Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti


-jadval O’zbekistonda makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning 2015-2020 yy.da dinamikasi



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə12/65
tarix04.10.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#152139
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   65
Statistika ma\'ruza kursi 2023

3-jadval
O’zbekistonda makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning 2015-2020 yy.da dinamikasi



Ko’rsatkichlar 

O’lchov
birligi

Yillar

2020 y. 2017 y.ga nisb.o’zg., marta

2015

2016

2017

2018

2019

2020


Yalpi ichki mahsulot

trln.
so’m

221,4

255,4

302,5

406,6

511,8

602,6

2,72


YaIM deflyatori indeksi

foiz

198,0

215,7

119,4

127,5

119,2

111,9

0,57


Inflyatsiya darajasi

foiz

5,6

5,7

14,4

14,3

15,2

11,1

1,98


Ishsizlik darajasi

foiz

5,2

5,2

5,8

9,3

9,0

10,5

2,02


Ish bilan bandlik

mln. kishi

13,1

13,3

13,5

13,3

13,71

13,2

1,01


Mehnat unumdorligi

mln.so’m

16,9

19,2

22,4

30,6

37,3

45,2

2,67


Sanoat mahsuloti

trln.so’m

97,6

111,9

148,8

235,3

331,0

368,7

3,78


Iste’mol tovarlari

trln.so’m

42,1

48,3

59,7

83,5

111,5

129,3

3,07


Qishloq xo’jaligi

trln.so’m

64,7

74,8

154,4

195,1

224,3

250,3

3,87


Asosiy kapitalga investitsiya

trln.so’m

44,8

51,2

72,2

124,2

189,9

210,2

4,69

Jadvallarda keltirilgan ma’lumotlar manbai ko’rsatilishi kerak. Agar tekshiruvchining o’zi hisoblagan bo’lsa, qaysi ma’lumotlar asosida hisoblanganligi ko’rsatiladi. Jadval har tomonlama yakunlangan, ya’ni barcha guruh, guruhchalar va umumiy to’plam bo’yicha yakunlar chiqarilgan, o’rtachalar hisoblangan bo’lishi kerak.
Bu qoidalarga rioya qilib tuzilgan jadvalni tahlil qilish va uning ma’lumotlari asosida kerakli xulosalar chiqarish mumkin. Jadval ma’lumotlarini tahlil qilishni umumiy jamlar yoki o’rtachalardan boshlash yaxshi, chunki oldin to’plam bo’yicha umumiy ifodani olib, keyin, uning bo’laklari, ya’ni qator va ustunlarini o’rganishga o’tiladi. Bu bilan, birinchi navbatda, jadvalning eng muhim elementlari tahlil qilinadi, keyin esa qolganlari.
2. Statistik grafiklar
Grafiklar zamonaviy statistikaning ilmiy o’rganish qurollaridan biri hisoblanadi va hozirgi kunda birorta ma’ruzani yoki ommaviy chiqishlarni, taqdimotlarni, gazeta , jurnallarda chop etiladigan maqolalarni, televizordagi maxsus eshittirishlarni va xatto reklama industriyasini statistik grafiklarsiz tassavur ham qilib bo’lmaydi.

Ingliz iqtisodchisi U.Pleyf 1786 yilda chop qilgan «Tijorat va siyosiy atlas (Kommercheskiy i politicheskiy atlas)» asarida birinchi bo’lib statistik ma’lumotlarni grafiklarda tasvirlanishiga asos solgan olimlardandir.


Grafiklar o’quvchining diqqatini o’ziga tez jalb etish bilan birga ma’lumotlarni esda saqlash va tasavvur qilishga zamin yaratadi. Ular ko’rish va tushunish qiyin bo’lgan ayrim qonuniyatlarni aniqlashda va tasvirlashda muhim o’rin egallaydi. Ommaviy o’quvchi uchun grafik tasvir orqali statistik ko’rsatkichlarni tushunish va o’rganish statistik jadvallardan ko’ra ancha qulaydir: miqdoriy ko’rinishga nisbatan grafikda tasvir taassuroti yuqori bo’ladi; statistik kuzatuv natijalari tezroq va osonroq tushuniladi hamda umumlashtiriladi; hodisa va jaryonlarning o’zaro bog’liqligi va ularni vaqt bo’yicha o’zgarishi yaqqol ko’rinib turadi; statistik-iqtisodiy qonuniyatlarni aniqlash va aniqlangan qonuniyatlarni ko’rish va tekshirish imkoniyati tug’iladi.


Statistik grafiklar – bu raqamli miqdorlar va ularning nisbatini nuqta, chiziq, figura va boshqa geometrik shaklda shartli tasvirlanishidir.

Statistik grafiklarni tuzishda va ifodalashda quyidagi talablarga rioya qilish lozim. Statistik ko’rsatkichlarning mohiyatini, makon va zamonda o’zgarishini, shuningdek boshqa belgilarini e’tiborga olgan holda ko’ra bilish, tasavvur qilish, tushunish, mavjud qonuniyatlarni aniqlash qulay bo’lgan grafiklar yasalishi lozim. Yuqoridagi talablarni bajarish uchun grafik tasvirda quyidagi asosiy elementlar qatnashadi: grafik obraz; grafik maydon; grafik maydon o’lchov birliklari; masshtab; shkala; grafik talqin.




Grafik tasvir - bu statistik ma’lumotlar ifodalanadigan nuqta, chizik va figuralar to’plamidan iborat geometrik belgilardir.


Grafik maydon – grafikni hosil qiluvchi geometrik belgilar joylashtiriladigan maydondir. Grafik maydon o’z vazifasiga qarab aniq o’lchamlarga (formatga), ya’ni kattalik va tomonlar nisbatiga ega bo’ladi.
Maydon o’lchovlari – grafik tasvir joylashtiriladigan maydonning koordinatalar tizimi, ya’ni grafik maydonning o’lchovini ifodalovchi to’r. Amaliyotda keng qo’llaniladigan koordinatalar tizimi bu to’g’ri chiziqli koordinata tizimidir (1-rasm). Uning asosan birinchi choragidan, ba’zan barcha choraklaridan statistika grafiklarini tasvirlashda foydalaniladi. Grafiklarni tasvirlashda qutbli koordinata tizimidan ham foydalaniladi (2-rasm).


1-rasm. To’ri chiziqli koordinata tizimi 2-rasm. Qutbli koordinata tizimi

Ular vaqt bo’yicha tsiklik (davriy) o’zgarishlarni tasvirlashda muhimdir. To’g’ri chiziqli koordinata tizimida maydon o’lchovlari vertikal va gorizontal o’qlarda (ordinata va abtsissa o’qlari) ifodalansa, qutbli koordinata tizimida esa markazdan chiqqan nur (asosan o’ng tomondagi gorizontal nur), ya’ni koordinata o’qi va unga nisbatan nur burchagi o’lchovlarida ifodalanadi. Statistika xaritasini tasvirlashda esa o’lchovlar kontur to’r (daryo, dengiz, okean va mamlakat chegaralari konturi) shaklidagi chegaralarda turli xil rang yoki gemetrik belgilar orqali ifodalanadi.



Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin