299
o’zgaruvchan sarflar, ming so’m
6.
Marjinal daromad, ming so’m
32000
44000
76000
7.
Doimiy sarflar, ming so’m
x
x
30000
8.
Sof foyda, ming so’m
x
x
46000
Mahsulot tizimini taqqoslashda yuqori marjinal daromad bilan mahsulot hissasining
ko’tarilganligini ko’ramiz, shuning uchun sof foyda ko’tarildi. Bunda, kritik nuqtani topamiz:
(2000 x 2x) + 3000x - (1600 x 25x) - 1900x -30000000 = 0,
4000x + 3000x - 32000x - 1900x – 30000000 = 0,
1900x = 30000000,
x = 15790 dona - B mahsuloti, 15790 dona x 2 = 31580 dona- A mahsuloti,
15790 dona 31580 dona 47370 dona B va A mahsulotlari.
Sotish hajmining kritik nuqtasi 47370 dona, shundan 15790 dona V mahsuloti va 31580
dona A mahsuloti hisoblanadi. Natijani oldingi hisob bilan taqqoslab
kritik nuqtaning hajm
kamayishi tomoniga qarab 1015 donaga o’zgarganini belgilaymiz. Bu holda tabiiy holatdagi
hajmi o’zgarmasdan qolganligi e’tiborni jalb qiladi.
Demak, sotuvning umumiy hajmini nazorat qilishda ham tizimli siljishlarni tahlil qilish
kerak, chunki u haqiqiy foydaning rejalashtirilganidan chetga chiqishini ko’rsatadi. Mahsulotni
sotishni maksimallashtirish resurslar bilan ta’minlanganlik nuqtai nazaridan ham ko’riladi.
Qo’shimcha ishlab chiqarish quvvatlari foydasiz bo’lishi mumkin.
Marjinal daromad usuli- tenglama usulining har xilligi quyidagi formulaga asoslanadi:
Marjinal
daromad
=
Sotishdan tushgan
daromad
-
Sotishning
hajmiga sarflangan
o’zgaruvchan xarajatlar
Bunda kritik nuqta,
Kritik nuqta
=
Umumiy summadagi doimiy sarflar
Birlikdan kutilayotgan marjinal daromad
Bizning misolda bu quyidagicha bo’ladi:
30000000 : 516700 = 58061 dona = 58062 dona,
62 mln. so’m : 120000 dona = 516700 so’m.
Marjinal yondashishda menedjer doimiy sarflar haqida ma’lumot oladi; ular umumiy marja
bilan qoplanadimi yoki yo’qmi?
Mahsulotning har bir turidan marjinal
daromadning hajmi haqida, har bir mahsluotning
marjinalligi haqida ma’lumotlarni yig’adi va chuqur o’rganadi. Bizning misolda:
A mahsuloti = 4002000 x 100 = 20 %,
B mahsuloti = 11003000 x 100 = 36,7 %.
Mahsulotning marjinalligi - bu daromadga (bahoga) foizli nisbatda bo’lgan mahsulot
birligiga to’g’ri keladigan marjinal daromaddir.
300
Marjinal daromad narxni qayta ko’rib chiqish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot
assortimentini o’zgartirish, mahsulotni sotishni rag’batlantiruvchi
mukofotlarning miqdorini
o’rnatish, reklama kampaniyasini o’tkazish va boshqa marketing muomalalar bilan bog’liq
bo’lgan boshqaruv qarorlari asosida yotadi.
Grafik usul zararsizlik boyicha iqtisodiy va buxgalterlik modullarining grafiklarini tuzish
asosida yalpi daromadning sotishga, xarajatlar va foydaning ishlab chiqarish hajmiga nazariy
bog’liqligini aniqlaydi.
Iqtisodiy modul asosan ishlab chiqarish hajmining o’sishi
va pasayishi holatlarida
o’zgaruvchan xarajatlarning hulqini yoritadi. Iqtisodchilar ikki turdagi ta’sirni ajratadilar:
masshtabning o’suvchi va salbiy ta’siri.
Masshtabning o’suvchi ta’siri- mahsulot birligiga bo’lgan o’zgaruvchan xarajatlar ishlab
chiqarishning past darajalarida yuqori va ishlab chiqarishning ko’proq unumliroq darajasida
tenglashadi.
Masshtabning salbiy ta’siri- mahsulot birligiga bo’lgan o’zgaruvchan sarflar zaxiralarning
taqchilligi va tanqis sharoitlar natijasida ishlab chiqarishning samarali darajasidan tashqarida
tezda o’sib ketadi.
Zararsizlikning buxgalteriya moduli- bu yalpi daromad bilan
yalpi xarajatlarning ishlab
chiqarish hajmining o’zgarishiga bog’liqligining chiziqli grafigidir. Tahlil uchun asos bo’lib
zararsizlik (kritik) nuqtani hisoblash xizmat qiladi. Foyda maydoni bilan zararlar maydoni kritik
nuqtadan o’nga va chapga tarqaladi (14.1.2-rasmga qarang).
Yalpi
daromad va
sarflar, m.s.
Daromad
C
D
B
A
K
doimiy
0
Mahsulot biriligi va sotish hajmi
Zarar Kritik nuqtadagi hajmi Foyda
Dostları ilə paylaş: