Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlarro’yxati «Xarajatlar tarkibi.... to’g’risidagi Nizom»da batafsil keltirilgan. Jumladan, ishlab chiqarish jarayonlariga xizmat ko’rsatish xarajatlari; ishlab chiqarishni xom ashyo, materiallar, yonilg’i, energiya, dastgohlar, moslamalar va boshqa mehnat vositalari hamda buyumlari bilan ta’minlash xarajatlari; asosiy ishlab chiqarish vositalarini ishchi holatida saqlash xarajatlari; asosiy ishlab chiqarish vositalarini xo’jalik usuli bilan barcha turdagi (joriy, o’rta, kapital) ta’mirlashlar ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli moddalari bo’yicha mahsulot (ish,xizmat)lar tannarxiga kiritiladi.

Bundan tashqari, zarur hollarda ayrim tarmoqlar xo’jalik yurituvchi sub’ektlari O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining ruxsati bilan kapital ta’mirlash ishlarini bajarish uchun zahira (manba) yaratishlari mumkin. Ushbu zahirani yaratish uchun qilingan ajratmalar ham mazkur element tarkibida aks ettiriladi va ko’zda tutilayotgan xarajatlar qiymati hamda har bir asosiy vosita ob’ektini kapital ta’mirlashning davriyligidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Zahira uchun ajratmalar me’yori har hisobot yili oxirida qayta ko’rib chiqilib, zarurat bo’lganda yangi moliya yili uchun o’zgartirilishi (ko’paytirilishi yoki kamaytirilishi) mumkin. Agar kapital ta’mirlash uchun yaratilgan zahira mablag’larining summasi mazkur ob’ektni ta’mirlash uchun qilingan haqiqiy xarajatlar summasidan ortiqcha bo’lsa, oshib ketgan summa bo’yicha tuzatish kiritilishi kerak; agarda haqiqiy xarajatlar zahiradagidan oshib ketsa, u holda oshib ketgan summa «Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar» elementi tarkibida aks ettiriladi.