400
GLOSSARIYLAR
AKTIV
-
buxgalteriya balansining bir qismi bo‘lib, ma’lum bir muddatga subekt
mablag‘larining tarkibi va joylaniqini pul ko‘rinishida aks ettiradi.
Bundan tashqari balansning
passiv qismi ham mavjud bo‘lib, aktiv va passiv tomonlar bo‘lim va moddalardan iborat. Aktiv
tomonining jami summasi passiv tomoni summasi bilan teng bo‘lishi lozim. Buni shunday
tushuntirish mumkin, ya’ni aktiv tomonidagi mablag‘larning
manbalari balansning passiv
tomonida joylashgan.
Uzoq muddatli aktivlar
– 1 yildan ko‘p muddatda xizmat qiladigan va oborotda bo‘ladigan
moddiy va nomoddiy mablag‘lardir.
Qisqa muddatli aktivlar
– 1 yilgacha muddatda xizmat qiladigan va oborotda bo‘ladigan
mablag‘lar.
AKKREDITIV
(lat. accredo - ishonaman) - nakd pulsiz hisob-kitob turlaridan biri.
Ma’lum bir tovar va xizmatlar uchun belgilangan muddatda mol
yetkazib beruvchilar bilan
hisob-kitoblar uchun ajratilgan pul mablag‘idir. Akkreditiv quyidagi xollarda qo‘llaniladi:
xaridor va mol yetkazib beruvchi o‘rtasidagi shartnomaga asosan,
xaridor va mol yetkazib
beruvchi o‘rtasidagi xo‘jalik munosabati doimiylikka ega bulmasa, xaridor tovarni mol yetkazib
beruvchi manzilida qabul qilib olsa, xokimiyat ko‘rsatmasi va yo‘riqnomasiga ko‘ra,
tovar
yetkazib berishning alohida ma’lum bir sharoitlarida bank muassasasi talabi bilan kreditlash va
hisob-kitobning ma’lum usuliga o‘tgan korxonalar munosabatida,
tovar moddiy boyliklarining
meyoridan yuqori zahiralariga ega bo‘lgan korxonalar munosabatida.
AKSEPT
(lat. accueptuk - qabul qilingan) - belgilangan sharoit bo‘yicha shartnoma
tuzishga rozilik berish. Naqd pulsiz hisob-kitobda aksept xaridorning
mol yetkazib beruvchi
taqdim qilgan hisobini to‘lashga rozilik bildiradi.
AKSEPTANT
(lat. acceptaiik - qabul qiluvchi) - hisob bo‘yicha to‘lovni amalga
oshirishga rozilik
bergan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar yoki shaxslar.
AKSEPTLASH
(lat. acceptare - qabul qilish) - to‘lov hisobini qabul qilish, mol yetkazib
beruvchi schetiga to‘lovni o‘tkazishga rozilik berish.
AKSIYA KURSI
– aksiyaning fond bozorida sotiladigan narxi. Bu aksiyalar baxosining
asosiy shakli sifatida, aksiyaning real qiymatini belgilab beradi. Aksiyalar kursining yuqori yoki
past bo‘lishi aksiya bo‘yicha olinadigan dividendga bevosita bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: