Korxona faoliyatida ishlab chiqarish xarajatlari auditini o’tkazish tartibi
səhifə 4/4 tarix 23.01.2023 ölçüsü 65,14 Kb. #80295
(Audit)
4. Korxona faoliyatida ishlab chiqarish xarajatlari auditini o’tkazish tartibi
Ishlab chiqarish xarajatlari guruhi iqtisodiy mazmuniga ko’ra mahsulot (ish,xizmat)lar tannarxining tarkibini tashkil etuvchi quyidagi elementlarga bo’linadi:
Ishlab chiqarish moddiy xarajatlari (qaytariladigan chiqindilar qiymati chegirilib tashlangan holda); Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnat haqi xarajatlari ; Ishlab chiqarishga taalluqli ijtimoiy sug’urta ajratmalari ; Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar eskirishi ; Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar. Tekshiruv jarayonida olingan ma’lumotlar asosida ishlab chiqarish xarajatlari auditi natijalarini umumlashtirish Audit natijalarini baholash ishlari asosan quyidagilarni o’z ichiga oladi: - mahsulot tannarxi auditi bo’yicha ishchi hujjatlarni sharhlash va yakuniy ishchi hujjatlarni tayyorlash ; - mahsulot tannarxini tekshirish jarayonida aniqlangan kamchiliklarning ahamiyatlilik darajasini baholash ; - mahsulot tannarxini tekshirish bo’yicha auditorlik dalil - isbotlarning etarliligini baholash ; - amal qilayotgan korxona printsipi bilan bog’lik omillarni baholash ; - tekshiruv natijalari bo’yicha auditorning mijoz korxona rahbariyatiga taqdim qiladigan yozma axborotini tuzish ; - auditorlik hisoboti va xulosasini tuzish. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! Dostları ilə paylaş: