20
Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalterlar faqat xo‘jalik operasiyalarini qayd qiluvchigina
emas, balki ular ko‘p darajada taxlilchi, prognozchi ham bo‘lishi kerak. Buning uchun ular yuqori
darajadagi malakaga ega bo‘lishi kerak.
Islohotlar barcha sohalarda keng quloch yozayotgan hozirgi sharoitda xo‘jalik yurituvchi
subyektlarda hisob – kitob va hisobot ishlarini zamon talablariga javob beradigan tarzda yuritish
muhim ahamiyatga ega.
Hozirgi davrda davlat, jamoa, qo‘shma, kichik, hissadorlik, xususiy va boshqa mulk shakliga
ega bo‘lgan korxonalar moliyaviy xo‘jalik faoliyatining to‘g‘ri tartibli boshqarilishi ko‘p jihatdan
xo‘jalikning moliyaviy xo‘jalik muomalalari kabi omillarni ifodalashga yagona tartibda
yondoshilishiga bog‘liq. Buxgalteriya hisobi korxonalar faoliyatini o‘rganish va boshqarishda
asosiy manba bo‘lib hisoblanadi. Qayerda hisob – kitob ishlari puxta tashkil etilsa, ko‘zlangan
maqsadga erishish oson bo‘ladi. Buxgalteriya hisobini puxta o‘rganish bu fanni fundamenti
hisoblangan buxgalteriya hisobi nazariyasidan boshlanishi lozim. Chunki, bu fan buxgalteriya
hisobi to‘g‘risida umumiy tushuncha, hisob, schyot, ikki yoqlama yozuv, hujjatlashtirish, baholash,
kalkulyasiya qilish. Balans hisobot, yo‘qlama qilish, buxgalteriya hisobining predmeti va usuli
to‘g‘risida batafsil tushuncha beradi.
Buxgalteriya hisobi nazariyasi buxgalteriya hisobining hamma tarmoq kurslari, ya’ni sanoatda
buxgalteriya hisobi, savdoda buxgalteriya hisobi, qurilishda buxgalteriya hisobi, qishloq xo‘jaligida
buxgalteriya hisobi. moddiy t’minotda buxgalteriya hisobi, davlat bankida buxgalteriya hisobi va
boshqalar uchun umumiy bo‘lgan qoidalarni o‘rgatadi. Buxgalteriya hisobi nazariyasi va ularning
tarmoq kurslari birgalikda buxgalteriya hisobi fanini tashkil etadi. Bu fan xo‘jalik faoliyatini tahlili
va audit fanlar bilan chambarchas bog‘liq. Chunki, buxgalteriya hisobining ma’lumotlaridan
foydalanish usullarini xo‘jalik faoliyatini tahlili va audit fanlari o‘rgatadi.
Buxgalteriya hisobi xalq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi, statistika, rejalashtirish, moliya
kredit, mikro va makro iqtisodiyot va xuquqshunoslik bilan o‘zaro bog‘liqdir. Buxgalteriya hisobi
fanida xo‘jalik yurituvchi subyekt mablag‘lari va ularning manbalari hamda xo‘jalik jarayonlarini
aks ettirishning metodologik asoslari iqtisodiy qonunlar talablariga muvofiq yoritiladi.
Buxgalteriya hisobi fani jamiyat rivojlanishida turli ma’lumotlarni yig‘ish va ishlash bo‘yicha
barcha formasiyalarda to‘plangan tajribalarni umumlashtirish asosida vujudga kelgan.
Dostları ilə paylaş: