Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va uning tarkibi
Ishlab chiqarish xarajatlari deganda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga etkazib berishga qilinadigan barcha sarflar tushuniladi. Ishlab chiqarish sarf-xarajatlari tarkibiga xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilg`i va energiya uchun qilingan xarajatlar, asosiy kapital amortizastiyasi, ish haqi va ijtimoiy sug`urtaga ajratmalari, foiz to’lovlari va boshqa xarajatlar kiradi. Ishlab chiqarishga qilingan barcha sarf-xarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxini tashkil qiladi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini ikkiga bo’lib o’rganish mumkin: bevosita ishlab chiqarish xarajatlari va muomala xarajatlari (1-chizma). Tovar birligining qiymatida ishlab chiqarish xarajatlari faqat uning bir qismini tashkil qiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari tovar qiymatidan foyda miqdoriga kam bo’ladi. Muomala xarajatlari tushunchasi tovarlarni sotish jarayoni bilan bog`liq bo’lib, shu tovarlarni ishlab chiqaruvchidan olib, iste’molchiga etkazilguncha ketadigan sarflarga aytiladi. Ular ikki guruhga bo’linadi: qo’shimcha muomala xarajatlari va sof muomala xarajatlari. Tovarlarni o’rash, qadoqlash, saralash, transportga ortish, tashish va saqlash xarajatlari qo’shimcha muomala xarajatlari hisoblanadi. Muomala xarajatlarining bu turlari ishlab chiqarish xarajatlarining davomi hisoblanib, tovar qiymatiga kiradi va uning qiymatini oshiradi. Xarajatlar tovarlar sotilgandan keyin olingan pul tushumi summasidan qoplanadi.