Maktabgacha yoshdagi bola shaxsining rivojlanishi



Yüklə 463,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix20.12.2022
ölçüsü463,51 Kb.
#76703
  1   2
ZDPP2425 (1)



91 
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» 
nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA SHAXSINING RIVOJLANISHI
VA UNGA TA`SIR ETUVCHI OMILLAR 
Alixodjayeva Gulbaxor Sabirovna 
TDPU Maktabgahca ta’lim pedagogikasi
va psixologiyasi kafedrasi o’qituvchi 
https://doi.org/10.5281/zenodo.7214500 
Har bir mamlakatning iqtisodiy qudrati, ijtimoiy-ma’naviy hayot 
darajasining yuksalishi ta’lim tizimining raqobatbardoshligi, ilm-fan taraqqiyoti 
bilan belgilanadi. Shu bois, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish 
bo‘yicha “Harakatlar strategiyasida” ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish, 
ta’lim sifatini oshirish, intellektual salohiyatli, jismoniy barkamol avlodni 
shakllantirish, aniq fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish va iqtisodiyotning turli 
sohalari uchun malakali kadrlarni tayyorlash ustuvor vazifalar sifatida 
belgilangan bo‘lib, pirovardida bugungi davr talabiga javob bera oladigan ta’lim 
tizimni yaratish ko‘zda tutildi. Sohadagi islohotlar natijasida maktabgacha ta’lim 
tizimida boshqaruv mexanizmi tubdan takomillashtirildi, nodavlat ta’lim 
xizmatlari ko‘rsatish tizimi isloh qilindi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimi 
qayta ko‘rib chiqildi, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish 
choralari kuchaytirildi, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning ikki pog‘onali 
tizimi joriy etildi. 
Maktabgacha ta’lim. Uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblangan 
ushbu soha har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va 
maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. 
O`tgan ajdodlarimiz yosh psixologiyasining muammolarini izchil va atroflicha, 
muayyan yo`nalishda,ma`lum konsepsiya asosida o`rganmagan bo`lsalar ham, 
allomalarning asarlarida mazkur xolatlarning aks etishi, namoyon 
bo`lishi,rivojlanishi va o`zgarishlar tog`risida qimmatli fikrlar bilfirganlar. Bular 
to`rt 
xil 
manbalarda 
uchraydi: 
Ularning 
biri 
–xalq 
ijodiyoti 
rivoyatlar,maqollar,matallar va masallar; Ikkinchisi –mahsus ijodkor kishilar 
muayyan shaxsga bag`ishlab yozgan og`it va nasihatlar ,hikoyatlardadir. 
Uchinchisi-qomusiy ,O`rta Osiyo mutaffakirlari ilmiy –nazariy qarashlari; 
to`rtinchisi –turli davrlarda ijod qilgan shoir va yozuvchilar ijodining mahsullari 
,ya`mi badiiy asarlardadir. Xozirgi kunda ham Bola shaxsi uning yosh davrlari 
psixologiyasi,uning ruhiyati , dunyoqarashi ta`lim va tarbiya olishi. Kelajakda 
yetuk kadr va muitahasis bo`lib yetishishi ,ajdodlarga mos avlod bo`lishi 
masalasi xalqimiz oldida turgan muhim ,dolzarb masala sifatida rivojlanib
kelmoqdadir. Oldimizdagi dolzarb masala sifatida turibdi. Mamlakatimizda 
mustaqil, xuquqiy, demokratik davlat , erkin fuqarolik jamiyati qurish yo`lidagi 
ulkan ishlar inson moxiyatini yangidan kashf qilishga , uning o`zligini 


92 
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» 
nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
anglashdagi imkoniyatlarini ro`yobga chiqarishga va ma`naviy barkamol , 
intelektual , aqliy-amaliy kadrlarni yaratish uchun ulkan ishlar amalga 
oshirilmoqda. Xalq ta`limi tizimini qaytadan rekonsturuktsiya qilishga ham 
alohida e`tibor qaratilmoqda. Ushbu ishlar o`zining amaliy va nazariy natijasini 
ham topayotgani xech kimga sir emas. Yangidan yangi qonunlar hamda 
Prezident farmonlari ham bu sohani naqadar tubdan o`zgartirishimiz kerakligini 
esimizga solmoqda, yangiliklar yaratilmoqda. Jumladan, 2012-yilning 10-dekabr 
sanasida ‘Chet tillarni o`rganish tizimini yanada takomilashtirish chora 
tadbirlari tog`risida ” qaror qabul qilingach yanada bu sohaga e`tibor yanada
mustahkamlandi. Yanada ko`proq e`tibor berila boshlandi. Yangidan yangi 
dasturlar amaliyotga joriy etila boshlandi. Unga ko`ra uzluksiz ta`lim tizimining 
chet tillar bo`yicha davlat ta`lim standarti “ Chet tillar bo`yicha ta`limning 
barcha bosqichlari bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan 
talablar” amaliyotga joriy etildi. Aytib o`tish lozimki , yurtimizda yoshlarning 
chet tillarini mukammal o`rganishi uchun yetarlicha shart-sharoit yaratishda 
ushbu qaror katta ahamiyat kasb etdi. Xabaringiz bor so`nggi yillarda 
maktabgacha ta`lim tashkilotlarida bolalarga ta`lim-tarbiya berish bilan bir 
qatorda , xorijiy tillarni o`rgatishga ham aloxida e`tibor qaratilmoqda.Ayniqsa 
maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarga chet tilini o`rgatishimiz uchun 
ko`plab ishlar, dasturlar amalga oshirilmoqda. Ushbu qarorda belgilangan 
chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun uzluksiz ta`lim tizimini barcha 
bosqichlarida , jumladan maktabgacha ta`lim tashkilotlarida xam chet tillarini 
o`zlashtirish darajasini oshirish uchun qator ishlar amalga oshirilmoqda. 
Birinchidan davlat ta`lim standartlarida belgilangan “ Tinglab tushunish”( 
Listening), “O`qish”( Reading) , “Yozish” ( Writing)“Gapirish”( Speaking ) 
ko`nikmalari ta`limning har qaysi bosqichida joriy qilinganligiligini misol qilib 
keltira olamiz. Ushbu dasyur asosida ta`lim-tarbiya berish maktabgacha ta`lim 
muassasalaridan boshlanmoqda.Ayniqsa maktabgacha ta`lim tizimimizda 
bollarning tinglab tushunish va eshitish orqali o`rganishlari uchun yetarlicha
imkoniyatlar yaratib berilgandir. Kichik yoshdagi bolalarning harf tanimasligi va 
o`qiy olmasligini hisobga olgan holda ular uchun mahsus chet tilini oson 
o`rganish uslublari ishlab chiqildi. Ikkinchidan hali maktabga chiqmagan, harf 
tanimaydigan bolalar uchun Maktabgacha ta`lim tizimida “Ilk qadam” dasturi 
joriy qilindi. Bunda bolajonlar turli o`yinlar, qo`shiq va she`rlar , ertaklar , 
multfilmlar orqali chet tilini, jumladan ingliz tilini bemalol o`zlashtirishlari 
mumkun. Qo`shiq tarzida harflarni yod olishlari,ranglarni ko`rib mahsus 
ko`rgazmaliqurollar orqali o`rganishlari mumkun. O`yin tarzida o`rganish usuli 
esa bolalarimizda ham qiziq ham ma`suliyat bilan o`rganishlariga yordam 


93 
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» 
nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
beradi.Uchinchidan Bolalar uchun mahsus yaratilgan dastur orqali ingliz 
alifbosini ko`radilar, mashqlar ostidagi qo`shiq orqali yodlab o`rganadilar. Bu 
jarayon bolalarning chet tilida og`zaki nutq va tinglab tushunish ko`nikmalarini 
rivojlantirishning samarali vositasi qilib belgilab qo`yilgandir. Prezidentimiz
Sh.M.Mirziyoyev , maktabgacha ta`lim tizimiga ham juda ham ko`plab e`tibor 
berganlar. “ Bolalar tarbiyasi jarayoniga o`z ishini puxta biladigan,malakali va 
har bir bolaga individual yondasha oladigan pedagog-kadrlarni jalb qilgan holda 
,ularni go`dakligidan ongi va tafakkuri to`g`rini to`g`ri shakllantirib 
bormasak,kelajakda yuksak saviya,bilim va ma`naviyatga ega bo`lgan barkamol 
avlodni tarbiyalash qiyin bo`ladi” ,deb alohida ta`kidladilar muhtaram 
prezidentimiz.Tadqiqotning dolzarbligi aynan shu yo`nalishda ota-onalar va 
tarbiyachilarga bog`cha yoshidagi bolalar ongi va shuuridagi bilimlar va 
dunyoqarashiga uning psixologik rivojlanishiga, shaxs ifatida rivojlanishi 
jarayonida , erta yoshlarda chet tilini jumladan Ingliz tilini o`rganishning 
ta`siridir. Maktabgacha yoshdagi bolalarga chet tilini erta ya`ni 4-6 yosh 
oralig`ida o`rganishning ta`sirlari haqidadir. Yurtimizda Chet tilini chuqurroq 
o`rganish uchun , hamda maktabgacha yoshdagi bola shaxsi rivoji uchun yetarli 
darajada ishlar amalga oshirilmoqda. Maktabgacha yoshdagi bola shaxsi 
rivojlanishiga chet tilini o`rganishning ta`sirlari haqida turli tuman ishlar, ilmiy 
ishlar yangidan yangi dasturlar amalga oshirilmoqda. Muhtaram prezidentimiz 
Sh.M.Mirziyayev ta`kidlaganlaridek “ Bizni hamisha o`ylantirib keladigan yana 
bir masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi,bir so`z bilan 
aytganda ,dunyoqarashi bilan bog`liq. Bola shaxsining psixologik asoslari ham 
Jahon va O`zbek psixolog va pedagoglari tomonidan minglab yillardan beri 
o`rganib 
kelinmoqda.Jahon 
psixologiyasidagi 
ilg`or 
konsepsiyalar, 
yondashuvlar,ilmiy 
psixologik 
prinsiplar 
,qonunlar 
,qoniniyatlar, 
mexanizmlar;sifatida klassik psixologiyadagi shaxsni o`rganishga haqqoniy va 
shaxslilik nuqtai nazaridan yondashish,shaxsning faolligi va tarqqiyot tamoyili 
hamda 
psixik 
hodisalarni 
tadqiq 
qilishga 
kompleks 
yondashish 
(B.G.Ananev),determinizm tamoyili (S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontev ) Tizimli 
yondashsish ,shaxsning faolligi (B.F.Lomov)lar xizmat qilganlar. Bola shaxsi 
rivojlanish uchun, kelajagimizni munosib avlodlarga qoldirishimiz uchun albatta 
biz bollarimizga ular yohligidanoq chet tilini o`rgatishimiz kerak. Uning 
dunyoqarashi axloqiy va aqliy tarbiyasi,dunyosi rivojolanishida muhim 
ahamiyat kasb etadi. 

Yüklə 463,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin