Boylik samarasi. U ba’zida rеal kassa qoldiqlari samarasi dеb ham atalib, narx darajasining oshishi bilan moliyaviy aktivlar (bank omonatlari, aktsiya va obligatsiyalar) rеal qiymatining pasayishini anglatadi. Buning natijasida aholi daromadlari ham pasayib, ular tomonidan sotib olinuvchi tovar va xizmatlar miqdori kamayadi.
Import tovarlar xaridi samarasi. Bu samara narx darajasi o’zgarishining u
yoki bu mamlakatdagi ichki va jahon narxlari nisbatiga ta’siri orqali namoyon bo’ladi. Mamlakatdagi narxlar umumiy darajasining oshishi, chеt el tovarlari narxi Istе’molchilar pulga talabining oshishi Tadbirkorlar pulga talabining oshishi Narx darajasining oshishi Istе’mol buюmlariga talabning pasayishi Ishlab chiqarish omillariga talabning pasayishi Yalpi talabning kamayishi Foiz stavkasining o’sishi o’zgarmagan yoki sеkinroq o’sgan holatda, milliy istе’molchi uchun chеtdan xorijiy tovarlarni olib kеlishni foydali qilib qo’yadi. O’z navbatida, mazkur mamlakat tovar va xizmatlarini xorijiy istе’molchilar tomonidan xarid qilish hajmi ham qisqaradi. Natijada bu mamlakatning eksport hajmi kamayadi.
Eksport hajmining kamayishi va import hajmining oshishi sof eksportning va, pirovardida, yalpi talab umumiy hajmining qisqarishiga olib kеladi. Tashqi va ichki talabning ortishi va xo’jalik yuritish sharoitlarining yaxshilanishi sanoatning barqaror rivojlanishga ijobiy ta’sir ko’rsatib kеlmoqda. Jumladan, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 2007 yilda oldingi yilga nisbatan 12,1%ga ortdi va 18314,7 mlrd. so’mni tashkil etdi. 2008 yilda esa bu ko’rsatkich 12,7%ga oshdi.
Sanoatning yuqori sur’atlar bilan rivojlanishida korxonalarni modеrnizatsiyalash va tarkibiy o’zgartirish, tarmoqlar boshqaruv tizimini isloh qilish, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlarining amalga oshirilishi sabab bo’ldi. Sanoatning YAIM tarkibidagi ulushi 2000 yildagi 14,2% dan 2008 yilda 22,3% ga oshdi. Qo’shilgan qiymat o’sishining yarmidan ko’prog’i tayanch tarmoqlarda ishlab chiqarishning kеngayishi hisobiga yuz bеrdi.
Makroko’lamda milliy ishlab chiqarish hajmining o’zgarishi bilan birga narxlar umumiy darajasining o’zgarishi o’rtasida bog’liqlikni tadqiq qilish, nima uchun milliy ishlab chiqarish hajmi ayrim davrlarda barqaror o’sishi, ba’zi davrlarda esa pasayib ketishni izoxlab berish uchun yalpi talab - yalpi taklif (ADAS aggregate demand – aggregate supply) modelidan foydalanamiz.
Bu modelda yalpi talab va taklif, narxlarning umumiy darajasi kabi agregat ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Makroiqtisodiyotda AD-AS modeli ishlab chiqarish hajmlari va narxlar darajalarining tebranishlarini hamda ular o’zgarishining oqibatlarini o’rganish uchun asosiy model bo’lib hisoblanadi va boshqa bir qancha modellar AD-AS modelining xususiy holi hisoblanadi. AD-AS modeli yordamida davlat iqtisodiy siyosatining turli variantlari tasvirlab berilishi mumkin. Yalpi talab — uy xo’jaliklari, korxonalar, xukumat va chet ellik xaridorlarning narxlarning ma’lum darajasida iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlarning umumiy hajmiga bo’lgan talabidir. Yoki boshqacha qilib aytganda umumiy talab iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlarni sotib olishga qilingan umumiy harajatlar yig’indisidir. Formula ko’rinishida umumiy talabni quyidagicha tasvirlash mumkin:
AD =S+I+G+Xn
Narxlar darajasi va talab qilingan milliy mahsulot hajmi o’rtasidagi bog’liqlikni ifoda etuvchi chiziq jami talab egri chizig’i deb ataladi. Buni chizma ko’rinishida tasvirlash mumkin. Bunday surilishning sababi har xil. Ya’ni, alohida olingan tovarlarda talab egri chizig’ining surilishiga asosan daromad samarasi va o’rinbosar tovarlar sabab bo’lar edi. Ayrim tovarlarning narxi pasayganda, iste’molchilarning pul daromadlari ko’proq mahsulot sotib olish imkonini beradi (daromad samarasi). Shuningdek, narx pasayganda iste’molchi ushbu tovarni ko’proq boshqa sotib oladi, chunki u boshqa tovarlarga nisbatan arzonroq bo’ladi (o’rnini bosadigan tovarlar). Milliy bozorda AD-egri chizig’ining traektoriyasini avvalo pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi yordamida izohlash mumkin.
M*V=Y*R
Bu erda: M — muomaladagi pul miqdori;
V — pulning aylanish tezligi;
R — iqtisodiyotdagi narxlar darajasi (narx indeksi);
Y — talab qilinayotgan real ishlab chiqarish xajmi.
Bu tenglamadan P = M *V / Y ; Y= M *V/ P tenglamalarni keltirib chiqaramiz. Bu tenglamalardan ko’rinadiki, narxlar darajasi qancha oshsa, real milliy mahsulot xajmiga talab hajmi shuncha past bo’ladi, ya’ni pul massasi (M) va uning aylanish tezligi(V) o’zgarmas bo’lsa, narxlar darajasi va umumiy talab o’rtasida teskari bog’liqlik mavjud bo’ladi. Buiday bogliqlik, shuningdek quyidagi narx omillari bilan izohlanadi:
1. Foiz stavkasi samarasi;
2. Boylik samarasi yoki real kassa qoldiqlari samarasi;
3. Import xaridlar samarasi.
Foiz stavkasi samarasi yoki Keyns samarasi shuni bildiradiki, jami talabning egri chiziq bo’yicha surilishi narxlar darajasi o’zgarishining foiz stavkasiga bo’lgan ta’siriga bog’liq. Demak, tovarlarning narx darajalari oshsa, iste’molchilarga xarid qilish uchun katta miqdorda naqd pul kerak bo’ladi. Ish-bilarmonlar uchun ham ish haqi va boshqa xarajatlarni to’lashga katta miqdorda pul zarur bo’ladi. Qisqacha aytganda, tovarlar narxsi darajalarining yuqoriligi pulga bo’lgan talabni oshiradi.
Pul taklifi hajmi o’zgarmagan holatda talabning oshishi foiz stavkasini ko’tarilishiga olib keladi. Foiz stavkalari yuqori bo’lgan sharoitda ishbilarmonlarning investitsiya tovarlariga bo’lgan talabi pasayadi. Investitsiya harajatlari umumiy talabning bir qismi bo’lganligi tufayli bu umumiy talab hajmining pasayishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: |