321
To’lov talabnomasida jo’natilgan tovarning assortimenti, miqdori, sotish (shartnoma)
bahosi va qiymati ko’rsatiladi, bunday holda schyot faktura to’lov talabnomasiga albatta ilova
qilinishi kerak.
To’lov talabnomasi mol oluvchining hisob – kitob schyotidan schyot – fakturaga asosan
Yuklab yuborilgan mahsulot qiymatini o’tkazib berishi to’g’risida mol yuboruvchining bankka
bergan buyrug’i bo’lib hisoblanadi. Schyot – faktura yoki to’lov talabnomasininig alohida
qatorida mol oluvchilar tomonidan to’lanadigan idish va o’rama qiymati hamda temir yo’l tarifi
ko’rsatiladi. Ayrim hollarda mol yuboruvchining to’laydigan temir yo’l tarifi to’lanmalar
summasiga qo’shilishi mumkin, QQS summasi alohida qatorda ko’rsatiladi.
Mol yuboruvchi bilan mol oluvchi o’rtasida tuziladigan shartnomada mol yuboruvchi
mahsulotni qaysi joy (franko – joy) gacha yetkazib berish xarajatlarini o’z hisobiga olishi
to’g’risida kelishib olinadi.
Franko – joyni quyidagi turlari mavjud:
mol yuboruvchining franko – ombori – bunda mol yuboruvchi korxona mahsulot yuborish
bilan bog’liq bo’lgan barcha xarajatlar (ombordagi, temir yo’l bekatidagi, Yuklash – tushirish
ishlar qiymati, tashish qiymati va temir yo’l tarifi) to’lov – talabnomasiga qo’shiladi;
-
franko – Yuklab jo’natish bekati – bunda mol yuboruvchi to’lov – talabnomaga temir
yo’l tarifini va mahsulotni vagonga Yuklash xarajatlari summasini qo’shadi;
-
franko – vagon tayinlanish bekati – bunda mol yuboruvchi to’lov – talabnomaga faqat
temir yo’l (yoki boshqa transport) tarifi summasini qo’shadi;
-
franko – tayinlanish bekati – bunda temir yo’l tarifi qo’shilgan holda mahsulot jo’natish
bilan bog’liq bo’lgan barcha xarajatlarni mol yuboruvchi to’laydi;
-
franko – mol oluvchining ombori – bunda yuqorida ko’rsatilgan xarajatlar bilan bir
qatorda mol yuboruvchi mol oluvchining bekatidagi va uning omboridagi tushirish – Yuklash
ishlari, uning omboriga olib borish va boshqa ishlar qiymatini to’laydi.
O’zbekistonda to’lovning keng tarqalgan turi bo’lib franko – vagon tayinlanish bekati
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: