13
- statistik hisobotni — hisobot turlariga qarab har chorakda yoki har yili taqdim etadilar.
(Uzbekiston Respublikasi Prezidentining 15.06.2008 yildagi "Tadbirkorlik sub’ektlari tomondan
taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun
javobgarlikni kuchaytirish to’g’risida "gi PK,-100-son Qarori).
Tugatilayotgan shirkatlar negizida tashkil etilayotgan bog’dorchilik va uzumchilik fermer
xo’jaliklari davlat ro’yxatidan o’tgan vaqtdan boshlab yagona yer solig’ini to’lashdan - 5 yil
muddatga ozod etiladi.
(O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 9 yanvardagi PF-3709-
sonli Farmoni).
O’zbekiston fermer xo’jaliklari uyushmasi a’zolariga mustaqil ravishda yoki ular tomonidan
tashkil etiladigan tayyorlov kooperativlari orqali meva-sabzavot mahsulotlarini hamda ularni qayta
ishlab olingan mahsulotlarni, valyuta tushumining bir qismini O’zbekiston Respublikasi
Markaziy bankiga sotmasdan, barter asosida eksport qilishga ruxsat berilgan.
(O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 22 apreldagi 168-sonli Qarori).
- Moddiy
ishlab
chiqarish
va
xizmatlar
ko’rsatish
sohasining
mikrofirmalari va kichik korxonalari, fermer xo’jaliklari, shuningdek yuridik shaxs maqomiga
ega bo’lgan dehqon xo’jaliklarining o’z ehtiyojlari uchun asbob-uskunalar, xom ashyo va
moddiy resurslar importiga bojxona to’lovlarini to’lashi foiz undirilmagan holda 90 kun muddatga
kechiktiriladi (bojxonada rasmiylashtirish uchun undiriladigan yig’imlar bundan mustasno);
- fermer xo’jalik dari uchun markaziy bank qayta moliyalash stavkasining oltidan bir qismi
miqdorida imtiyozli foiz stavkasi bo’yicha 3 yilgacha bo’lgan muddatga uzaytirish huquqisiz —
eng kam oylik ish haqining 300 baravari miqdorigacha dastlabki (boshlang’ich) sarmoyani
shakllantirish uchun kreditlar beriladi,
(O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2001 yil
10 sentyabrdagi 366-sonli Qarori).
- Shartnoma majburiyatlari tayyorlov va xizmat ko’rsatish tashkilotlari tomonidan
bajarilmaganligi bilan bog’lik da’volar bo’yicha qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari davlat
boji to’lashdan ozod qilinadi.
(O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2003 yil 4-
sentyabrdagi 383-sonli qarori).
-
byudjetdan tashqari jamgarmalarning kredit liniyalari hisobidan dehkon va fermer
xo’jaliklarini rivojlantirish va kengaytirish, shu jumladan, qishloq xo’jaligi texnikasini sotib
olish, fermerlik inshootlarini qurish, chorvachilik, parrandachilikni rivojlantirish uchun
mikrokreditlar Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 1/3 qismi miqdorida
imtiyozli kreditlar beriladi.
(Uzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009 yil 21 fevralda
ro’yxatga olingan 1548-sonli Nizom).
Shuningdek, ishlab chiqarishga joriy etilgan yangi texnologik jihozlar besh yil muddatga
mulk solig’idan ozod etiladi.
Dostları ilə paylaş: