4. Kamayib boruvchi qoldiq usuli kumulyativ usuldagi tamoyilga asoslangan bo’lib, istalgan qat’iy stavka (%) qo’llanilishi mumkin. Bunday stavka (%) sifatida ko’p hollarda bir tekis (to’g’ri chiziqli) usulda qo’llaniladigan amortizatsiya me’yorining ikkiga ko’paytirilgan miqdori olinadi va har yil boshidagi qoldiq qiymatidan shu yil uchun eskirish summasi hisoblab chiqariladi.

Auditor korxonada qo’llanilayotgan amortizatsiya hisoblash usuli bo’yicha hisob-kitoblarning to’g’riligini ham tekshirishi zarur. Shuningdek, asosiy vositalar ob’ektlari bo’yicha amortizatsiya ajratmalari hisoblash usulidan qat’iy nazar, yil davomida har oyda yillik summaning 1/12 qismi hajmida hisoblab borilganligini aniqlash kerak. Asosiy vositalar bo’yicha amortizatsiya ajratmalari qaysi hisobot davridan hisoblangan bo’lsa, buxgalteriya hisobi va hisobotda shu davrda aks ettirilishi, hamda korxonaning hisobot davridagi moliyaviy natijasi qanday bo’lishidan qat’iy nazar (foyda yoki zarar) hisoblanishini ham nazarda tutish zarur.
Bulardan tashqari, xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan, ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymati va foydali xizmat qilish muddati (biroq xo’jalik yurituvchi sub’ektning faoliyat qilish muddatidan oshmagan muddat)dan kelib chiqib hisoblangan, me’yorlar bo’yicha har oyda mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga olib boriladigan eskirish summalari ham ushbu elementga kiradi. Bunda auditor foydali xizmat qilish muddatini aniqlash imkoni bo’lmagan nomoddiy aktivlar bo’yicha eskirish me’yori besh yil muddat hisobidan kelib chiqib aniqlanishini, biroq bu muddat xo’jalik yurituvchi sub’ektning faoliyat muddatidan oshib ketmasligini nazarda tutishi kerak.