Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə284/318
tarix14.10.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#155163
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   318
hisob siyosati

– 
bu
 
aktivlar summasidan jamlangan amortizasiya va eskirish summalarini, 
shuningdek savdo ustamalarini, shubhali qarzlar bo‘yicha mavjud rezerv summasini chegirib 
tashlash yo‘li bilan tuzilgan balans. Ushbu balans korxona aktivlarining real qiymatini ifoda 
etadi. 
Balans bo‘limi 
deganda korxona aktivlarini va ularning tashkil topish manbalarini 
ifodalovchi moddalar summasini u yoki bu belgisiga qarab jamlash usuli tushuniladi.
Balans moddasi
deganda balansning har bir qatori tushuniladi, har bir qator esa o‘z 
navbatida bitta yoki bir nechta buxgalteriya hisobi schetlarini o‘z ichiga oladi. Shuning uchun 
ham balansning tasdiqlangan shaklida har bir modda bo‘yicha qavs ichida tegishli schetlarning 
tartib raqamlari ko‘rsatilgan. 
BIRJA BAHOSI
- birja savdosi orqali sotilayotgan tovarlar bahosi bo’lib, tegishli tovar 
bahosining darajasi va dinamikasi yuzasidan ma’lumotlarning muhim va ishonchli manbai 
hisoblanadi. 
BONIFIKATSIYA (fr. bonifico - yaxshilayman
) - agar shartnomada belgilanganidan 
tovarning sifati yuqori bo’lsa, shu shartnomaga asosan, ushbu tovarning bahosiga ustama. 
Teskari bonifikatsiya (refaksiya) - shartnomada kelishganidan tovar sifati past bo’lsa, shu tovar 
bahosidan chegirma. 
BOSHQARUV HISOBI - 
bu xo‘jalik yurituvchi subektlar faoliyati, faoliyat natijalari, 
mulki (aktivlari, mablag‘lari), mulkni tashkil topish manbalari to‘g‘risidagi turli o‘lchov 
birliklaridagi batafsil axborotlarni ichki boshqaruv segmentlari, ya’ni obektlar, subektlar va 
javobgarlik markazlari kesimida yig‘ish, qayd etish, guruhlash, jamlash hamda ularni ichki 
boshqaruv organlari hukmiga tezkor boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun maqbul shakl va 
mazmunda taqdim etish tizimidir.
BRUTTO (ital. brutto-qo’pol
) - tovarlarning idishi yoki o’rovi bilan birgalikdagi 
og’irligi. Tovarlarning bunday og’irligi ba’zi hollarda zarur bo’lsada, lekin tovarning sof 
og’irligi haqida aniq ma’lumot berolmaydi. Buning uchun tovarning sof ogirligi (netto)ni 
aniqlash lozim. 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin