1. Resurslar bahosining o'zgarishi. Ma'lumki, ishlab chiqarish jarayonlari resurslar bahosi bilan uzviy bog’liqdir.Shuning uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdori bevosita resurslar bahosiga bog'liq.
2. Texnologiyaning o'zgarishi.
Texnologiyalarni takomillashtiruvchi mahsulot birligini ancha samarali ishlab chiqarishga imkon beradi.Yangi texnologiyaning joriy etilishi resurslardan samarali foydalanishga, bu esa o'z navbatida ko'proq mahsulot ishlab chiqarishga olib keladi.
3. Soliq va dotatsiya miqdori. Ko'pchilik soliqlar ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiradi. Shu sababli soliqlarning oshishi ishlab chiqarish xarajatlarini oshiradi va taklifni qisqartiradi. Masalan, import tovarlarga boj to'lovlarining oshishi uning taklifini qisqartiradi.
4. Boshqa tovar narxi. Boshqa tovarlar narxining o'zgarishi ham mazkur tovar taklifini o'zgartiradi. Masalan, qo'y go'shti narxining pasayishi mol go'shti taklifini oshiradi va aksincha holat ham bo'lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |