Asosiy ishlab chiqarish“ schoti bo‘yicha xo‘jalik operatsiyalarini aks ettirish tartibini quyidagi misolimizda ko‘rib chiqamiz.
Ombordan asosiy ishlab chiqarishga xomashyomateriallar chiqariladi—50000 so‘m.
Asosiy ishlab chiqarishdagi ishchi-xizmatchilarga ishhaqi hisoblanadi—20000 so‘m.
Asosiy ishlab chiqarishdan tayyor mahsulotningomborga kirim qilinishi—30000 so‘m.
Asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalarga eskirish hisoblanadi—18000 so‘m.
Yuqoridagi misolimizga quyidagi buxgalteriya yozuvlari beriladi:
Debet „Asosiy ishlab chiqarish“ schoti 50000 so‘m.Kredit „Materiallar“ schoti 50000 so‘m.
Debet „Asosiy ishlab chiqarish“ schoti 20000 so‘m.
Kredit „Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisobkitoblar“ schoti 20000 so‘m.
Debet „Тayyor mahsulot“ schoti 30000 so‘m.
Kredit „Asosiy ishlab chiqarish“ schoti 30000 so‘m.
Debet „Asosiy ishlab chiqarish“ schoti 8000 so‘m.
Kredit „Asosiy vositalarning eskirishi“ schoti 18000 so‘m.
Misolimiz buxgalteriya hisobi schotlari chizmasida quyidagicha ko‘rsatiladi:
„Asosiy vositalarning eskirish“ schoti. Asosiy vositalar o‘z qiymatini ishlab chiqarilgan mahsulotga asta-sekinlik bilan eskirish summasi sifatida o‘tkazib boradi. Asosiy vositalarning eskirishi ularning boshlang‘ich qiymatiga nisbatan aniqlanadi. Asosiy vositalarning eskirishi me’yoriy hujjatlar bilan belgilanadi. Buxgalteriya hisobida asosiy vositalarning eskirishi passiv „Asosiy vositalarning eskirishi“ schotida hisobga olinadi. Bu schotning kredit tomonida asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasi ko‘rsatiladi. Asosiy vositalarga eskirish hisoblanganda debet „Umumishlab chiqarish xarajatlari“ schoti, kredit „Asosiy vositalarning eskirishi“ schoti deb buxgalteriya yozuvi beriladi.