Kimyoviy laboratoriyada ishlayotganda texnika xavfsizligi qoidalari «Kimyo va kimyoviy texnologiya»



Yüklə 22,75 Kb.
səhifə1/4
tarix19.10.2023
ölçüsü22,75 Kb.
#157567
  1   2   3   4

KIMYoVIY LABORATORIYaDA ISHLAYoTGANDA TeXNIKA XAVFSIZLIGI QOIDALARI

«Kimyo va kimyoviy texnologiya» kafedrasi o’quv laboratoriyalarida ishlayotgan xar bir shaxs ishlatilayotgan kimyoviy moddalar, ulardan olingan mahsulotlarning xossalari, ya‘ni zaharlilik, yong’in va portlashdan xavflilik darajalari va moboda extiyotsizlik natijasida zaharlanish, kuyish yoki tok urishi xollari yuz beradigan bo’lsa, birinchi yordam ko’rsatish usullarini bilmog’i lozim.


Kimyoviy moddalarning xususiyatlarini va ulardan foydalanilayotganda qanday ehtiyot choralariga rioya qilish lozimligini bilmaslik, baxtsiz vaqealarga va og’ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ayniqsa portlovchi, yengil alangalanadigan va o’yuvchi, zaharli moddalar bilan muomila qilayotganda juda ehtiet bo’lish kerak. Birorta ishni boshlashdan avval uni bajarish tartibi bilan yaxshilab tanishish va ehtiyot choralarini ko’rib qo’yish kerak.


UMUMIY QOIDALAR
Laboratoriya tajribalarini o’tkazayotganda extiyotsizlik, diqqatsizlik va ish qurollari hamda kimyoviy moddalarni yetarli darajada bilmaslik og’ir-oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligini hamisha esda tutish kerak.
Berilgan vazifadagi laboratoriya ishlarini bajarayotganda boshqa ishlar bilan va gap-so’z bilan chalg’imaslik kerak.
Kimyoviy reaktsiyalarni bajarayotganda metodik qo’llanmada qanday ko’rsatilgan bo’lsa, aynan shunday idish, xajm va kontsentratsiyalarda bajarish, agarda birorta o’zgartirish lozim bo’lsa, faqat rahbarning ko’rsatmasi bilan bajarish va extiyot choralarini oldindan tayyorlab ko’yish lozim.
Ish bajarilayotgan joyda taom yeb-ichish, chekish qat‘iyan man etiladi.
Kimyoviy moddalarni ta‘mini bilish yo’li bilan tekshirish mumkin emas. Xidlaridan ajratish uchun nixoyatda extiyotlik bilan, chuqur nafas olmay gazlarni yoki bug’larni qo’l panjasi yordamida asta-sekin harakatlantirib tekshirish mumkin.
Har qanday noma‘lum moddaga «u zaharli» deb yondoshish kerak.
Zaharli gazlar va moddalar bilan hamda o’zidan zaharli gaz yoki bug’ ajratadigan moddalar (tsian birikmalari, xlor, brom, serevodorod, ammiak, organik eritmalar, uchuvchan kislotalar va boshqalar) bilan o’tkaziladigan ishlar germetik yopiq, yaxshi shamollatiladigan so’ruvchi shkaflarda bajarilishi kerak.
O’yuvchi va kuydiruvchi moddalar bilan ish bajarilayotganda albatta xalat kiyilgan va tugmalari taqilgan bo’lishi kerak.
Kimyoviy eritmalar birdan qaynab toshib ketmasligi uchun, ular qaynatilayotgan idishlarga bir nechta shisha kapillyar (naycha)lar yoki chinni parchalari tashlab qo’yilishi kerak.
Reaktsiya ketayotganda idishlar ustiga, ayniqsa qizdirilayotganda, egilish mumkin emas. Reaktorlarning chiqish teshiklarini ham teskari tomonga to’g’rilab qo’yish kerak.
Agar bajarilayotgan ish o’yuvchi, zaharli, tez alangalanadigan, portlovchi moddalar bilan bog’liq bo’lsa va ular yuqori yoki past bosimda o’tkazilayotgan bo’lsa va nihoyat ushbu reaktsiyalar natijasida yarador bo’lish, kuyish, ko’zga zarari tegishi mumkin bo’lsa, albatta ximoya ko’zaynaklari yoki organik oynadan, metall to’rdan qilingan niqoblar taqiladi.
Xech qanday moddani etiketka yoki yozuvsiz koldirish mumkin emas. Biror moddadan foydalanilganda etiketka yoki yozuvlarini diqqat bilan o’qish kerak. Agar shubhali bo’lsa, darhol tekshirib ko’rih kerak.
Yong’indan havfli, portlashdan havfli, zaharli, o’tkir hidli moddalarning qoldiqlarini rakovina yoki axlat idishlariga tashlash man etiladi. Aksincha ularni maxsus idishlarga yig’ib, iloji boricha zararsizlantirib maxsus jixozlangan quduqlarga ag’darish kerak. Rakovinaga faqat suv va neytiralangan eritmalar qo’yish mumkin.
Kimyo laboratoriyalarida yolg’iz tajriba o’tkazish mumkin emas. Xonada eng kamida ikki kishi va ulardan biri esa boshliq bo’lishi kerak.



Yüklə 22,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin