Ishlab chiqarish sanitariyasining umumiy tushuncha va tariflari. Ishlab chiqarish sanitariyasi


Ishlab chiqarish chiqindilari va zaharli moddalar



Yüklə 42,91 Kb.
səhifə8/17
tarix02.01.2022
ölçüsü42,91 Kb.
#46658
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Ishlab chiqarish sanitariyasining umumiy tushuncha va tariflari.

Ishlab chiqarish chiqindilari va zaharli moddalar. Ishlab chiqarishda foydalaniladigan yoki texnologik jarayonlarni amalga oshirish davrida ajralib chiqadigan turli xil agressiv va zaharli kimyoviy moddalar, jumladan, qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan kimyoviy o‘g‘itlar, pestitsidlar, tibbiyotda va dori-darmon tayyorlashda, atir-upa, attorlik mollarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan moddalar ham inson sog‘ligiga katta ziyon etkazmoqda. Ayrim kimyoviy moddalar zaharlilik xususiyatiga ega bo‘lsa, ayrimlari allergenlik (allergik kasalliklarini keltirib chiqarish xususiyati), kanserogenlik (rak kasalligini keltirib chiqarish xususiyati), mo‘tagenlik (naslga ta’sir etish xususiyati) va teratogenlik (chala yoki mayib-majruh tug‘ilishni yuzaga keltirish xususiyati), fibrogenlik (tanadagi to‘qimalar birikmasining ajralishi) xususiyatlariga egadir. Bunday kimyoviy moddalarga ayniqsa, og‘ir metallar (qo‘rg‘oshin, kadmiy, simob), noorganik gazlar (oltingugurt ikki oksidi, is gazi, azot oksidi, ozon), kremniy ikki oksidi (DDT, xlorli vinil va boshqalar) misol bo‘lishi mumkin. Ushbu kimyoviy moddalar alohida holda ham, aralashma holda ham inson sog‘ligi uchun juda xavfli hisoblanadi. Keyingi yillarda rak kasalligining ko‘payishi, turli xil kasalliklarning yangi turlarini vujudga kelishi, asosan, kimyoning ta’siridandir.

Davlat standarti bo‘yicha inson sog‘ligiga ta’sir etuvchi xavfli moddalar 4 sinfga ajratilgan:

1-sinf - favqulotda xavfli moddalar, REM0,1 mg/m3;

2-sinf- yuqori xavflilikdagi moddalar, REM=0,1 ... 1,0 mg/m3;

3-sinf- o‘rtacha xavflilikdagi moddalar, REM=1,0 ... 10 mg/m3;

4-sinf- kam xavflilikdagi moddalar, REM>10 mg/m3.

Xuddi shuningdek ushbu zaharli moddalarning havo tarkibidagi o‘limga olib keluvchi miqdorlari 1-sinf uchun 500 mg/m3; 2-sinf uchun 500-5000 mg/m3; 3-sinf uchun 5001-50000 mg/m3; 4-sinf uchun 50000 mg/m3 dan yuqori. Lekin, bu moddalarning havo orqali emas, balki boshqa yo‘llar orqali (masalan, ovqat orqali, ular bilan bevosita muloqot qilish orqali) oshqozonga yoki teriga ta’sir etgandagi o‘limga olib keluvchi miqdorlari bir necha o‘n barobar kichikdir. Masalan, 1-sinfdagi zaharli moddalarning oshqozonga tushgandagi o‘limga olib keluvchi miqdori 15 mg/kg. ga tengdir.

Ayrim xavfli va zaharli moddalarning ma’lum konsentratsiyasi portlashga yoki yong‘inga ham olib kelishi mumkin. Masalan, avtomobil benzini xona haroratida 1 m2 ochiq yuzadan 400 g/soat tezlikda bug‘lanadi. Benzin buhlarining havo tarkibidagi 0,76…5,03% dagi konsentratsiyasi esa portlashga olib kelishi mumkin. Shuningdek, agar havo tarkibida benzin konsentratsiyasi miqdori 3-4 g/m3 bo‘lsa, 2-3 minut ichida insonning ko‘zidan yosh kelishi, qattiq yo‘tal tutishi, yurish muvozanati buzilishi mumkin, benzinning havo tarkibidagi konsentratsiyasi 30-40 g/m3 bo‘lganda esa, inson 2-3 nafasdayoq hushidan ketadi.

Ish joylari havosini sog‘lomlashtirishda birinchi navbatda zararli changlar va gazlarning manbalari, ularni yuzaga kelishini kamaytirish yo‘llari, ushbu zararli gaz va changlarni ish joyi zonasiga kirish sabablari o‘rganilib, bartaraf etish choralari ko‘riladi. Yuqorida ko‘rsatilgan tadbirlar etarli darajada samarali bo‘lmagan hollarda esa shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish yoki ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, masofadan boshqarish tizimlaridan foydalanish tavsiya etiladi.


Yüklə 42,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin