Ishlab chiqarish jarayoni auditi



Yüklə 34,83 Kb.
səhifə1/12
tarix16.12.2023
ölçüsü34,83 Kb.
#182547
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
9-mavzu. Ishlab chiqarish jarayoni auditi

ISHLAB CHIQARISH JARAYONI AUDITI

REJA:

  • Korxona faoliyatida ishlab chiqarish xarajatlari auditini o’tkazish tartibi

Korxona faoliyatida ishlab chiqarish xarajatlari auditini o’tkazish tartibi

  • Ishlab chiqarish xarajatlari guruhi iqtisodiy mazmuniga ko’ra mahsulot (ish,xizmat)lar tannarxining tarkibini tashkil etuvchi quyidagi elementlarga bo’linadi:
  • Ishlab chiqarish moddiy xarajatlari (qaytariladigan chiqindilar qiymati chegirilib tashlangan holda);
  • Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnat haqi xarajatlari;
  • Ishlab chiqarishga taalluqli ijtimoiy sug’urta ajratmalari;
  • Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar eskirishi;
  • Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar.
  • Shuning uchun auditor har bir xarajat elementi tarkibining «Nizom»ga muvofiqligiga ishonch hosil qilishi lozim.
  • Ishlab chiqarish moddiy xarajatlari elementi tarkibiga ishlab chiqariladigan mahsulotning asosini tashkil etuvchi yoki mahsulotni tayyorlash (ishlarni bajarish va xizmatlarni ko’rsatish)da zarur tarkibiy qism hisoblangan, chetdan sotib olingan xom-ashyo va materiallar,butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar,ish va xizmatlar hamda Nizomda belgilangan boshqa xarajatlar kiradi.
  • Auditor qaytarib olinadigan chiqindilar qiymati va idish hamda o’rash materiallari qiymati ularni sotish,foydalanish yoki omborga kirim qilish mumkin bo’lgan narxda baholanib,mahsulot tannarxiga kiritiladigan moddiy resurslar xarajatlaridan chegirib tashlanganligini aniqlashi zarur.. Shuningdek,mazkur element bo’yicha aks ettiriladigan moddiy resurslar qiymati ularni sotib olish narxidan, shu jumladan qo’shimcha narx(ustama)dan,ta’minlovchi,tashqi iqtisodiy tashkilotlarga to’lanadigan vositachilik taqdirlashlaridan, tovar birjalari xizmatlari qiymatidan,shu jumladan brokerlik xizmatlari bilan birga,bojlar va yig’imlardan, yuklash-tushirish hamda tashishga haq to’lashdan, tashqi yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan saqlash va etkazib berishga haq to’lashdan kelib chiqib shakllanishini ham nazarda tutishi zarur. Bulardan tashqari auditor mahsulot(ish,xizmat)lar tannarxiga olib borilgan moddiy resurslarni baholashning to’g’riligini ham tekshirishi kerak.

Yüklə 34,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin