O‘quv rejaga muvofiq o‘zaro bogliq bo‘lgan fan nomi:
“Ushbu fanni o‘zlashtirish uchun matematika, fizika, kimyo fanlarini, shuningdek texnik mexanika, umumiy elektrotexnika va elektronika asoslari kabi fanlarni chuqur o‘zlashtirgan bo‘lishlari talab etiladi.
O‘quvchi kimyoviy elementlarning tuzilishi va xossalarini bilsagina avtomobil detallarini nima uchun turli xil metall qotishmalaridan tayyorlanganligiga baho bera oladi. Shuning uchun o‘quv rejaga ko‘ra yuqorida keltirilgan fanlarni o‘zlashtirgandan so‘ng o‘quvchi “Metallar
texnologiyasi” fanini o‘zlashtirishga kirishi ko‘zda tutilgan.
O‘qitishni tashkiliy shakli:
N- nazariy ta’lim;
A- amaliy ta’lim;
NA-birgalikda tashkil etilgan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar;
MX-maxsus xonalarda mashg‘ulot.
Dasturga qo‘yilgan talab:
Majburiy
O‘qitish tili:
Guruhda belgilangan o‘qitish tili asosida
Baholash tartibi:
Baholash bo‘yicha amaldagi tartib asosida
O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash:
Yozma, og‘zaki, savol-javob, munozara, test, amaliy topshiriq