2023 YIL. FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI ISHLAB CHIQARISHDA BOSHQARUV FAKULTETI 76-20 GURUH TALABASI Meliqo’ziyev Zafarbekning Byudjet Hisobi fanidan T A Q D I M O T I Qabul qildi: Qunduzova Q Davlat byudjeti va davlat maqsqdli jamgarmalari byudjet daromadlarini analitik va sintetik hisobi O’zbekiston Respublikasining respublika budjeti daromadlari:
1) umumdavlat soliqlari, shu jumladan:
- yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i;
- yagona soliq to’lovi;
- jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i;
- qo’shilgan qiymat solig’i;
- aktsiz solig’i;
- yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;
2) bojxona bojlari;
3) qo’shimcha foyda solig’i;
4) mahsulot taqsimotiga oid bitimlar bo’yicha foyda keltiradigan mahsulotdagi davlat ulushi;
5) boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Boshqa daromadlarga imzoli bonus va tijoratbop topilma bonusi to’lanishidan tushgan tushumlar, qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasining respublika budjetiga yo’naltiriladigan davlat bojlari, yig’imlar, tovon pullari, kompensatsiya to’lovlari va jarima sanktsiyalari, davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan belgilangan normativlar bo’yicha olingan daromadlar, meros, hadya huquqi bo’yicha davlat mulkiga o’tkazilgan pul mablag’lari, yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushgan qaytarilmaydigan pul tushumlari, rezident-yuridik shaxslarga berilgan budjet ssudalarini, chet davlatlarga berilgan kreditlarni to’lash hisobidan to’lovlar, aktsiyalarning davlat ulushi (payi) bo’yicha dividendlar (daromadlar), mobil aloqa xizmatlari ko’rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to’lov, O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining foydasi va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar kiradi.
Respublika budjetining loyihasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari va moliya yili uchun mo’ljallangan makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozi asosida tuziladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga bir moliya yilidan ortiq muddatga tuzilgan respublika budjetini qabul qilish to’g’risida taklif kiritishga haqli.
Respublika budjetining loyihasini tuzish:
- budjet so’rovini tuzish tartibini yuborishni;
- budjet so’rovlarini hamda asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozlarini tayyorlash va taqdim etishni;
- budjet so’rovlarini ko’rib chiqish va jamlashni;
- budjetnomani ishlab chiqishni nazarda tutadi.
Davlat budjetining loyihasi: - Budjet kodeksining 50 va 69-moddalariga muvofiq Davlat budjetining daromadlar manbalari bo’yicha daromadlari va yo’nalishlar bo’yicha xarajatlari prognozidan;
- Davlat budjeti taqchilligining eng yuqori miqdori va uni qoplash manbalaridan tarkib topadi.
- Davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan ishlab chiqilgan davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining loyihalari tushumlar manbalari bo’yicha daromadlar va yo’nalishlar bo’yicha xarajatlar prognozidan tarkib topadi.
Respublika budjetining ijrosi budjet to’g’risidagi qonun hujjatlarida belgilangan daromadlarining tushishini ta’minlash va xarajatlarini amalga oshirishni, shuningdek ularning ijrosi bilan bog’liq operatsiyalarni hisobga olishni nazarda tutadi.
O’zbekiston Respublikasi respublika budjetining ijrosi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ta’minlanadi.
Respublika budjetining ijrosi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan g’azna ijrosi yo’li bilan amalga oshiriladi. G’azna ijrosi faoliyatni chet elda amalga oshirayotgan budjet tashkilotlariga va budjet mablag’lari oluvchilarga tatbiq etilmaydi.
Respublika budjetining ijrosi moliya yili mobaynida va qo’shimcha vaqt davrida amalga oshiriladi.
Keyingi yilning yanvar oyi moliya yiliga qo’shimcha vaqt davri bo’lib, bu davr mobaynida o’tgan yil uchun respublika budjetining ijrosi amalga oshiriladi. Moliya vazirligi Respublika budjetining qo’shimcha vaqt davridagi ijrosi bo’yicha operatsiyalarni o’tkazish tartibini va oxirgi muddatlarini belgilaydi.
Respublika budjeti daromadlarining yoyilmasi:
budjet tasnifiga muvofiq tuzilgan daromadlar prognozi ularning tasdiqlangan parametrlariga muvofiqligini;
daromadlar ijrosining monitoringini ta’minlash maqsadida tuziladi.
Daromadlar yoyilmasining tegishli budjet daromadlarining budjet tasnifiga muvofiq oyma-oy bo’lingan yillik hajmlaridan tashkil topadi.
Daromadlar yoyilmasi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tuziladi.