9
“BUXGALTERIYA HISOBI” FANINING PREDMETI VA METODI
REJA:
1.Xо‘jalik hisobi tо‘g‘risida umumiy tushuncha va unga qо‘yiladigan talablar
2. Xо‘jalik hisobining turlari
3. Buxgalteriya hisobi subyektlari va obyektlari. Buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillari
4.Iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida buxgalteriya hisobining о‘rni
va sohadagi
islohotlarning ahamiyati
5.Buxgalteriya hisobi obyektlarining tarmoqlar xususiyati va mulkchilikning shakllariga bog‘liqligi
6.О‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi tо‘g‘risida”gi Qonuni va uning ahamiyati.
7. Hisob siyosati, uning uslubiy asoslari va qо‘llash tartibi.
Tаyanch ibоrаlаr:
хo‘jalik hisobi,
hisobda qo‘llaniladigan o‘lchovlar, natura tabiiy o‘lchovi,
mehnat o‘lchovi, pul o‘lchovi, operativ (operativ – texnika yoki tezkor hisob) hisob, statistik hisob,
buxgalteriya hisobi, moliyaviy hisob, boshqaruv hisobi, buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan
foydalanuvchilar, buxgalteriya hisobi subyektlari va obyektlari, buxgalteriya hisobining asosiy
tamoyillari, hisob yuritish siyosati.
1.1. Xo‘jalik hisobi to‘g‘risida umumiy tushuncha va unga qo‘yiladigan talablar
Bozor sharoitida buxgalteriya hisobi iqtisodiy fanlardan biri bo‘lib,
uning nazariyasi
buxgalteriya hisobini tashkil etish
texnikasi, predmeti va usulini o‘rgatadi. Bu fan xalq xo‘jaligi
tarmoqlarida buxgalteriya hisobini yuritish usullarini o‘rganib, umumlashtirib, uning ilg‘or
usullarini joriy etish bilan shug‘ullanadi. Hisob – kitob ta’minot mahsulot ishlab chiqarish,
sotish
jarayoni va taqsimot jarayonida boshqarish, tashkil qilish va rahbarlik qilish uchun zarur.
«Buxgalteriya hisobi» o‘zining ko‘p yillik tarixiga ega. Hisob kishilik jamiyatining barcha
ijtimoiy – iqtisodiy bosqichlarida mavjud bo‘lgan. Lekin u o‘zining mazmuni, mohiyati, ahamiyati,
vazifalari, texnikasi, shakllari bilan turli bosqichlarda bir – biridan farq qilgan bo‘lib, o‘sha
bosqichning ishlab chiqarish usuli bilan belgilangan va shu bosqichning xususiyatidan kelib o‘sha
bosqichga xizmat qilgan. Har bir taraqqiyot bosqichida moddiy ne’matlar ishlab chiqarish
jarayonida mehnat qurollari, mehnat buyumlarini va jarayonlarini hisobga olishda hisob – kitobdan
foydalanilgan.
Tovar ayirboshlash davrida hisobga bo‘lgan talab yanada kuchaydi. Chunki tovar
almashtirishda umumiy ekvivalent bo‘lishini talab qilardi. Bu jarayonda
har bir ishlab chiqarilgan
tovarga sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnat miqdorini bilish talab qilinardi. Bu vazifani faqat hisob –
kitob qilish yo‘li bajarilardi. Shu tariqa jamiyat taraqqiyotida hisobning roli oshib, uning vazifalari
kengayib takomillashib borgan. Jamiyatda hisob asosan qo‘yidagi funksiyalarni bajaradi.
-
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning xo‘jalik faoliyatida ro‘y berayotgan jarayonlarni kuzatib
borish;
-
kuzatish natijasida olingan ma’lumotlarni miqdoriy ko‘rsatkichlarda ifodalash;
-
xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini kuzatish natijalarini maxsus hujjatlarda qayd qilish;
10
-
maxsus hujjatlarda qayd qilingan xo‘jalik operasiyalarini umumlashtirish va guruhlash;
-
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning xo‘jalik jarayoni va operasiyalari ustidan nazorat olib
borish va unga ta’sir etish.
Ushbu hisob funksiyalari xo‘jalik yurituvchi subyektlar va butun xalq xo‘jaligining iqtisodiy
jihatdan asoslangan joriy va istiqbol rejalarini tuzish, ularning bajarilishini nazorat qilishda muhim
ahamiyat kasb etadi.
Xullas, hisob kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini miqdoriy
aks ettirish va unga
sifat jihatdan tavsifnoma berishdan iboratdir.
Bu tizim buxgalteriya hisobining asosi bo‘lib qoldi. «Buxgalteriya» nomi ancha keyin, ya’ni
18–asrda kirib keldi. Bu so‘z nemis tilidan «bux» - kitob, «galter»-ushlash so‘zlaridan kelib
chiqqan. Pacholining ikkinchi dunyoga mashhur bo‘lgan «Hisobot va yozuv haqidagi traktati» da
ikkinchi o‘rinda «ikkilamchi yozuv» yoki ikki yoqlama yozuv haqida tushuncha berilgan. Hisob
jarayoni dastlab juda sodda tashkil qilingan bo‘lib, u jamiyat taraqqiyoti bilan asta–sekin rivojlanib,
takomillashib, amal qilish doirasi kengayib borgan.
Hozirgi kunda buxgalteriya hisobi turli tarkibiy qismlarga ajratilgan
holda maxsus fanlar
sifatida barcha oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida o‘qitiladi. Chunonchi, yaxlit buxgalteriya
hisobini o‘rgatishga mo‘ljallangan maxsus fanlar bo‘lib «Buxgalteriya hisobi nazariyasi»,
«Moliyaviy hisob», «Boshqaruv hisobi», «Byudjet hisobi», «Banklarda buxgalteriya hisobi»,
«Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xususiyatlari» kabi fanlar hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: