Korxonalarda ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, modernizatsiyalash va mahsulot sifatini oshirish usullari. Har qanday korxona va umuman, iqtisodiyotni raqobatbardoshligini oshirishning asosiy omili – ishlab chiqarish harajatlarini va mahsulot tannarxini kamaytirishdir. Bu milliy ishlab chiqaruvchilar uchun keng bo’lmagan milliy bozorga nisbatan katta jahon bozorlarida o’z joyiga ega bo’lish va uni yanada kengaytirish imkonini beradi. Mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirmasdan raqobatdosh iqtisodiyot, pirovard natijada esa raqobatdosh mamlakatni barpo etmasdan turib, o’rta muddatli istiqbolda mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlangan demokratik davlatlar darajasiga olib chiqishdek strategik vazifani amalga oshirish mumkin emas. Respublikamizda iqtisodiyotining raqobatdoshligini ta’minlash uchun kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Mamlakat iqtisodiyotini izchil ravishda isloh qilish, tarkibiy jihatdan o’zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlash, faoliyat ko’rsatayotgan quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish orqaligina ta’minlanishi mumkinligini ilg’or mamlakatlar tajribasi shuni ko’rsatib turibdi. “Respublika sanoatini barqaror, jadal va mutanosib ravishda rivojlantirish, asosiy sanoat tarmoqlarini diversifikatsiya qilishga va eksport salohiyatini o’stirishga yo’naltirilgan tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish, sanoat tarmoqlari, kompleksi va korxonalarni modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash asosida ularning samaradorligi hamda raqobatdoshligini yanada oshirish maqsadida ” qabul qilingan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2011-2015-yillarda O’zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida”gi. Sifati va narxi bo’yicha jahon bozorida raqobatdosh bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va yangi mahsulot turlarini ko’paytirish bo’yicha, O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2011-yil 4-oktabrdagi “Yangi turdagi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish va o’zlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 1623-sonli qarori bilan tasdiqlangan dasturga muvofiq, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo’yicha tarmoq dasturlarini amalga oshirish ko’zda tutilmoqda. Istiqbolda iqtisodiyotni va uning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo’yicha islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish va bu yo’nalishda maxsus tayyorlashni taqozo etadi. Birinchi Prezidentimiz tomonidan mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatbardoshligini ta’minlashga to’siq bo’layotgan, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatining past bo’lishiga, tannarxining esa asossiz o’sib ketishiga olib kelayotgan omillarni bartaraf etish zarurligiga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, korxonalarda mavjud asbob-uskunalar hamda texnologiyalarning salmoqli miqdori jismonan yoki ma’naviy jihatdan eskirgani ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini boshqarish tizimini joriy etish, mahsulotlarning xalqaro standartlariga mosligini ta’minlash masalasi barcha korxonalarda to’liq hal etilmagani; ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi qoniqarli emasligi ta’kidlandi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini boshqarish tizimini joriy etish borasidagi kamchiliklarni bartaraf etish masalasi ayniqsa yengil sanoat, farmasevtika va qurilish mollari kabi iste’mol tovarlari ishlab chiqaradigan tarmoqlarga tegishli ekaniga alohida e’tibor berildi. Mahsulot raqobatbardoshligiga erishishda avvalo, mamlakatimizning mahsulot eksport qiluvchi korxonalarini qo’llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, ularga qo’shimcha imtiyoz va preferensiyalar berish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish zarurlgi Prezidentimiz tomonidan ta’kidlandi va muhim vazifa sifatida kun tartibiga qo’yildi. Mahsulotni tashqi bozorlarga olib chiqish uchun raqobatchilar, iste’molchilar, mahsulot eksport qilinayotgan mamlakatning qonunchiligi to’g’risida axborot ko’magini berish, davlatlararo kelishuvlarga ko’ra mamlakat korxonalari uchun xorijiy davlatlarda eng ko’p qulaylik rejimini yaratish, bozor va ishlab chiqarish infratuzilmalarini (banklar, transport tizimi va b.) rivojlantirish, mahsulot reklamasiga ko’maklashish kabi chora-tadbirlar ham eksport qiluvchi korxonalar raqobatbardoshligini oshirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Davlatimiz rahbari tomonidan tanlab olingan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi dasturida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish hamda yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish belgilab olingan. Yurtimizning mustaqillik yillaridagi taraqqiyoti davrida to‘plagan tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, har qanday davlatda iqtisodiyotning asosi hisoblangan sanoat sohasi faol integratsiya asosida rivojlanishi lozim. Iqtisodiyotimizda amalga oshirilgan ijobiy o‘zgarishlar natijasida uning tuzilmasini sezilarli darajada diversifikatsiya qilishga erishildi. Neft-gaz, kimyo mashinasozligi, avtomobilsozlik, zamonaviy qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, qurilish materiallari sanoati, temir yo‘l mashinasozligi, maishiy elektronika asboblari ishlab chiqarish, farmatsevtika, oziq-ovqat, to‘qimachilik, charm-poyabzali sanoati hamda boshqa bir qator mutlaqo yangi tarmoqlarning yo‘lga qo‘yilishi bunga zamin yaratdi. Buning natijasida esa, mustaqillik yillarda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish 4,6 barobarga oshdi, so‘nggi 10 yilda esa sanoat tarmog‘ining o‘rtacha yillik o‘sish sur'ati, umumiy yalpi ichki mahsulot o‘sish sur'ati ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lgan holda, 8,9 foizni tashkil etdi 2030-yilda 40 foizga yetkazish, energiyani tejamkor zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish evaziga yalpi ichki mahsulot uchun sarflanadigan energiya hajmini taxminan 2 barobar qisqartirishga erishishdir. Buning uchun sanoat sohasini modernizatsiya qilish va tarkibiy o‘zgartirishlar orqali rivojlantirishni ta'minlovchi quyidagi dasturlar ijrosi amalga oshirilishi zarur. Jumladan 2017-2020-yillarda mineral xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlashga asoslangan 11 ta tarmoq dasturlari ishlab chiqilgan bo‘lib, dastur doirasida 42 mlrd.dollar qiymatidagi 800 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilishi belgilangan. Shu o‘rinda, tayyor mahsulotni ishlab chiqarishda mahalliylashtirish iqtisodiyotni yanada barqaror va izchil rivojlanishida, uning tashqi omillarga tobeligini pasaytirishda, ishlab chiqirish jarayonlariga yangi samarali texnologiyalarning tatbiq etilishini jadallashtirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidlash joiz. Aynan shuning uchun ham O‘zbekistonda mahalliylashtirish sanoatni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu mahalliy xom ashyo va ishlab chiqarish zaxilaridan keng foydalanish, shu asnoda import o‘rnini bosuvchi, zamonaviy va raqobatbardosh mahsulot chiqarishni ta'minlaydi. Mahalliylashtirish dasturi doirasida 2010-2016-yillarda 1 948 ta loyihalar amalga oshirildi va buning natijasida ushbu yillar davomida umumiy import o‘rnini bosish samaradorligi 7,6 mlrd. dollarini tashkil etdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-sonli “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” Farmoning qabul qilinishi tashqi savdo faoliyati sohasini takomillashtirish, mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, eksport salohiyatini oshirish, zamonaviy, eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishlarni hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarini barqaror rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, yuqori texnologiyali yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, hududlarni raqobatdosh va eksportga yo‘naltirilgan zamonaviy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga yanada faol jalb qilish, ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport, ijtimoiy infratuzilma va logistika xizmatlarini jadal rivojlantirishni ta'minlash uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni kengaytirish maqsadida respublikada 14 ta erkin iqtisodiy zonalar va 96 ta kichik sanoat zonalari tashkil etilgan.Shu bilan birga, tashkil etilgan kichik sanoat zonalarida 731,6 mlrd.so‘mlik 1201 investitsiya loyihalri amalga oshirilgan, 11 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilgan. Bugungi kunda, respublikamizda mavjud tabiiy xom ashyo resurslaridan maksimal darajada foydalanish orqali kelgusida iqtisodiyot va sanoat tarmog‘ini diversifikatsiya va isloh qilish borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirish zarur: