi, ularni aniqlash va oldini olishning samarali mexanizmlarini joriy etish, respublika aholi punktlarining sanitariya va ekologik holati uchun davlat organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar rahbarlari va fuqarolarning shaxsiy javobgarligini kuchaytirish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan “Toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiluvchi qonunlarda tizimlashtirilishi va unifikatsiya qilinishi lozim boʻlgan qonun hujjatlarini qayta koʻrib chiqish boʻyicha «Yoʻl xaritasi”ga kiritilgan yangi tahrirdagi “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasida oʻz aksini topgan.Mazkur hujjat chiqindilar boʻyicha muammolarni hal etishda amalga oshiriladigan ishlarning strategik yoʻnalishi va muvofiqlashtirishning asosi boʻlib xizmat qiladi. Bu jarayonda asosiy eʼtibor avvalo, chiqindilarni boshqarish sohasidagi davlat siyosatini va harakatlar samaradorligini oshirishga va ularni qisqartirishga, imkon darajasida ulardan qayta foydalanish hamda ikkilamchi qayta ishlashga qaratilgan.Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish hamda chiqindilarga oid ekologik siyosat yuritish maqsadida amaldagi bir qancha normalarning eskirgani sababli yangi tahrirdagii “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda. Qonunning asosiy vazifasi chiqindilarning fuqarolar hayotiga va sogʻligʻiga, atrof-muhitga zararli taʼsirining oldini olish hamda chiqindilar hosil boʻlishini kamaytirishdan iboratdir. Shuningdek, qonun loyihasida chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish borasida aniq vakolatli davlat organini belgilash koʻzda tutilmoqda. Mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, sohada faoliyat koʻrsatayotgan yuridik shaxslarga shart-sharoit yaratib berish, ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlash, maishiy roʻzgʻor chiqindilarini utilizatsiya qilishni tashkil etgan holda atrof-muhitga, insonlar sogʻligʻi va mulkiga salbiy taʼsirini kamaytirish bilan bogʻliq meʼyorlar belgilanyapti. Chiqindilarni qayta ishlash sohasini rivojlantirishda iqtisodiy usullardan foydalanishni yoʻlga qoʻyish, xorijiy investitsiyalarga yoʻl ochish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish hisobiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishning huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadga muvofiqdir.
— Mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, aholi salomatligini himoyalash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik xavfsizlikni taʼminlashga yoʻnaltirilgan islohotlar yana-da izchil davom etishi, chiqindilar boʻyicha muammolarni hal etishda amalga oshiriladigan ishlarning huquqiy asoslari mustahkamlanishi fraksiyamiz elektorati manfaati nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga egadir, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari, Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari B.Alixonov. – Hozirda mazkur qonun loyihasini yana-da takomillashtirish ishlari olib borilmoqda.
Yangi tahrirdagi “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi qonun mamlakatimizda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ishlari takomillashtirishga, chiqindilar qayta ishlanishi rivojiga, eng muhimi, ekologik madaniyatning yuksalishiga xizmat qiladi.

Yüklə 42,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin