Ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalar va mehnat muhofazasi bo’yicha samarali natijaga erishish borasidagi say- harakatlarni yanada maqsadli tashkil etish



Yüklə 47,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix24.12.2023
ölçüsü47,56 Kb.
#193658
1   2   3
ishlab-chiqarishdagi-baxtsiz-xodisalar-va-mehnat-muhofazasi-bo-yicha-samarali-natijaga-erishish-borasidagi-sayharakatlarni-yanada-maqsadli-tashkil-etish

Natijalar. 
Tahliliy tekshiruvlar baxtsiz hodisalarda asosan quyidagi omillar ta’siri 
mavjudligini koʻrsatdi: 
- ish beruvchi tomonidan mehnat muhofazasi talablari bajarilmasligi; 
- xodimlarning mehnat muhofazasi qonunchiligidan yetarlicha xabardor emasligi 
va shunga muvofiq oʻz haq-huquqlarini talab etmasligi; 
- xodimlarning norasmiy ishlatilishi; 
- mehnatni muhofaza qilish tadbirlariga mablagʻ ajratilmasligi; 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848 (SJIF)
January 2023 / Volume 4 Issue 1
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1144


- xodimlarni mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻl-yoʻriqlardan oʻtkazish, mehnat 
xavfsizligiga oʻqitish va bilimlarni tekshirgan holda ishga tayinlash tashkil 
etilmaganligi; 
- xodimlarning belgilangan me’yorlar asosida maxsus ish kiyimi, shaxsiy himoya 
vositalari bilan ta’minlanmaganligi; 
- ish oʻrinlarining mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazilmasligi; 
- ish beruvchilar tomonidan xodimlarga xavfsiz va sogʻlom mehnat sharoitlari 
yaratib berilmasligi; 
- ish beruvchi tomonidan xodimlarning mehnat muhofazasiga rioya qilishi 
boʻyicha yetarlicha nazorat oʻrnatilmaganligi. 
Toʻgʻri, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan ushbu 
qonunbuzarliklarga nisbatan tegishli chora-tadbirlar koʻrilyapti. Xususan, joriy yilning 
oʻtgan davridagi qonunbuzilishlarni bartaraf etish boʻyicha 6118 ta yozma 
koʻrsatmalar va 298 ta taqdimnomalar kiritildi, 7262 nafar mansabdor shaxsga nisbatan 
4899,1 mln. soʻm miqdorida ma’muriy jarimalar qoʻllanildi. 
Baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirish jarayonida 2512 ta aniqlangan kamchilik 
yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan 228 ta yozma koʻrsatma berildi hamda 
qonunbuzilishi holatlariga yoʻl qoʻyganligi uchun 207 nafar mansabdor shaxsga 
nisbatan 395543 ming soʻmlik ma’muriy jarima qoʻllanildi. 
Olib borilayotgan ana shunday chora-tadbirlarga qaramay, mehnat muhofazasiga 
rioya etmaslik ortidan kelib chiqayotgan baxtsiz hodisalar sonini keskin kamaytirish, 
ularning oldini olish, bartaraf qilish va fuqarolar uchun toʻliq xavfsiz mehnat 
sharoitlarini yaratish masalasi dolzarbligicha qolmoqda. 
Xulosa 
Shu bois, mehnat muhofazasi boʻyicha samarali natijaga erishish va bu boradagi 
sa’y-harakatlarni yanada maqsadli tashkil etish uchun quyidagi chora-tadbirlarni 
amalga oshirish zarur: 
Birinchi,
mehnat muhofazasi buzilganligi uchun tayinlanadigan ma’muriy 
jarimalar miqdorini oshirish. Qonunchilikka muvofiq, hozirda bunday holatlar uchun 
eng kam oylik ish haqining ikki barobaridan besh barobarigacha jarima tayinlangan. 
Ammo bu jarima miqdori qonunchilik oldida katta javobgarlikka ega boʻlmagani 
sabab, mehnat muhofazasi talablariga rioya etilishida beparvolik va oʻzbilarmonlikni 
keltirib chiqarmoqda. Agar buning oqibatida inson hayotiga tahdid turganligi inobatga 
olinsa, amaldagi jarima miqdorining naqadar arzimasligi ayon boʻladi-qoladi. 
Ikkinchi,
mehnat muhofazasi boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarini va profilaktika 
jarayonlarini kuchaytirish joiz. 
Uchinchi,
xavflilik darajasi yuqori boʻlgan tashkilotlar, shu jumladan, qurilish 
joylarida mehnat muhofazasi boʻyicha muntazam tekshiruv ishlarini olib borish. 
 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848 (SJIF)
January 2023 / Volume 4 Issue 1
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1145



Yüklə 47,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin