www.gov.uz – O‘zbekiston Respublikasi xukumat portali.
www.lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi.
www.svarka.ru- Payvandlash jamiyati sayti
http://www.ziyo.net
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS PROFESSIONAL TA’LIMNING 5.53.07.01-Texnologik mashinalar va jihozlar (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha) kasbining “Chilangarlik ishlari” o‘quv amaliyotidan O‘QUV DASTURI
Kvalifikatsiya nomi:
1. Texnik
O‘quv rejadagi tartib raqami:
3.01
Ajratilgan soat:
90
Toshkent-2021
Tuzuvchilar:
B.Gapurov
Olmaliq arxitektura-qurilish texnikumi maxsus fan o‘qituvchisi
Sh.Norqulov
Olmaliq arxitektura-qurilish texnikumi ishlab chiqarish ta’limi ustasi
Taqrizchilar:
M.Ergashev
Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universiteti Olmaliq filiali, Energetika va mashinasozlik texnologiyasi fakulteti, mashinasozlik kafedrasi katta
o‘qituvchisi dotsent,
O‘quv dasturiga qo‘yiladigan talablar.
O‘quv dasturining nomi:
Chilangarlik ishlari
Ajratilgan soat:
90
Mavzular soni:
8
Dasturning maqsadi:
Fan-texnika taraqqiyot tufayli sanoatning mashinasozlik va metallarga ishlov berish sohalarida muttasil namoyon bo‘lib
turadigan chuqur sifat o‘zgarishlari ishlab chiqarish malakalariga nisbatan tobora yuksak talablar qo‘yadi. Bu esa, o‘z navbatida
mazkur sohaga aloqador o‘quv –tarbiya jarayonining darajasini shunga muvofiq ravishda oshirib borish zaruriyatini ilgari suradi.
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari:
O‘quvchilarni bozor munosabatlari Fan-texnika taraqqiyot tufayli sanoatning mashinasozlik va metallarga ishlov berish, chilangarli ishlari sohalarida muttasil namoyon bo‘lib turadigan chuqur sifat o‘zgarishlari ishlab chiqarish malakalariga nisbatan tobora yuksak
talablar qo‘yadi va bilim beradi.
Bilim:
Fanni o‘rganish natijasida o‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari kerak.
o‘lchov asboblarini tanlash va detallarni o‘lchash.
metallarni rejalash va kesish.
metallarni qirqish.
metallarni egovlab silliqlash.
metallarni parmalash, zenkerlash va yo‘nib kengaytirish.
Ko‘nikma:
Fanni o‘rganish natijasida o‘quvchilar quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari kerak.
chizmalarni o‘qish.
metallarni rejalash.
metallarni kesish.
metallarni qirqish uskuna va moslamalarini ishlatish.
metall kesish dastgohlarini ishlatish. chilangarlik ishlarini bajarishda mehnat xavfsizligi qoidalariga amal qilish.