Iste’molchining farovonligi iste’molchi ega bo’lgan barcha moliyaviy aktivlarga (aksiya va obligatsiya) hamda uy va yer kabi ko’chmas mulklarge egaligiga bog’liq bo’ladi. Ularning real qiymatining keskin kamayishi Tovar xarid qilishining kamayishiga olib keladi.Iste’molchilik sarlarining qisqarishi natijasida yalpi talab kamayadi. Aksincha moddiy va moliyaviy qimmmatlikar real qiymatining oshishi natijasida, narxlarning mavjud darajasida iste’molchilik sarflari o’sadi. Bunga, aksiya kursining keskin oshishi, xatto narxlar darajasi o’zgarmay qolganda iste’molchi farovonligining o’sishiga olib kelishi misol qilib keltirish mumkin. Uy va yer real qiymatining keskin kamayishi, narx umumiy darajasining o’zgarishiga bog’liq bo’lmagan holda iste’molchi farovonligining pasayishiga olib keladi.