SHartli natura-o’lchov birligi deyilganda bir xil turdagi iste’mol qiymatga ega bo’lgan xodisalarni bir xil birlikka keltiruvchi o’lchov birliklari tushuniladi. Bu birlik (koeffitsientlar) negizida o’rganilayotgan xodisalarning muhim iste’mol qiymatiga asoslagan nisbatlar yotadi.
Qiymat o’lchov birligi deyilganda har xil turdagi va turlicha iste’mol xususiyatiga ega bo’lgan xodisalarni bir xil birlikka keltiruvchi o’lchov birliklari tushuniladi.
Ikkita taqqoslama statistik miqdorni bo’lish natijasida olingan umumlashtiruvchi miqdor statistikada nisbiy miqdorlar deb ataladi.
Nisbiy miqdorlar har xil shakllarda ifodalanishi mumkin. Ularning ifodalinish shakli bazis miqdorning (nisbat maxrajini) qanday birlikka tenglashtirib olinishiga bog’likdir. SHunga qarab nisbiy miqdorlar koeffitsientlarda, foizda, promellada, ditsimellada ifodalanadi.
Agar bazis miqdor 1 ga tenglashtirib olinsa, u holda nisbiy miqdorlar koeffitsientda ifodalangan bo’ladi.
Agar bazis miqdor 100 ga tenglashtirilsa, u holda nisbiy miqdorlar foizda ifodalangan bo’ladi.
Agar bazis miqdor 1000 ga tenglashtirilsa, u holda nisbiy miqdorlar promellada (‰)1 ifodalangan bo’ladi.
Reja topshirig’i nisbiy miqdori rejalashtirilayotgan davr ko’rsatkichi oldingi yilning haqiqiy ko’rsatkichiga nisbatan qanday o’zgarishi lozimligini ko’rsatadi va quyidagicha hisoblanadi:
bu yerda: RTnm – reja topshirigi nisbiy miqdori;
Drt – joriy davr uchun reja topshirig’i;
Do – bazis davrda haqiqiy bajarilgan ko’rsatkich.
Buyurtma (shartnoma) bajarilishi nisbiy miqdorimuayyan davr ichida shartnomadagi topshiriqlarning qay darajada bajarilganligini tavsiflaydi. Buning uchun haqiqiy bajarilgan ko’rsatkich buyurtmadagi ko’rsatkich bilan taqqoslanadi:
bu yerda: RBnm – buyurtma (shartnoma) bajarilishi nisbiy miqdori;
D1 – joriy davrda haqiqiy bajarilgan daraja;
Dbt –buyurtmadagi topshiriq darajasi.