Ishlab chiqarish sanitariyasining umumiy tushuncha va tariflari. Ishlab chiqarish sanitariyasi


Zararli changlar va ulardan himoyalanish.1



Yüklə 42,91 Kb.
səhifə6/17
tarix02.01.2022
ölçüsü42,91 Kb.
#46658
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Ishlab chiqarish sanitariyasining umumiy tushuncha va tariflari.

Zararli changlar va ulardan himoyalanish.1 Ishlab chiqarishdagi ko‘pgina jarayonlar turli xil tarkibdagi chang va gazlarni ajralib chiqishi bilan amalga oshadi. Shu sababli, sof toza havo deyarli uchramaydi va havo tarkibida hamisha ma’lum miqdorda (1m3 toza havo tarkibida 0,25 mg.dan 0,5 mg. gacha) changlar bo‘ladi. Changlar ko‘rinishi va tarkibiga bog‘liq holda quyidagi guruhlarga bo‘linadi: organik, noorganik (mineral) va metall changlari.

Yirik changlar nafas olganda burun bo‘shlig‘ida qolib, o‘pkaga kirmaydi. Mayda changlar esa (asosan, o‘lchami 10 mk. dan kichik bo‘lgan changlar) nafas orqali burun bo‘shlig‘idan o‘tib, o‘pkaga o‘rnashadi va vaqt o‘tishi bilan turli xil kasalliklarni keltirib chiqaradi. Ayniqsa, diametri 0,3 mikrometrdan kichik changlar qonga tushishi ham mumkin. Changlar o‘z zarrachalari yuzasida turli xil zararli moddalar (mыshyak, berilliy, kadmiy, nikel, qo‘rg‘oshin, xrom, mis, asbest, vanadiy va b.) bilan bog‘lanib insonni kuchli zaharlanishiga sabab bo‘ladi.

Bundan tashqari qora metallurgiya, qurilish materiallarini ishlab chiqarish sanoati, neftni qayta ishlash sanoati, energetika sanoati va qishloq xo‘jaligidagi ishlab chiqarish jarayonlarida ajralib chiqadigan turli xil organik va noorganik changlar ham inson hayoti uchun xavfli hisoblanadi.


Yüklə 42,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin