4.1 - jadval
Ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining mikroiqlim holatini belgilovchi ko‘rsatgichlarning me’yoriy miqdorlari
№
|
Yilning fasli
|
Ishning kategoriyasi
|
Harorat, oC
|
Nisbiy namlik, %
|
Havoning harakatlanish tezligi, m/s
|
1.
2.
|
Yilning sovuq va oraliq davri
Yilning issiq davri
|
Engil ishlar-1
o‘rtacha og‘ir-11a
o‘rtacha og‘ir-11b
og‘ir-III
Engil-1
o‘rtacha og‘ir-11a
o‘rtacha og‘ir-11b
og‘ir-III
|
20-23
18-20
17-19
16-18
22-25
21-23
20-12
18-21
|
60-40
60-40
|
0,2
0,2
0,3
0,3
0,2
0,3
0,4
0,5
|
Optimal mikroiqlim sharoitini yaratish juda muhim va murakkab vazifalardan hisoblanadi. Mikroiqlim ko‘rsatkichlarining optimal miqdorini o‘rnatish va zararli omillar ta’siridan himoyalanish quyidagi tadbirlar orqali amalga oshiriladi:
– bino va xonalarni ratsional joylashtirish;
– xonalarni ratsional shamolatish, havoni konditsionerlash va isitishni tashkil etish;
– ish va dam olish rejimini to‘g‘ri tashkil etish;
– shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish;
– issiqlik nurlanishidan himoyalash maqsadida ish jihozlarini izolyasiyalash va himoya ekranlaridan foydalanish.
Ishlab chiqarish binolari va ish joylarining mikroiqlim holatini aniqlashda bir qancha asboblardan foydalaniladi. Masalan, havoning harorati – termometrlar, termograflar, havoning harakatlanish tezligi - katatermometrlar va anemometrlar, havoning nisbiy namligi – psixrometrlar, issiqlik nurlanishlari – aktinometrlar va havoning bosimi – barometrlar bilan o‘lchanadi.
Dostları ilə paylaş: |