Ishlab chiqarish xarajatlarining alernativ vareantlari va ular tanlovining nazariy hamda amaliy jihatlari Mundarija. Kirish


Xarajatlarning o’zgarishiga ta'sir etuvchi omillar



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə5/10
tarix12.10.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#154179
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2222Ishlab chiqarish xarajatlarining alernativ vareantlari

3.Xarajatlarning o’zgarishiga ta'sir etuvchi omillar.
Xarajatlarning o’zgarishi-xarajatlarning qaysi yo’nalishda o’zgarishini bilish firmaga qancha ishlab chiqarganda qanday foyda ko’rish mumkinligini aniqlashga yordam beradi. Xarajatlar o’zgarib turadi, bu esa resurslarning bozor narxiga, ularning tejalishiga, xaralatlar turlarining nisbatiga va ishlab chiqarish ko’lamiga bog’liqdir. Xarajatlarga ta’sir etuvchi omillar ikki guruxga bo’linadi:
Birinchisi, firmaga bog’liq omillar, bu ishlab chiqarish ko’lamini o’zgartirish, resurslarni tejab ishlatish.
Ikkinchisi, firmaga bog’liq bo’lmagan omillar, bularga resurslar narxi va soliqlar kiradi.
Bir yorqin misol tariqasida firmaning ishlab chiqarish xarajatlariga ta’sir etuvchi omillarni ko’rib chiqamiz. Ishlab chiqarish xarajatlariga ta’sir etuvchi omillar Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish chuqur tanglikni chetlab o’tishga intilishga, fan va texnikaning ilg’or texnologiyaning eng yangi yutuqlarini izlash va joriy etishga undaydi. Bularning barchasi pirovard natijada keskin raqobatchilik ssharoitida ishlab chiqarishning barqarorligiga erishishga inqirozning oldini olishga yo’naltirilgan. Bu xolat kengroq qurilganda, bozorda talab bilan taklif o’rtasida qulay muvozanatning ta’minlanishiga olib keladi. Bizga kapitalistik ishlab chiqarish usulining eng katta nuqsoni illati sifatida targ’ib qilib iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirishning qudratli omiliga aylanmoqda. Bugungi kunda ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirib borish va unga ta’sir etuvchi omillarni taxlil qilib berish juda muxim hisoblanmoqda. Chunki ishlab chiqarishning rivojlanib borishi va yuksalishi xarajatlarni qisqartirib borish, unga ta’sir etuvchi omillari taxlil qilish, aniqlash kabi xususiyatlarga ega xisoblanadi. Bu soxada dunyoning barcha rivojlangan mamlakatlari o’zlarining taraqqiyot darajasiga erishgandir. Ma’lumki, sobiq totalitar tuzim davrida barcha ishlab chiqarish markazlashgan, rejalashtirilgan tartibda edi. Shuning uchun xam isrofgarchilik juda ko’p miqdorda edi. Ishlab chiqarish xarajatlarining ortib ketishi maxsulot sifatining buzilishiga, shuningdek uning “o’tmay” qolishiga sabab bo’ldi. Natijada o’sha davrda mamlakat ishlab chiqarishi inqirozga uchradi. Bu mamlakat uchun fojiali xol edi. Chunki egasiz mulkning qadri bo’lmaydi, tekin narsani esa samarasi bo’lmaydi. Bu barchamizga ma’lumdir. Shuning uchun xam mustaqillikga erishganimizdan keyin, prezidentimizning oqilona fikrlari, ularning tashabbuslari bilan eng asosiy e’tibor shu soxaga qaratiladi. Ishlab-chiqarish xarajatlariga quyidagicha omillar ta’sir ko’rsatadi:
1. Mehnat unumdorligini oshib borishi.
2. Mehnatni ilmiy tashkil qilish.
3. Ishchi kuchlarini to’g’ri joylashtirish va ishlab chiqarishga to’g’ri jalb etish.
4. Fan-texnika taraqqiyotini yuksaltirib borish, tadbiq qilish.
5. Kadrlar malakasini oshirib borish.
6. Xom-ashyo resurslaridan samarali va unumli foydalanish.
7. Ishlab chiqarishni boshqarishni to’g’ri tashkil etish.
Umuman olganda esa bu omillarni quyidagicha birlashtirish mumkin: yangi fan-texnikani qo’llash mexnat unumdorligini oshirib borish, xom ashyo sarflarini qisqartirib borish.
Xar qanday jamiyatning muxim bo’g’inlaridan asosiysi ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirib borishdir. Xar bir faoliyat ko’rsatayotgan korxona xam o’z oldiga ana shuni vazifa qilib qo’yadi, ya’ni korxonaning asosiy maqsadi, ishlab chiqarish xarajatlarini minimallashtirib maksimal foyda olishdir, ko’proq maxsulot ishlab chiqarishga qaratilgan.
Ishlab chiqarish xarajatlariga yuqorida sanab o’tilgan muxim omillar ta’sir etar ekan, bularning barchasini birgalikda amalga oshirish juda qiyin. Masalan: xom ashyo zaxiralarining eng arzon kanallarini qidirib topish va samarali ishlatishni ta’minlash, ishchilarni ijtimoiy muxofazalashni kuchaytirish, fan-texnika taraqqiyotini yuksaltirib, uni ishlab chiqarishga tadbiq qilish, umuman bularni birbaraviga amalga oshirish murakkab jarayondir. Lekin, shu omillarni barchasini birgalikda olib borilishi iqtisodiy samaradorlikka erishishning asosiy sharti xisoblanadi.
Respublikamizda bunday ishlarni rivojlantirish maqsadida ilgari davlat markazlashgan korxonalar tizimi o’zgartirilib, xususiylashtirish ishlari yo’lga quyiladi. Bugungi kunda umumiy ishlab chiqarishning 84% asosan xususiy va qo’shma korxonalarga to’g’ri kelmoqda. Bu degan so’z xar bir korxona o’zining ishlab chiqarish jarayonlariga va xarajatlarni kamaytirib borish omillariga jiddiy ta’sir qilmoqda deganidir. Albatta bunday munosabatlar ishlab chiqarishni pasayishini oldini olish ishsizlikka yo’l qo’ymaslikni ta’minlaydi. Ishlab chiqarish va tadbirkorlikni 19 rivojlantirib borish esa unga tamal toshi bo’lib xizmat qiladi. Shunday qilib, ishlab chiqarish xarajatlariga asosan fan-texnika yutuqlari, yuqori ishchi kuchi, xom-ashyo resurslari asosiy ta’sir ko’rsatadi. Mexnatni ilmiy tashkil qilgan xolda ishlab chiqarishni yuksaltirib borish xam muximdir. Xar bir ishchi o’zining kasbini qilayotgan ishini sevishi kerak. Bu esa kadrlar malakasizligiga barxam beradi, natijada ishlab chiqarish yuksaladi. Ilmiy tadqiqotlardan ma’lumki, ishchilarning u ishdan bu ishga ko’chib yurishlari natijasida ish samaradorligi 30-40% foizgacha kamayar ekan. Bu degan so’z ishlab chiqarishning asosiy qismi yo’qoldi degandir. Shu sababli eng asosiy e’tibor ishchi o’rinlarini to’g’ri tashkil etishga qaratilishi zarur. Respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan ko’plab korxonalar ishlab chiqarish xarajatlariga ta’sir qiluvchi omillarini xar tomonlama o’rganib, shu asosda ish yuritmoqdalar. Yangi bozor tizimi isloxatlarni amal qilishi iqtisodiyotda juda muxim sanalmoqda va axamiyati ortib bormoqda. Xar bir korxona o’z oldiga xarajatlarni pasaytirish, unga ta’sir etuvchi omillarni taxlil qilishni ustivor vazifa qilib qo’yish kerak, ana shundagina iqtisodiyot yuksaladi, ishlab chiqarish taraqqiy etadi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishning asosiy yo’nalishlari va iqtisodiy samaradorlik mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining uzluksiz pasayishi bozor iqtisodiyotida ishlab chiqarish usulining qonuniyatidir. U mehnat unumdorligining to’xtovsiz o’sishi, mexnatkashlar madaniy, texnikaviy darajasini yuksalishi, moddiy va mexnat resurslaridan ratsional foydalanish, xo’jalik yuritish usullarining takomillashtirishi bilan ta’minlanadi. Ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish uchun nurashning axamiyati yildan yilga oshib bormoqda, chunki uni pasaytirishning xar bir foizning absolyut xajmi o’sib bormoqda. Umuman Respublika bo’yicha sanoat maxsuloti tannarxini faqat 1% ga pasaytirilsa 3 mlrd. so’m miqdorida iqtisod qilinadi. Ishlab chiqarish xarajatlarining pasaytirishning yo’llarini keltiramiz. Ishlab chiqarish xarajatlarining pasaytirishda ishlab chiqarishning texnikaviy darajasini oshirish katta ta’sir ko’rsatadi. Yangi texnikani joriy qilish va maxsulot tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish jarayonalarining kamayishiga kompleks ta’sir ko’rsatadi. Ular moddiy resurslardan yanada samaraliroq foydalanish, buyumlarni tayyorlashga ketadigan mexnat sarfini kamaytirish imkonini beradi. Amaldagi jixozlarni zamonaviylashtirsh xamda qo’llanilayotgan texnikadan foydalanishni xisobga olgan holda ishlab chiqarish xarajatlarini anchagina kamaytirishga erishish mumkin.
Yangi texnika va progressiv texnologiya asosida o’tgan va jonli mexnatni tejashga erishiladi. Moddiy resurslarda buyumlashgan o’tgan mexnatni tejash xuddi shu miqdordagi xomashyo va materiallardan ko’proq maxsulot ishlab chiqarish imkonini beradi; jonli mexnat sarfini tejash maxsulot unumdorligini oshirish imkonini beradi, ya’ni xar bir ishchiga xisoblanaganda ko’prok maxsulot ishlab chiqarishga imkon yaratadi. Bunga fan-texnika taraqqiyoti yordam beradi. Yangi texnika va ilgor texnologiya ishlab chiqarishni boshqarishni takomillashtirish asosida mexnat unumdorligi oshib boradi bu esa ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga olib keladi. Moddiy va pul mablag’larini sarflashda qat’iy iqtisodiy tejashga rioya qilish katta axamiyatga ega.
Asbob uskunalarni asrashga dori sarflarini kamaytirish, material shuningdek ishlab chiqarish chiqindilaridan maksimal foydalanish. Brak natijasida ro’y beradigan nobudgarchiliklarni kamaytirish fondlarining samaradorlik darajasini oshirish, ish xaqifondini ratsional sarflash tsex va umumzavod xarajatlarini kamaytirish bularning barchasi u yoki bu darajasida maxsulotning arzonlashuviga ta’sir ko’rsatadi. Moddiy texnika ta’minotini yaxshilash ishlab chiqarish xarajatlarini kamayishiga olib keladi.
Korxonaning xom-ashyo material, yoqilgi va energiya yetkazib berishning uzilib qolishi ishlab chiqarish ritmini buzishga bekor turib qolishlariga oy oxirida xaybarakallachilikka va oqibat natijada unumsiz xarajatlarga olib keladi. Korxona iqtisodiyotga xaddan tashqari normativdan ortiqcha zapaslarni bo’lishi xam salbiy ta’sir ko’rsatadi. Zapas ko’payib ketganda oborot mablag’lari oshib ketadi, moliyaviy axvol yomonlashadi, ishlab chiqarishning rentabelligi pasayib ketadi. Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga mexnatni tashkil etishda takomillashtirish ta’sir ko’rsatadi.
Xar qanday texnikadan xatto yangisidan xam ishlab chiqarishni to’g’ri tashkil qilmay turib, maksimal ravishda foydalanish mumkin emas. Shuning uchun texnologik protsesslarni mexanizatsiya va avtomatlashtirish bilan bir qatorda, mexnatni ilmiy asosda tashkil etishga katta e’tibor berish kerak. Maxsulot tannarxini pasaytirishda xisobotning roli kattadir.
Xisob olib borish yoqilgi va energiyadan, xom ashyo va materiallardan ratsional foydalanishga yordam beradi, xarajatlarni kamaytirish va korxona jamg’armasini oshirish imkonini beradi. Kolektivning kuchini yetishtirilladigan maxsulotning tannarxini pasaytirishga qaratish uchun ishlab chiqarishga qilinadigan xarajatlarni to’g’ri rejalashtirish va xisobga olish zarur. Iqtisod qilish yo’llarni aniqlash ortiqcha xarjatlarning sababini ochib tashlash uchun bu xarjatlarni doimi analiz qilib turish kerak.
Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish rejasining bajarilishini analiz qilish ishlab chiqarish rentabelligining oshishi uchun korxonadagi barcha ishlarning takomillashtirsh uchun muxim axamiyatga ega. Lekin analiz faqatgina tannarxning pasaytirsh rejasini bajarilishiga qo’yilgan baxo bilan chegaralanmaydi, u ishlab chiqarish xarajatlarini yanada kamaytirish uchun taxlikiy va texnikaviy xarakatlarni xam ko’rishi kerak. Maxsulot ishlab chiqarishni analiz qilishning ishchilarning aktiv ishtirok etishlari uni pasaytirishning muxim yo’lidir.
Xarajatlar korxonaga bog’lik bo’lmagan omillarga qarab o’zgaradi. Masalan: resurs narxi xar xil xizmat xaqqining tebranishi korxona xoxishidan qat’iy nazar xarajatlarni o’zgartiradi. Korxonada ishlab chiqarish ko’lami kengaysa, resurslar sarfi qisqaradi, chunki ular kamroq isrof etiladi. Resurslarni tejovchi texnologiya joriy etilganda xarajatlar keskin qisqaradi. O’rtacha xarajatlar mexnat unumliga nisbatan teskari mutanosiblikda o’zgaradi. Mexnatni unumining ortishi xam moddiy xam mexnat sarfini qisqartiradi bozordagi narx binobarin tovar barqaror sharoit mexnat unumdorligi xarajatlari pasaytirish orqali foydani ko’paytiradi.
Xarajatlarni doimiy ravishda pasaytirib borish korxona foydasini oshirishning asosiy vositasi bo’lib xizmat qiladi. Zero maxsulot baxosi tarkibining asosiy elementlari bu xarajat va foydadir. Binobarin xarajatlar qanchalik qisqarib borsa, shunga mos foyda oshib boradi. Ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish asosiy yo’nalishlaridan biri bu fan texnika taraqqiyoting (FTT) yutuqlaridan oqilona foydalanishga erishishdir. FTT yutuqlaridan foydalanish mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan, xomashyo materiallaridan yoqilgi resurslaridan yanada tularoq foydalanishga imkon beradi. Shuningdek yangi unumdorligi yuqori bo’lgan samarador mashina, dastgoxda yangi texnologik jarayonlar yaratish, uni ishlab chiqarish joriy etish pirovard natijada korxonada ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga sharoit yaratadi. FTT ning 20 –asr ikkinchi yarmidagi o’ziga xos jixati printsipal yangi texnologik usulga o’tilishi bilan xarakterlanadi. Uning mavjud texnologik ishlab chiqarish usullaridan ustunligi faqat nisbatan yuqori iqtisodiy samaradorligida emas, balki sifat nuqtai nazaridan moddiy ne’matlar va xizmatlarni ishlab chiqarish imkoniyatidir.
Xarajatlarni pasaytirish asosiy yo’nalishlardan biri bu ishlab chiqarish va mexnat tashkil etishning takomillashtirishdir. Ushbu yo’nalish ishlab chiqarishda yo’qotishlarni kamaytirish yo’li bilan xarajatlarni pasaytirish bu esa o’z navbatida jonli mexnatni iqtisod qilishga ya’ni ishlab chiqarish unumdorligini oshishiga olib keladi. Samaradorlik iqtisodiy kategoriya sifatida odamlarni ayrim extiyojlarini qondirishga qaratilgan maxsulotlar qobiliyatlarini anglatadi.
Samaradorlik miqdoriy o’lchov darajasiga ega bo’ladi. Iqtisodiyotda eng avvalo yuqori samaradorlik ko’pincha imkoniyatlari bilan birgalikda ist’emol qilishdan xosil bo’lgan samaradorlikning yuksalishini izoxlaydi. Barcha samaradorliklar majmuasi eng yuqori maksimal samaradorliklardan iborat ekanini izoxlash qiyin emas. Xar bir ist’emol qilinayotgan yangi tovar o’zining eng yuqori samaradorlik darajasiga teng samaradorlik darajasini kengaytiradi. Maksimal samaradorlikni pasaytiruvchi qonunga ko’ra navbatdagi xar bir ist’emol qilinayotgan ne’matni yuqori samaradorlik darajasi oldingi bosqichga nisbatan past bo’ladi. Demak, bir o’lchovga to’g’ri keluvchi qo’shimcha ne’matlar xosil qilish samarasi oldingi bosqichda olingan natijalardan pastroq bo’ladi.
Iqtisodiy samaradorlik bir necha iqtisodiy ko’rsatgichlar orqali tavsiflanadi. Ishlab chiqarish samaradorligi bir qancha juziy ko’rsatgichlar orqali tavsiflanadi. Samaradorlikning umumiy ko’rsatgichi mexnat unumdorligidir. U umummaxsulot miqdori (MM) ning jonli mexnat (JM) sarfiga nisbatan ifodalanadi. Jonli mexnat sarfi kunlarda soatlarda xisoblanadi.
Mexnat unumdorligi bilan birga mexnat sig’imi degan samaradorlik ko’rsatgichi xam qo’llanadi. Mexnat sig’imi jonli mexnatni maxsulot miqdoriga nisbatan orqali aniqlanadi. Maxsulotning material degan iqtisodiy ko’rsatgich xam bizning davrimizda katta axamiyat kasb etmoqda. Material sig’imi moddiy ashyolar sarfini (BM) maxsulot miqdori (MM) ga nisbatan orqali aniqlanadi. Ishlab chiqarish fondlarini samaradorligi maxsulotning fond sig’imi yoki fondlar qaytimi ko’rsatgichlari orqali o’lchanadi. Ko’rinib turibdiki juziy ko’rsatgichlar samaradorlik umumiy ifodasini aniqlashtirilgan shaklida bu nisbatlarda maxsulotlar miqdori ko’rsatgichlari o’rnida jami maxsulot yalpi milliy maxsulot, jami ichki maxsulot, sof maxsulot, qo’shimcha maxsulot, uning pul shakllaridan biri foyda milliy daromad kabi kategoriyalar qo’llaniladi. Bozor Iqtisodiyotiga o’tish davrida ayniqsa, respublikamizning xozirgi ssharoitida samaradorlikni oshirish juda jiddiy masaladir. Gap shundaki, xozirgi davrda ko’pgina resurslar chegaralangan ularning aksariyat qismi xorijdan keltiriladi, zamonaviy texnologiya yetishmaydi, kadrlar malakasi yuqori emas. shuning uchun resurslardan tejamli foydalanish, mexnat unumdorligini oshirish milliy va xorijiy sarmoyalarni eng zarur soxalarga joylashtirish yuqori malakali kadrlar tayyorlash kabi samaradorlikni oshirish vositalariga yetarlicha e’tibor berish talab qilinadi.


Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin