Ishlab chiqarishda elektr xavfsizligi



Yüklə 20,68 Kb.
səhifə5/6
tarix07.01.2024
ölçüsü20,68 Kb.
#208575
1   2   3   4   5   6
Ishlab-chiqarishda-elektr-xavfsizligi.

Inson tanasiga bevosita elektr toki yoki elektr yoyi ta’sir qilishi natijasida elektr jarohatlanishlari yuz beradi. Elektr jarohatlanish asosan organizmining yuza qismi, ya’ni terisining zararlanishi shaklida yuzaga keladi. Lekin ba’zi holatlarda elektr jarohatlanish organizm to’qimalarining va paylarining, shuningdek suyak to’qimalarining ham buzilishi shaklida sodir bo’lishi mumkin. Elektr jarohatlanish ochiq va yashirin ko’rinishda bo’lishi mumkin. Elektr jarohatlanishlarga quyidagilar kiradi:

  • Inson tanasiga bevosita elektr toki yoki elektr yoyi ta’sir qilishi natijasida elektr jarohatlanishlari yuz beradi. Elektr jarohatlanish asosan organizmining yuza qismi, ya’ni terisining zararlanishi shaklida yuzaga keladi. Lekin ba’zi holatlarda elektr jarohatlanish organizm to’qimalarining va paylarining, shuningdek suyak to’qimalarining ham buzilishi shaklida sodir bo’lishi mumkin. Elektr jarohatlanish ochiq va yashirin ko’rinishda bo’lishi mumkin. Elektr jarohatlanishlarga quyidagilar kiradi:
  • elektr toki ta’siridagi kuyishlar;
  • elektr toki belgilari;
  • terining metallanishi;
  • mexanik shikastlanishlar;
  • elektroftalmiya;
  • aralash jarohatlanishlar, ya’ni kuyish bilan birgalikdagi boshqa jarohatlanishlar.
  • Terining jonsizlanib, qadoqqa o’xshab qolishi tok urganlik belgisidir. Vaqt o’tishi bilan (ba’zan juda uzoq yillar davomida) bu belgi asta-sekin yo’qolib boradi.
  • Bir necha ming gradus issiqlik hosil qiladigan elektr yoy, shuningdek, inson tanasiga tok o’tkazuvchi qismning bevosita ulanib qolishi kuyishga sabab bo’ladi. Elektr yoyi razryad vaqtida, ya’ni inson yuqori kuchlanishli tok o’tadigan qismlarga yaqinlashganda, qisqa tutashish vaqtida va hokazolarda sodir bo’ladi. Elektr tokidan kuyish kuyish kasalligini vujudga keltiradi. Bu kasallik teri to’qimasiga chuqur kirib boradi va tuzalishi qiyin bo’ladi.

Elektr tokidan himoyalanish usullari va vositalari kuchlanishga, tok turi va chastotasiga, ta’minlash manbai neytrali rejimiga, tashqi muhit sharoitlariga, elektr qurilmaning vazifasiga, insonni tok urish holatiga va boshqalarga qarab amalga oshiriladi. Elektr tokidan himoyalanishning quyidagi texnik usul va vositalari alohida yoki bir nechtasi birgalikda qo’llaniladi:

  • Elektr tokidan himoyalanish usullari va vositalari kuchlanishga, tok turi va chastotasiga, ta’minlash manbai neytrali rejimiga, tashqi muhit sharoitlariga, elektr qurilmaning vazifasiga, insonni tok urish holatiga va boshqalarga qarab amalga oshiriladi. Elektr tokidan himoyalanishning quyidagi texnik usul va vositalari alohida yoki bir nechtasi birgalikda qo’llaniladi:
  • Tok o’tkazuvchi qismlarni dielektrik materiallar bilan qoplash, ya’ni izolyatsiyalash;
  • Kuchlanish ostidagi o’tkazgichlarni yaqiniga borib bo’lmaydigan qilib joylashtirish;
  • Turli to’siqlar bilan elektr uskunalarini to’sish;
  • Blokirovka qurilmalarini qo’llash;
  • Kichik kuchlanishlarni qo’llash;
  • Ish o’rnini izolyatsiyalash;
  • Elektr qurilmalarini yerga ulash;
  • Elektr qurilmalarini nollash;
  • Elektr tarmoqini qismlarga ajratish;
  • Elektr potensiallarini tenglashtirish;
  • Avtomatik uzgichlarni qo’llash;
  • Yerga o’tuvchi toklarni kompensasiyalash;
  • Elektromagnit maydon ta’siridan himoyalovchi ekranlar o’rnatish;
  • Ogohlantiruvchi vositalarni qo’llash;
  • Shaxsiy himoya vositalarini qo’llash.

Yüklə 20,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin