Ishlab chiqarishda boshqaruv” fakulteti «iqtisodiyot» kafedrasi


-rasm. Bank tizimiga kelib tushgan savdo tushumining chakana tovar aylanmasidagi ulushi11



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə12/14
tarix28.06.2022
ölçüsü0,52 Mb.
#62435
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Yusufjonov.M Kurs ishi

7-rasm. Bank tizimiga kelib tushgan savdo tushumining chakana tovar aylanmasidagi ulushi11

Xorijiy mamlakatlarning inflyatsion targetlashga o‘tish tajribasi ushbu rejimga o‘tishga tayyorgarlik ko‘rish bosqichining hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatmoqda.Inflyatsion targetlash rejimiga o‘tish tadbirlarini yakunlash uchun talab etiladigan uzoq muddatni inobatga olib oraliq davrda amalga oshiriladigan pul-kredit siyosati narxlar barqarorligini ta’minlash va zaruriy makroiqtisodiy sharoitlarni yaratish chora-tadbirlarini qamrab oladi.Inflyatsion targetlashga o‘tish davrida asosiy e’tibor 2017-2021 yillarda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish va inflyatsion targetlash tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha chora-tadbirlar Kompleksida ko‘zda tutilgan rejalarni to‘laqonli bajarilishini ta’minlashga, iqtisodiy islohotlar davrida inflyatsion bosim va risklarning oldini olishga hamda iqtisodiy-huquqiy bazani mustahkamlashga qaratiladi.Xususan, qonunchilik asoslarini mustahkamlash borasidagi tadbirlar “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi va “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlarga, shuningdek boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni o‘z ichiga oladi.
Normativ-huquqiy hujjatlarga kiritiladigan o‘zgartirishlar asosan quyidagilarni nazarda tutadi:
- Markaziy bank operatsion faoliyati mustaqilligini mustahkamlash va narxlar barqarorligini ta’minlash vazifasini Markaziy bankka yuklash;
- valyutani tartibga solishning ustuvor yo‘nalishlarini va aniq me’yorlarini o‘rnatish, shuningdek valyuta bozorini rivojlantirish hamda uning bir maromda faoliyat yuritishi uchun zaruriy sharoitlar yaratish;
- bank faoliyatini tartibga solishning bozor mexanizmlari va tamoyillarini qo‘llashni kengaytirish, shuningdek sohada raqobat muhitini kuchaytirishning kafolatlari hamda sharoitlarini ta’minlash va boshqalar.
Oraliq davrda amalga oshiriladigan asosiy vazifalardan biri Markaziy bankning valyuta bozorida market-meykerlik rolini pasaytirgan holda, valyuta bozorini rivojlantirish hamda almashuv kursi barqarorligini ta’minlashning bozor mexanizmlariga o‘tish hisoblanadi.Bozor mexanizmlari ta’sirida almashuv kursining moslashuvchanligini oshirish, o‘z navbatida, ichki valyuta bozorining kengayishi va rivojlanishiga xizmat qiladi. Ushbu maqsadlarda oltin-valyuta rezervlarini maqsadli darajada saqlash bilan bir qatorda valyuta bozorida qimmatbaho metallarni sotishdan tushgan xorijiy valyutadagi daromadlarni muntazam ravishda sotish dasturini ishlab chiqish va joriy etish ko‘zda tutilmoqda.Inflyatsion targetlash rejimiga o‘tish uchun tayyorgarlik davrida Markaziy bankning ustuvor vazifasi samarali antiinflyatsion siyosat olib borish hisoblanadi. Ushbu maqsadga Markaziy bank instrumentlaridan moslashuvchanlik bilan foydalanish orqali qat’iy pul-kredit sharoitlarini saqlab turish orqali erishiladi.Pul-kredit sharoitlari hamda inflyatsiya darajasini tahlil qilish, baholash va prognozlash ishlari ko‘rsatkichlarning keng to‘plamlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi. Bunda, narxlarni barqarorlashtirish siyosatini olib borishda asosiy ta’sir kanallarini aniqlash vazifasiga alohida e’tibor qaratiladi.Shu bilan birga, pul-kredit siyosatining bozor instrumentlari turlarining kengayib borishi bilan bir qatorda maqsadli parametrlarga erishishga yo‘naltirilgan monetar operatsiyalar faollashtirilib, hajmlari mutanosib ravishda oshirilib boriladi.2017-2021 yillarda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish hamda inflyatsion targetlash tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha chora-tadbirlar Kompleksida keltirilgan vazifalarning amalga oshirilishi, o‘z navbatida, moliya bozorlari rivojlanishiga xizmat qilib, pul-kredit siyosatining ta’sir kanallarini mustahkamlashga yordam beradi.Shuningdek, ushbu davrda inflyatsiyani modellashtirish va prognozlash ishlarini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratiladi hamda shu asnoda pul-kredit siyosati instrumentlarini takomillashtirish borasidagi qarorlar qabul qilish jarayonining sinovi amalga oshirib boriladi. Modellar takomillashtirilishi bilan inflyatsiyaning maqsadli miqdoriy ko‘rsatkichlari belgilanadi.
Xulosa
Milliy iqtisodiyot xususiyatlarini inobatga olgan holda, pul-kredit siyosati rejimlarining o‘ziga xos jihatlari va ta’sirchanligi tahlili o‘rta muddatli istiqbolda Markaziy bankning ustuvor maqsadi sifatida narxlar barqarorligiga erishish vazifasiga inflyatsion targetlash rejimi juda mos kelishini ko‘rsatmoqda. Shundan kelib chiqqan holda, pul-kredit siyosatini amalga oshirishning tamoyil va usullarining inflyatsion targetlashga bosqichma-bosqich yo‘naltirish uchun zaruriy huquqiy asoslar va tayanch iqtisodiy sharoitlar yaratildi.Xususan, valyuta siyosatining liberallashtirilishi va bozor sharoitlarida almashuv kursining shakllanishini ta’minlash bo‘yicha choralar, Markaziy bankning ustuvor maqsadlari va amaliy mustaqilligini aniq belgilanishi, pul-kredit siyosatini amalga oshirishning faol bosqichiga o‘tilishi, inflyatsiyani hisoblash va baholash usullarini takomillashtirilishi, shuningdek shaffoflikning oshirilishi va kommunikatsion siyosatning kuchaytirilishi kabi amaliy choralar inflyatsion targetlashga o‘tish uchun asosiy sharoitlarni yaratadi.Shu bilan birga, mavjud xatarlar va to‘siqlar inflyatsion targetlash rejimini joriy etish vazifasining bajarilishini qiyinlashtiradi.O‘z navbatida, Markaziy bank asosiy e’tiborni prognozlash va tahliliy bazani mustahkamlashga, pul-kredit siyosati instrumentlarini takomillashtirish va ularning ta’sir kanallarini kuchaytirishga, komunikatsion siyosatni rivojlantirish va aholining ishonchini oshirish kabi vazifalarga qaratadi.Markaziy bank ushbu rejimga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda tegishli vazirlik va idoralar bilan sa’y-harakatlarni birlashtiradi va hamkorlikda faoliyat yuritadi.Umuman olganda, inflyatsion targetlashga o‘tish pul-kredit siyosati sohasining barcha jihatlarini tubdan qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirishni talab etadi. Bu esa, o‘z navbatida, uzoq muddatli istiqbolda barqaror iqtisodiy o‘sishning asosi bo‘lgan makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda sifat jihatdan yangi bosqichga o‘tilishini anglatadi.Ushbu Konsepsiya O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
O'zbekiston Respublikasida pul-kredit siyosatining moliya bozoriga ta'sirini
taxlil etish jarayonida quyidagi ilmiy xulosalar olindi:
1. Monetar siyosatning quyidagi vositalari orqali naqd pul emissiya qilish;
tijorat banklarining markaziy bankda saqlanadigan majburiy zaxiralari miqdorini
kamaytirish; markaziy bank tomonidan qayta moliyalashtirish stavkasini tushirish;
ochiq bozorda davlat g'azna majburiyatlari miqdorini o'zgartirish orqali pul
massasi oshirilib boriladi;
2. Investitsiya siyosati orqali milliy va xorijiy investorlarga qulay shart
sharoitlar yaratish hisobiga iqtisodiyotga ko'shimcha mablag'lar jalb etilib pul
massasi miqdori oshiriladi, moliya bozoridagi operatsiyalar hajmi ortadi;
3. Faol tashqi iqtisodiy siyosat orqali eksportning importdan ortiq bo'lishi
ta'minlangan holda, oltin-valyuta zaxiralari ortishi asosida Markaziy bankning
valyuta bozoriga ta'sir etish qobiliyati kuchayib boradi.
4. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida markaziy banklarning pul
kredit siyosatida yuz bergan quyidagi muhim o'zgarishlar aniqlandi:
– markaziy banklar tomonidan tijorat banklariga beriladigan markazlashgan
kreditlarning muddati uzaytirildi va hajmi oshirildi;
– markaziy banklarning qayta moliyalash stavkasi pasaytirib borildi;
– markaziy banklar ochiq bozor operatsiyalarining ob'ektlari va lombard
kreditlari garov ta'minotining soni oshirildi;
– qator o'tish iqtisodiyoti mamlakatlarida markaziy banklar tomonidan bank
tizimini shakllantiruvchi etakchi tijorat banklariga subordinar kreditlar berish
amaliyoti joriy qilindi.
5. Milliy valyuta devalvatsiya jarayonining davom etishi milliy valyutada
emissiya qilingan qimmatli qog'ozlarga jalb etilgan xorijiy invsstitsiyalar real
qiymatining pasayishiga olib keladi va qimmatli qog'ozlar bozori rivojlanishiga
salbiy ta'sir ko'rsatadi.
6. Qimmatli qogozlar bozorining rivojlanishi mamlakatdagi pul massasining
ortib borishi bilan to'g'ri mutanosiblikda bo'ladi.



Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin