Ishlab chiqarish xarajatlari Korxonaning qisqa muddatli va uzoq muddatli oraliqdagi faoliyati



Yüklə 6,6 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü6,6 Kb.
#209953
Ishlab chiqarish xarajatlari Korxonaning qisqa muddatli va uzoq -fayllar.org


Ishlab chiqarish xarajatlari Korxonaning qisqa muddatli va uzoq muddatli oraliqdagi faoliyati

Ishlab chiqarish xarajatlari

1.Korxonaning qisqa muddatli va uzoq muddatli oraliqdagi faoliyati.

2.Umumiy o‘zgarmas, o‘zgaruvchan va chekli xarajatlar.

3.O‘rtacha xarajatlar va ularning grafiklarini o‘zaro joylashuvi.
1. Qisqa muddatli oraliq — bu shunday vaqt oraliq-ki, firma bu oraliqda faoliyat ko‘rsatganda, u ishlab chiqarish omillaridan kamida bittasining hajmini o‘zgartira olmaydi. Bunday omilga o‘zgarmas ishlab chiqarish omili deyiladi. O‘zgarmas omil sifatida firma kapitali — ishlab chiqarish quvvati hisoblanadi. Masalan, firma kapitalidan foydalanish yo‘nalishini o‘zgartirish uchun odatda uzoq vaqt talab qilinadi. Yangi zavod qurish uchun, birinchi navbatda uning loyihasi ishlab chiqiladi, uskuna va texnologik liniyalar sotib olinadi va o‘rnatiladi. Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun vaqt talab qilinadi (kamida bir yil).
Uzoq muddatli oraliq — bu oraliqda firma ishlab chiqarishda foydalanayotgan barcha ishlab chiqarish omillari hajmini (ishlab chiqarish quvvatini xam) o‘zgartiradi. Uzoq muddatli oraliqda barcha ishlab chiqarish resurslari o‘zgaradi va bunday resurslarga o‘zgaruvchan resurslar deyiladi.
Qisqa muddatli oraliqda firma ishlab chiqarish quvvatini o‘zgartira olmaydi, lekin undan foydalanishni intensivlashtirishi mumkin.Uzoq, muddatli oraliqda ishlab chiqarish quvvati xam o‘zzgaradi. Albatta uzoq va qissa muddatli oraliqlar har-xil maxsulotlar uchun turlicha bo‘lishi mumkin.

2. Qaytarilmaydigan xarajatlar. Qaytarilmaydigan xarajatlar oldin qilingan xarajatlar bulib, ularni qaytadan tiklash mumkin emas. Bu xarajatlar qaytarilmasligi uchun xam firmaning qaror qabul qilishiga taʼsir «qilmaydi. Masalan, firma 100 ming so‘mga maxsus uskuna sotib oldi, lekin firmaning qarori o‘zgardi va bu uskuna umuman kerak bo‘lmay qoldi, undan alternativ foydalanish varianti mavjud emas. Firma ushbu uskunani 60 ming sumga sotib, 40 ming so‘m zarar ko‘rdi. 40 ming so‘m qaytarilmaydigan xarajat xisoblanadi va firmaning harakatiga taʼsir qilmaydi.
O‘zgarmas xarajat(FC — fixed cost) —bu qiska muddatli oraliqda maxsulot ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lmagan xarajatdir (maxsulot ishlab chiqarish hajmi oshganda xam, kamayganda xam uzgarmaydigan xarajat). O‘zgarmas xarajatlarga binodan, texnikadan, inshootlardan, ishlab chiqarish uskunalaridan foydalanish bilan bog‘lik xarajatlar, ijara haqi, kapital taʼmirlash, maʼmuriy xarajatlar kiradi.
O‘zgaruvchan xarajat (VC — Variable Cost) — mahsulot ishlab chiqarish xajmiga bogʻlik, bo‘lgan xarajat, yaʼni mahsulot hajmi oshganda yoki kamayganda o‘zgaradigan xarajat. O‘zgaruvchan xarajat Q ga bog‘liq funksiya bo‘lib, VQQ) ko‘rinishida yozilishi mumkin. O‘zgaruvchan xarajatlarga xom ashyoga, elektroenergiyaga, gazga, yordamchi materiallarga bo‘lgan xarajatlar hamda ish haqi kiradi. O‘zgaruvchan xarajatlar shunday xususiyatga egaki, ishlab chiqarishning boshlang‘ich qismida uning o‘sish surʼati mahsulot ishlab chiqarish surʼatidan yuqori bo‘ladi, ishlab chiqarish xajmi optimal o‘lchovga erishganda o‘zgaruvchan xarajatlar kamayib, undan keyin yana oshadi.
Umumiy xarajatlar (7X7 - Total Cost) — qisqa muddatli oraliqda maʼlum miqdorda maxsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan o‘zgarmas va o‘zgaruvchan xarajatlarning yigindisiga teng. Grafik ko‘rinishda umumiy xarajat chizig‘i o‘zgarmas va o‘zgaruvchan xarajatlar chiziqlarini qo‘shish bilan hosil qilinadi.
Chekli xarajat (Л/С - Marginal Cost) - ishlab chiqarish xajmini kichik miqdorga (odatda bir birlikka) oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha umumiy xarajatdir.
3. Oʻrtacha o‘zgarmas xarajat (AFC — Average Fixed Cost) — bir birlik maxsulotga to‘glri keladigan o‘zgarmas xarajat bo‘lib, u quyidagicha aniklanadi:
O‘rtacha o‘zgarmas xarajat maxsulot xajmi oshishi bilan kamayib boradi. O‘zgarmas xarajat (FC) va o‘rtacha o‘zgarmas xarajatlar ( AFC ) chizig‘i grafikda quyidagicha tasvirlanadi.

O‘rtacha o‘zgaruvchan xarajatlar (AVC - Average Variable Cost) — bir birlik ishlab chiqarilgan maxsulotga to‘g‘ri keladigan o‘zgaruvchan xarajat bo‘lib, u o‘zgaruvchan xarajat miqdorini ishlab chiqarilgan maxsulot miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi. O‘rtacha xarajatlar firma optimal texnologik razmerga (optimal ishlab chiqarish xajmiga) erishganda o‘zining minimal qiymatiga erishadi , ishlab chiqarish xajmi yana oshsa, o‘rtacha xarajat ham oshib boradi (bu yerda boshqarishning murakkablashuvi, samarali bo‘lmagan resurslardan foydalanish, o‘zgaruvchan xarajatlarni oshishiga sabab bo‘ladi). O‘rtacha o‘zgaruvchan xarajat firma faoliyatini tahlil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Uning yordamida firma faoliyatining samaradorligi, firmaning muvozanat holati va kelajakdagi istiqboli (ishlab chiqarishni kengaytirish, qisqartirish yoki tarmoqdan chiqish) belgilanadi.


O‘rtacha umumiy xarajatlarni umumiy xarajatni ishlab chiqarilgan maxsulot miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan aniqlqsh mumkin:

Yoki o‘rtacha o‘zgarmas ( AFC) va o‘rtacha o‘zgaruvchan (AVC) xarajatlarni qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi:



АТС, AFC ва AVC chiziqlarining grafikdagi ko‘rinishi quyidagi rasmda keltirilgan:
O‘rtacha umumiy xarajatlar firma faoliyatini taxlil qilishda asosiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. O‘rtacha umumiy xarajat bilan narx o‘rtasidagi farq orqali firmaning olayotgan foydasi yoki zarari aniqlanadi.
http://fayllar.org
Yüklə 6,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin