Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi


ASOSIY BO‘LMAGAN XODIMLAR



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə279/318
tarix14.10.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#155163
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   318
hisob siyosati

ASOSIY BO‘LMAGAN XODIMLAR
- individual mehnat shartnomasiga ko‘ra alohida 
ishlarni bajarish uchun vaqtinchalik ishga olingan xodimlar tushuniladi.
AKSIYADORLAR
- aksiyadorlik jamiyatining a’zosi bo‘lib, bunga bir yoki bir necha 
aksiyalarni sotib olish orqali erishadi. Aksiyadorlarning huquq va burchlari mavjud. Uning 
huquqlariga quyidagilar kiradi: umumiy yig‘ilishlarda qatnashish, aksiyadorlik jamiyati 
rahbariyatini saqlash va saqlanish, dividend ko‘rinishida jamiyat foydasidan olish, aksiyadorlik 
jamiyati tugatilsa, aksiya qiymati hajmida mulkning bir qismini olish. Aksiyadorlar burchi - 
aksiya qiymati hajmida o‘zining hissasini jamiyat kapitaliga qo‘shishidir. 
AKSIYADORLAR JAMIYATI
- ishlab chiqarish fondlari aksiyadorlarning aksiyalarni 
sotib olish yo‘li bilan qo‘shgan ulushlari hisobiga tashkil topadigan korxonadir. Aksiyalarni 
chiqarish va sotish orqali individual (yakka) kapitallar birlashadi. AJ foydasi uning 
qatnashchilari o‘rtasida olgan aksiyalarining summalariga mos ravishda taqsimlanadi. AJ nizom 
asosida tashkil topadi va faoliyat yuritadi, davlat ro‘yxatidan o‘tgandan boshlab esa, yuridik 
shaxs huquqiga ega bo‘ladi. 
AMORTIZASIYA
asosiy vositaning foydali xizmat muddati davomida amortizasiya 
qiymatini muntazam ravishda taqsimlash va ko‘chirish ko‘rinishida eskirishning qiymat 
ifodasidir.
Amortizasiya turli xil usullarni qo‘llash yo‘li bilan amalga oshiriladi: 
To‘g‘ri chiziqli usul
 
asosiy vositani foydali ishlatishning butun davri mobaynida 
eskirishning doimiy summalarini hisoblab yozishdan iborat. 
Kamayib boruvchi qoldiq usuli
 
bo‘yicha muntazam hisoblab yozilayotgan summalar 
foydali ishlatish muddati davomida kamayadi. 
Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosio ravishda hisoblab yozish
 
usuliga binoan 
amortizasiya miqdori faqat asosiy vosita qancha marta ishlatilishiga yoki qancha mahsulot 
birligi ishlab chiqarilishi kutilayotganiga bogliq bo‘ladi. 
Kumulyativ usulda
 
amortizasiya summasi hisoblash koeffisiyentining maxraji bo‘lgan 
obyektning xizmat muddati yigindisi bilan aniqpanadi. Bu koeffisiyentning suratida obyektning 
xizmat mudsati oxi-rigacha qoladigan yillar soni teskari tartibda ko‘rsatiladi. 
AKKREDITIV 
bankning shartli pul majburiyatnomasi bo‘lib, bank bu hujjatni mijozning 
topshirig‘iga ko‘ra shartnoma bo‘yicha uning kontragentiga beradi. Bu shartnomaga ko‘ra 
akkreditiv ochgan bank (emitent bank) maxsulot yetkazib beruvchiga pul to‘lashi yoxud shunday 
to‘lovlar o‘tkazish uchun boshqa bankka vakolat berishi mumkin. Bunda mijoz akkreditivda 
ko‘zda tutilgan hujjatlarni taqdim etishi va akkreditivning boshqa talablarini bajarishi shart qilib 
qo‘yiladi. 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin