302
Buxgalter tomonidan subektning moliyaviy-sotuv faoliyati haqidagi to’liq moliyaviy
ma’lumotni ishlatish subekt ishining unumdorligini oshirishga qaratilgan nazoratning amaldagi
tizimini yaratishga imkon beradi.
Alohida segmentlar boyicha moliyaviy hisobotlarga umumiy summalarni kiritish kerak va
subektning umumiy moliyaviy hisobotiga ham ushbu summalar
umumlashtirilgan holda
kiritilishi kerak. Masalan, har bir mahsulot yoki mahsulotning assortimentini ishlab chiqarishdan
olingan foyda yalpi foydaning bir qismi bo’lishi kerak, ishlab chiqarish hajmi esa o’zgaruvchan
xarajatlarning hajmi bilan o’zaro bog’liqlikni saqlashi kerak. Bir ishlab chiqarish
bo’linmalarining xarajatlari butun subekt darajasida ishlab chiqarish xarajatlarining bir qismi
hisoblanadi va ishlab chiqarishning samaradorligini,
mahsulot turi, ish vaqtidan to’liq
foydalanganlikni hisobga olgan holda nazorat qilinishi lozim. Mahsulotning assortimenti bilan
alohida ishlab chiqarish bo’linmlarida ishlab chiqarish quvvatlarining to’ldirilganligi o’rtasida
aloqa mavjud.
Tadbirkorlik faoliyatining har bir segmentini baholash ishlab chiqarish xarajatlarini
hisoblovchi buxgalterga muammo tug’diradi. Uning yechimi ko’proq rentabelli mahsulotni va
subektning yalpi foydasining ishlab chiqarish hajmini va assortimentini
nazorat qilish tizimini
tuzish jarayonida royobga chiqadi. Bir subekt uchun nazorat tizimining o’ziga xosligiga
qaramay u quyidagi namunaviy muolajalarni o’z ichiga olishi lozim: har bir mahsulotning
rentabelligini kuzatish; har bir mahsulotdan olingan
yalpi foydani nazorat qilish; haqiqiy
foydaning kutilayotganidan chetga chiqishini aniqlash; xarajatlar tizimini hisoblab chiqish, o’ta
yashirin xarajatlarni chiqarib tashlash; alohida mahsulotga to’g’ri keladigan ustama sarflarni
hisoblab chiqish; subektda qo’llaniladigan talabning elastikligiga
va boshqa nazorat
muolajalariga narx o’zgarishining ta’sirini aniqlash.
Nazorat muolajalaridan foydalanish kutilayotgan foydani ta’minlash uchun ishlab chiqarish
hajmining qancha bo’lishini, foydaning aniq hajmini olish uchun sotishda qanday narx qoyish
kerakligini, subekt ishining zararsizlik chegarasining, xavfsizlik hududining va sotilgan mahsulot
tizimining qandayligini aniqlashga imkon beradi.
Mahsulot birligining miqdorini hisoblash zararsizlik nuqtasini hisobga olmasdan quyidagi
tenglamaga asoslanadi:
Kutilgan foydani olish uchun
sotilgan mahsulot birligining
miqdori
=
Doimiy xarajatlar + Kutilgan foyda
Birlik mahsulotning narxi
Oldingi misolning ma’lumotlari boyicha: (40000 + 146000) : 150 = 1240 dona ya’ni,
ishlab chiqarishning hajmini 760 donagacha (2000-1240) tushirish kerak.
Hisobning to’g’ri usuli deb yalpi foyda usuliga aytiladi, uning asosida quyidagi tenglama
yotadi:
Yalpi foyda (yoki
marjinal daromad)
=
Mahsulotni sotishdan tushgan
daromad
-
O’zgaruvchan sarflar
303
Bizning misol uchun yalpi foydaning chizmasini tuzish quyidagi rasmda ko’rsatilgan
(14.2.1-rasmga qarang).
Sarflar
va
daromad,
m.s.
400000
Ishlab chiqarish hajmining qulay
diapazoni(maydoni)
350000
C
300000
250000
Zararsizlik
nuqtaasi
200000
Foyda xududi
D
150000
Zararlar xududi
K
100000
B
50000
0
200
400
600
800
1000
1200
1400
1600
1800
2000
2200
2400
Mahsulotning birligi, dona
Dostları ilə paylaş: