Ishlab chiqarishda sodir bo’ladigan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklari mazmuni Reja


Ish joyidagi yo‘riqnomadan o‘tkazilgan ishchilar bilimi tekshirilgach, maxsus daftarga yoziladi va imzo chekiladi, so‘ngra, mustaqil ish yuritishga ruxsat etiladi



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə2/3
tarix13.09.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#143222
1   2   3
Ishlab chiqarishda sodir bo\'ladigan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklari

Ish joyidagi yo‘riqnomadan o‘tkazilgan ishchilar bilimi tekshirilgach, maxsus daftarga yoziladi va imzo chekiladi, so‘ngra, mustaqil ish yuritishga ruxsat etiladi.

Rejali yoki takroriy yo‘riqnoma.


Bu yo‘riqnomadan korxonadagi hamma ishchilar (ish staji, kasbi, malakasidan qat’i nazar) korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan bir vaqtda o‘tkaziladi.

Rejadan tashqari yo‘riqnoma.


Agar mehnatni muhofaza qilish qoidalarida, texnologik jarayonda, uskuna-moslama tuzilishida, ishlatilayotgan xomashyolarda o‘zgarishlar bo‘lsa, ishchilar xavfli ish usullaridan foydalansa, baxtsiz hodisalar yuz bersa, mehnat intizomi va xavfsizlik texnikasi qoidalari buzilsa, avariya sababli baxtsiz hodisa ro‘y bergandan keyin darhol o‘tkaziladi.

Kundalik yo‘riqnoma – maxsus ruxsatnoma bilan bajariladigan xavfli ish bajaruvchilarning ish boshlashlaridan oldin o‘tkaziladi. Bu yo‘riqnomaning o‘tkazilganligi haqidagi ma’lumot maxsus-ruxsatnoma qog‘ozida yozib qo‘yiladi.

Ma’lumki, ishlab chiqarish korxonalarida texnika xavfsizligi, sanoat sanitariyasi va yong‘in xavfsizligi qoida, norma va yo‘riqnomalarining buzilishi ishlovchilarning jarohatlanishiga, zaharlanishiga yoki kasb kasalliklariga olib keladi.


Jumladan, shikastlanish, inson tanasining teri yoki boshqa qismlariga tashqi ta’sirlar: mexanik, kimyoviy, issiqlik va elektr ta’sirida yuzaga keladigan talafotdir. Masalan, urilishi natijasida organizmning lat yeyishi, teri kesilishi, suyak sinishi, terining kuyishi, sovuq urishi, elektr toki urishi va boshqa inson faoliyatining buzilish holatlarini aytish mumkin.

Jarohatlanish va baxtsiz hodisa 3 turga bo‘lib baholanadi:


1. Ishlab chiqarishda, ish joyida jarohatlanish.
2. Ish bilan bog‘liq, lekin bevosita ishlab chiqarish bilan bog‘lanmagan.
3. Ishlab chiqarish va ish bilan bog‘lanmagan jarohatlanish.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin