2
Kirish
Mavzuning dolzarbligi.
O’zbekiston jahon xo’jaligi tizimining to’laqonli faol
a’zosiga aylanib borgani sayin, xalqaro hisob tizimi mamlakatdagi buxgalteriya
hisobining rivojlanishiga o’z ta’siri ko’rsatmoqda. O’z navbatida mamlakatimiz
amaliyotidagi buxgalteriya hisobi ham milliy iqtisodiyotimizning o’ziga xos
xususiyatlari va xalqaro standartlar asosida takomillashib bormoqda.
Boshqa sohalar
qatorida hisobi tizimidagi turlicha yangi-yangi g’oyalar, atamalar va qarashlarning,
xususan ishlab chiqarish hisobi to’g’risidagi turlicha qarashlar yuzaga kelishi
buxgalteriya hisobi tizimidagi islohotlarni yanada kengroq doirada davom ettirishni
talab etadi.
Tobora
shakllanib, takomillashib borayotgan raqobat sharoitiga mos ravishda ishlab
chiqarish faoliyati to’g’risida sifat va aniqlik jihatdan barcha talablarga javob bera oladigan
hisob tizimini ishlab chiqish bugungi kunning dolzarb masalasidir Qishloq xo’jaligini
rivojlantirish va mustahkamlash masalasi doimo mamlakatimiz Prezidenti va hukumatimiz
e’tibori markazida bo’lib kelmoqda. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek “Qishloq xo’jaligidagi
islohotlardan maqsad – iqtisodiy foyda ko’rish
bilan birga, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash,
xalq farovonligini oshirishdan iboratdir. Buni hech qachon esimizdan chiqarmasligimiz zarur”.
1
Makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiyotning mutanosibligi ta’minlandi.
Albatta, 2018-yilda ham, so’nggi yillardagi kabi, yangi mavsumga tayyorgarlik ko’rish
davrida yog’ingarchilik ko’p bo’lgani, bahorning kech kelgani va namgarchilikning yuqori
bo’lgani, yoz faslida havo haroratining haddan ziyod oshib ketgani qishloq xo’jalik ishlarini
amalga oshirishda jiddiy muammo va qiyinchiliklarni yuzaga keltirdi.
Shunga qaramasdan, 2018-yilda O’zbekistonda deyarli barcha qishloq xo’jalik ekinlari – g’alla,
paxta,
sabzavot, poliz ekinlari va uzumdan yuqori hosil olindi. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek,
“Qishloq xo’jaligi ekinlari va chorvachilik bo’yicha yangi tarmoqlarni rivojlantirishimiz zarur.
Bugungi kunda fermer xo’jaliklarining yillik chorva ozuqasiga bo’lgan ehtiyojining faqat 35
foizi mahalliy imkoniyatlar hisobidan qoplanmoqda.
Shu sababli yangi yerlarni o’zlashtirish orqali ekin maydonlarini kengaytirish evaziga
chorvaning ozuqa bazasini mustahkamlash, shuningdek,
baliqchilik, parrandachilikni
rivojlantirish hisobidan oziq-ovqat mahsulotlari hajmini keskin ko’paytirishimiz kerak.
Yana bir muhim vazifa – suvni tejaydigan sug’orish texnologiyalarini keng qo’llashdan iborat.”
2
Bularning barchasi, avvalambor, dehqonlarimiz,
fermer va mexanizatorlarimiz, qishloq
xo’jaligi mutaxassislarining o’zini ayamasdan qilgan fidokorona mehnati, boy tajribasi va o’z
ishiga bo’lgan sadoqatining amaliy natijasidir. Bir so’z bilan aytadigan bo’lsak, bu yutuqlar
barcha resurs va imkoniyatlarimizni to’la safarbar eta olganimizning natijasidir.
Mamlakatimizda qishloq xo’jaligida tayyor
mahsulot ishlab chiqarish, sotish, moliyaviy
natijalarni aniqlashni hisobga olish hamda uni tahlil qilish jarayonida asosiy omil buxgalteriya
hisobi yetkazib berayotgan aniq va to’g’ri ma’lumotlar hisoblanadi. Qishloq xo’jaligida tayyor
mahsulot ishlab
chiqarish, sotish, moliyaviy natijalarni aniqlashni hisobga olish hamda uni tahlil
qilishning amaldagi tizimi ko’p jihatdan ma’lumotlarni o’z vaqtida olish imkonini bermaydi. Bu
albatta hisoblashuvlar jarayoniga salbiy ta’sirini ko’rsatadi. Qishloq xo’jaligida tayyor mahsulot
1
О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi.// Xalq
sо‘zi, 2018 yil 29 dekabr.№ 271-272
2
Ўзбекистон
Республикаси
Президенти
Шавкат
Мирзиёевнинг
Олий
Мажлисга
Мурожаатномаси.// Халқ сўзи, 2018 йил 29 декабрь.№ 271-272.