Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti



Yüklə 187 Kb.
səhifə2/3
tarix11.09.2022
ölçüsü187 Kb.
#63563
1   2   3
Рақамли маркетинг сиртқи

Fanni o`qitishdan maqsad – bozor isloxatlari chuqurlashib borayotgan sharoitlarda sanoat va xizmat ko’rsatish korxonalarida marketing faoliyatini to’g’ri tashkil etish va uni boshqarish, marketing faoliyatini takomillashtirish bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarni o’zlashtirishdan iborat.
Fanning vazifasi – talabalarda marketing mohiyatini va mazmunini chuqur tushunish, marketingning asosiy tamoyillari, vazifalari va turlarini farqlash, marketing faoliyatini axborot bilan ta’minlash, bozor kon’yukturasini o’rganish va bashorat qilish bo’yicha ko’nikmalarini egallash, tovar, narx, sotish, iste’molchilar bilan samarali kommunikatsiya o’rnatishda marketing interaktiv kommunikatsiya vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini yaratish fanning asosiy vazifalari bo’lib hisoblanadi.
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko`nikmalalar, iqtisodiy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi
Ta’lim natijalari va talablar
“Raqamli marketing ” fanini o‘zlashtirish jarayonida talaba:

  • marketing tushunchalarni va mazmunini;marketingning asosiy tamoyillari

  • vaziflari va turlarini o’rganish;

  • talab,taklif va narx omillarini;

  • marketing elementlarini;

  • tovar siyosati, narx siyosati;

  • sotish va kommunikatsiya siyosatini, elektron tijorat tizimini ishlab chiqish usullarini, ularni asoslash va bayon etishni bilishi va ulardan foydalana olishi;

  • iqtisodiy va marketing tadqiqotlarni o’tkazish, marketing soxasiga oid masalalar holatini tadqiq etish, axborot to’plash va tahlil o’tkazish ular bo’yicha xulosa va takliflarni shakllantirish, adabiyotlarni o’qish, o’rganish, konspekt qilish va iqtisodiy-statistik materiallarni tanlash, qayta ishlash ko’nikmalariga ega bo’lish;

  • marketing tadqiqotlarini tashkil etish va olib borish; marketing bilan bog’liq masalalarnii tahlil qilish; marketing natijalari bo’yicha xulosa qilish va ulardan foydalanish malakasiga ega bo’lishi zarur.

Shuningdek talaba jamoada ishlash, kasbga oid mustaqil va tanqidiy fikrlash, muloqot madaniyati va xulosa chiqarish, fan topshiriqlarini vaqtida bajarish, jamlash va taqdim etish, berilgan mavzu bo‘yicha ma’lumotlarni izlab topish, taqdimot tayyorlash va uni o‘tkazish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.
Talaba dars mashg‘ulotlarida qatnashish davomida institut ichki tartib-qoidalarida keltirilgan talablarga rioya etishi, kiyinish madaniyati (dress code)ga e’tibor berishi, ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarga o‘quv qurollari – daftar, ruchka, chizg‘ich, qalam, kalkulyator bilan kelishi lozim.

Raqamli marketing ” fanidan o’tiladigan ma’ruza mashg’ulotlari mavzular taqsimoti




Yüklə 187 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin