P = M V / Y va Y= M V / P
tenglamalarni keltirib chiqaramiz. Bu tenglamalardan ko‘rinadiki, baholar darajasi qancha oshsa, real YaIM hajmiga talab shuncha past bo‘ladi, ya’ni pul massasi (M) va uning aylanish tezligi (V) o‘zgarmas bo‘lsa baholar darajasi va yalpi talab o‘rtasida teskari bog‘liqlik mavjud bo‘ladi.
Narxlarning yuqori darajasi ishlab chiqaruvchilarga qo’shimcha mahsulot ishlab chiqarishga rag’bat yaratadi va aksincha past narxlar mahsulot ishlab chiqarish hajmini qisqarishga olib keladi. Shuning uchun ham milliy ishlab chiqarish hajmi bilan narxlar darajasi o’rtasida to’g’ri aloqa mavjud. Demak, mahsulot ishlab chiqarish hajmi narxlar o’sib borishi bilan o’sib, pasayishi bilan tushib boradi. Yalpi taklif (AS) egri chizig’i alohida tovar taklifi egri chizig’idan farq qilib uch qismdan, gorizontal yoki keyns kesmasi, ko’tarilib boruvchi yoki oraliq kesma hamda vertikal yoki klassik kesmadan iborat. Bu umumiy taklifni tahlil qilishga klassik va keynschilarga xos yondashuv bilan izohlanadi. Iqtisodiy adabiyotlarda ko’pincha oraliq kesma ham keyns kesmasiga kiritib yuboriladi. Yalpi talabning Keyns kesmasida iqtisodiyotni nisbatan qisqa muddatda amal qilishini xarakterlaydi. Umumiy talabni tahlil qilish quyidagi shartlarga tayanadi: - iqtisodiyot ishlab chiqarish omillari to’liq band bo’lmagan sharoitda amal qiladi.
Dostları ilə paylaş: |