Elektr qurilmalaridagi texnika xavfsizligi, avvalo elekgr tokidan shikastlanish hollarining oldini olishga qaratilgan. Elektr tokidan shikastlanish oqibatida ro’y beradigan baxtsiz hodisalarning ko’p qismi kuchlanishi 1000 V gacha (380/220/127 V) bo’lgan elektr qurilmalarida sodir bo’lishi aniqlangan. Binobarin, kuchlanishi 1000 V gacha bo’lgan elektr qurilmalarida ishlovchilar, elektrtexnikaga doir bilimlaridan qat’iy nazar, ko’pchilikni tashkil etadi. Odam sezgi organlarining elektr toki xavfini oldindan sezmasligi kuchlanish ta’siriga tushish ehtimolligini oshiradi.

Elektr qurilmalarida sodir bo’ladigan baxtsiz hodisalarning asosiy sabablari quyidagilar:
kuchlanish ostida bo’lgan tok o’tkazuvchi qismlarga tasodifan tegib ketish yoki ularga xavfli masofada yaqinlashish;
tokning yerga yoki elektr jihozning korpusiga tutashishi va normal sharoitda kuchlanish ostida bo’lmaydigan metall qismlarda kuchlanishnint vujudga kelishi;
ishchining yanglish harakati, shuningdek, kommutasionapparatlar bilan noto’g’ri ishlashi natijasida ishchilar ishlayotgan uzib qo’yilgan qismlarda kuchlanish paydo bo’lishi va h.k.
Texnik va tashkiliy himoya choralari tok o’tkazuvchi qismlarga yaqin kelmaslikni va ularga tasodifan tegib ketmaslikni ta’minlashi; tokning korpusga yoki yerga tutashganida shikastlanish xavfini bartaraf qilishi, shaxsniig elektr ustanovkalardagi yanglish harakatining oldini olishi kerak. Elektr ustanovkalarda ishlovchi shaxs muntazam o’qitib turilishi, texnika xavfsizligi bo’yicha uning bilim va mashqlari tekshirilishi kerak, u doim shaxsiy himoya vositalaridan foydalanib ishlashi shart. Shunday qilib, xavfsizlik talablari faqat jihozgagina emas, balki xizmatchilarning malakasi va xulqiga ham qo’yiladi.

Elektr qurilmalaridagi texnika xavfsizligi mehnat xavfsizligi standartlar tizimi (MXST), elektr qurilmalarining o’rnatilishi, texnika xavfsizligi va texnik foydalanish qoidalari, (GOSTlar: 12.1.009—76, 12.1.006—76, 12.2.007.0—75—12.2.007.14—75, 12.1.019—79, 12.1.018—79, 12.2.020—76) bilan reglamentlangan.
Elektr xavfsizligi bo’limining maqsadi — talabalarni suv xo’jaligida qo’llaniladigan elektr uskanalarida yuzaga keladigan xavf bilan, elektr toki ta’siridan himoyalanish usullari va vositalari bilan, elektr uskanalarida ishlarni xavfsiz bajarish qoidalari, shuningdek, baxtsiz hodisalar sodir bo’lganda birinchi yordam ko’rsatish qoidalari bilan tanishtirishdan iboratdir.