Ishlab chiqarish jarayoni auditi



Yüklə 34,83 Kb.
səhifə4/12
tarix16.12.2023
ölçüsü34,83 Kb.
#182547
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
9-mavzu. Ishlab chiqarish jarayoni auditi

Auditor xatoliklarni aniqlash bilan birga ish haqi hisoblashda maqbul yo’llar bo’yicha takliflar ham berishi lozim. Masalan, TEH-KOMPUTER PLUS korxonasida 15 ta ishchi band bo’lib, soatbay ish haqi stavkasi – 1500 so’m va bu normativ stavka bo’lib xizmat qiladi. Shu bilan birga korxonada premiyali (rag’batli) to’lov turi ham mavjud, unga ko’ra 100% dan oshgan samaradorlik darajasining yarmi miqdorida soatbay ish haqiga nisbatan to’lanadi, ya’ni agar samaradorlik darajasi 110% ni tashkil etsa, soatbay ish haqi 1575 (1500+1500*5%) so’mni tashkil etadi. Oy davomida korxonada 154 ta kompyuter 172 soatda yig’ildi. Normativ bo’yicha esa soatiga 0,7 ta kompyuter yig’ilishi lozim edi. Bunda norma bo’yicha korxonada 120ta kompyuter yig’ilishi lozim edi. Korxonada esa soatiga 0,9 (154:172) ta kompyuter yig’ilgan. Ya’ni samaradorlik 130% ni (0,9:0,7) tashkil etgan. Ishchilarga norma doirasida 258000 (172*1500) so’m to’lanadi, shu bilan birga 38700 (172*1500*15%) so’m rag’batlantirish summasi ham to’lanadi. Korxonalarda bunday usullarni qo’llash korxona samaradorligini oshirishda albatta sezilarli ta’sir ko’rsatadi.

  • Auditor xatoliklarni aniqlash bilan birga ish haqi hisoblashda maqbul yo’llar bo’yicha takliflar ham berishi lozim. Masalan, TEH-KOMPUTER PLUS korxonasida 15 ta ishchi band bo’lib, soatbay ish haqi stavkasi – 1500 so’m va bu normativ stavka bo’lib xizmat qiladi. Shu bilan birga korxonada premiyali (rag’batli) to’lov turi ham mavjud, unga ko’ra 100% dan oshgan samaradorlik darajasining yarmi miqdorida soatbay ish haqiga nisbatan to’lanadi, ya’ni agar samaradorlik darajasi 110% ni tashkil etsa, soatbay ish haqi 1575 (1500+1500*5%) so’mni tashkil etadi. Oy davomida korxonada 154 ta kompyuter 172 soatda yig’ildi. Normativ bo’yicha esa soatiga 0,7 ta kompyuter yig’ilishi lozim edi. Bunda norma bo’yicha korxonada 120ta kompyuter yig’ilishi lozim edi. Korxonada esa soatiga 0,9 (154:172) ta kompyuter yig’ilgan. Ya’ni samaradorlik 130% ni (0,9:0,7) tashkil etgan. Ishchilarga norma doirasida 258000 (172*1500) so’m to’lanadi, shu bilan birga 38700 (172*1500*15%) so’m rag’batlantirish summasi ham to’lanadi. Korxonalarda bunday usullarni qo’llash korxona samaradorligini oshirishda albatta sezilarli ta’sir ko’rsatadi.
  • Ishlab chiqarishga taalluqli ijtimoiy sug’urta ajratmalari elementiga byudjetdan tashqari majburiy fondlarga qonunchilik bilan belgilangan me’yorlarga muvofiq ajratiladigan to’lovlar kiradi. Masalan, mehnat haqi fondidan sug’urta fondiga majburiy ajratmalar, nodavlat pensiya jamg’armalariga, ixtiyoriy tibbiy sug’urta va sug’urtaning boshqa turlariga ajratmalar, bandlik xizmatiga ajratmalar shular jumlasidandir. Bunday ajratmalarning mahsulotlar tannarxiga olib borilishini tekshirishda byudjetdan tashqari fondlarga to’lanadigan badallarni hisoblab chiqarish manbalarining mehnat haqi fondining o’zini hisoblab chiqarish manbasiga bevosita bog’liq ekanligiga e’tibor berish zarur. Boshqacha qilib aytganda, to’lov manbasi qanday bo’lsa, badallarni to’lash manbasi ham shunday bo’ladi, bu esa yoxud tannarx,yoxud korxonaning o’z xususiy mablag’lari bo’lishi mumkin. Masalan, tekshiruv jarayonida auditor asosiy ishlab chiqarishda ishlaydigan ishlovchiga bergan 80000 so’mlik moddiy rag’batlantirish summasi hamda shu summaga nisbatan hisoblangan byudjetdan tashqari fondlarga to’lovlar summalari(ijtimoiy sug’urta fondiga 24%- 19200 so’m, bandlik xizmatiga 2,5% - 2000 so’m) ham mahsulot tannarxiga olib borilgan(Dt 2010 Kt 6710 - 80000 s ,Dt 2010 Kt 6520 - 19200 so’m,Dt 2010 Kt 6530 - 2000 so’m).Auditor ushbu xo’jalik muomalalari bo’yicha tuzilgan schyotlar korrespondentsiyasini noto’g’ri deb topib,jami 101200 so’mga mahsulot tannarxi asossiz oshirilgan va natijada soliqqa tortiladigan baza shu summaga kamaytirilganligini isbotladi.

Yüklə 34,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin